O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

12.3. Poyabzalning bikirligi 
Poyabzalni  kiyib  yurganda  hosil  bo‗ladigan,  oyoq  panjasining  turli 
deformatsiyalariga qarshilik ko‗rsatish qobiliyati  poyabzalning bikirligi deyiladi. 
Maishiy  poyabzallar  oyoq  panjasining  shaklini  yaxshi  olish  va  oson  egilishi, 
ya‘ni egiluvchan (bukuluvchi) bo‗lishi, ayrim maxsus poyabzallar esa oyoq panjasini 
turli  jarohatlardan  himoya  qilish  uchun  o‗rta  bikirlikda  bo‗lishi  kerak.  Egiluvchan 
poyabzalni  kiyish  qulay  bo‗ladi,  chunki  yurganda  poyabzalni  egish  uchun  oyoq 
panjasi ko‗p energiya sarf qilmaydi. 
Poyabzalning bikirligi 3 xil bo‗ladi: 
1.  Egilish  bikirligi  —  poyabzalni  ko‗p  marta  egilishiga  qarshiligi.  Ko‗proq 
yurganda va chopganda, ustki detallarga oyoq panjasi sirtining bosim kuchlari ta‘siri 
sifatida egilish bikirligi namoyon bo‗ladi. 


167 
 
2.  Yirtish  bikirligi  —  poyabzalning  shaklini  o‗zgarishiga,  uning  ko‗ndalang 
kesimlarini  oyoq  panjasiga  (taxminan  kaft-barmoq  bo‗g‗imida)  ko‗rsatadigan 
qarshiligiga  aytiladi.  Bu  turdagi  bikirlik  turganda  va  yurganda  oyoq  panjasining 
sirtini hamda yon yuzalarini poyabzalga ta‘siri natijasida hosil bo‗ladi. 
3.  Tayanch  bikirlik  —  tag  detallarini,  oyoq  panjasining  shaklini  olishga 
ko‗rsatadigan qarshiligi hisoblanadi. 
Egilish  bikirligi.  Poyabzalning  egiluvchanligi  (bukiluvchanligi)  25°  ga  bukish 
uchun  ketgan  kuchni  (uchinchi  marta  bukkanda)  taglikning  egilgan  joyini  eniga 
bo‗lib topiladi. Egiluvchanlik juda ko‗p omillarga bog‗liq. Ulardan eng asosiylari tag 
detallarining  biriktirish  usullari  va  materiallarini  xususiyatlari  hisoblanadi.  Poyabzal 
egilganda  tagliklar  cho‗ziladi,  pataktar  esa  qisiladi.  Qattiq  tag  charmlarni  qisilishga 
qarshiligi,  uni  cho‗zilishga  qarshiligiga  nisbatan  10  marta  kattaroq.  Shuning  uchun 
poyabzalning  egiluvchanligi  ko‗proq  patakning  bor  yoki  yo‗qligiga  va  uning 
materialini  xususiyatiga  bog‗liq.  Taglikning  materialini  xususiyati  patakning 
materialini  xususiyatiga  qaraganda  egiluvchanlikka  kamroq  ta‘sir  qiladi.  Shuning 
uchun  pataklarning  qalinligi  va  bikirligini  kamaytirish  maqsadida  tanavorlarni 
qolipga  yelim  yordamida  tonishni  qo‗llashga  harakat  qilinmoqda,  chunki  tanavorni 
yelim  yordamida  qolipga tortganda patakning  qalinligi  va bikirligi  katta  ahamiyatga 
ega emas. 
Pataklarning  egiluvchanligini  orttirish  maqsadida,  uni  qalinligini  kamaytirish 
yoki  tutam  qismining  (55—60  mm  kenglikda)  qalinligini  1/3  qismi  ko‗ndalangiga 
kesib qo‗yilishi yoki perforatsiya qilish k o‗zda tutiladi. Poyabzalning egiluvchanligi 
to‗ldirgichlami,  yupqa  va  yumshoq  tagliklarni  bor  yoki  yo‗qligiga  hamda  ularning 
materiallariga bog‗liq. 
Yirtish  bikirligi.  Poyabzallarning  yirtish  bikirligi  juda  kamo‗rganilgan. 
Ma‘lumki,  odam  yurganda  oyoq  panjasining  ko‗ndalango‗lchamlari  kattalashadi, 
buning natijasida poyabzalning ustki detallari o‗zo‗lchamlari  va  shaklini o‗zgartirib, 
oyoq panjasining shaklini olishiga yirtish bikirligi  deyiladi. Agar poyabzalning ustki 
detallari  qalin  materialdan  qilinsa,  oyoq  panjasining  shaklini  olish  qiyin  bo‗ladi, 


168 
 
buning  natijasida  oyoq  shikastlanadi,  teskarisi  bo‗lsa,  poyabzal  tezda  o‗z  shaklini 
yo‗qotadi. 
Tayanch  bikirligi.  Tayanch  bikirlik  tag  detallarining  siqilish  deformatsiyasiga 
qarshilik  ko‗rsatish  xususiyati  bo‗lib,  odam  tanasining  og‗irligini  poyabzalning 
tayanch  tekisligiga  bo‗lgan  bosimini  tekis  tarqatish  qobiliyatidir.  Bu  bikirlik 
poyabzalning tag detallarining materiallari xususiyatiga bog‗liq. 
Ilmiy izlanishlar natijasida shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, siqilish deformatsiyasiga, 
asosan,  to‗ldirgichning  materiali  katta  ta‘sir qilar  ekan.  Bu xil  kuch  ta‘sir qilganda, 
to‗qima  va  noto‗qima  materiallaridan  qilingan  to‗ldirgich  materiallar  sistemasining 
siqilish  deformatsiyasi,  maxsus  kartondan  qilingan  to‗ldirgich  materiallar 
sistemasining qisilish deformatsiyasidan ikki marta katta va shunga muvofiq tayanch 
bikirlik  esa  ikki  marta  kichik  bo‗ladi.  Qulay  poyabzal  loyihalash  uchun  oyoq 
panjasini  kaft  suyaklarining  boshchalari  va  bosh  barmoq  suyaklarining  bosimini  tag 
detallariga  tekis  taqsimlanishi  kerak.  Bunga  tag  detallarining  materiallari,  asosan, 
to‗ldirgich va pataklarai to‗g‗ri tanlash bilan erishiladi. 
Poyabzalning  sifat  ko‗rsatkichli  bo‗lgan  tayanch  bikirlik  hammadan 
hamo‗sayotgan va shakllanayotgan bolalar oyoq panjasi uchun katta ahamiyatga ega. 
Tayanch bikirlikni kamaytirish oyoq panjasini to‗g‗ri shakllanishi va ish qobiliyatini 
bir me‘yorda saqlashga yordam beradi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish