O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi


  Namlab isitib ishlov berish parametrlari



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

8.2.  Namlab isitib ishlov berish parametrlari 
Kiyim  tikish  texnologik  jarayonida  namlab-isitib  ishlash  anchagina  o‗rin  oladi. 
U  tikuvchilik  buyumlarining  sifatiga  katta  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Bunday  ishlash 
yordamida kiyimga ma‘lum shakl beriladi va uning ko‗rinishi yaxshilanadi. 
Namlab-isitib  ishlash  yordamida  tikuvchilik  buyumlarini  ma‘lum  shaklga 
kiritish  va  bezash  kiyim  tikishga  ketadigan  vaqtning  anchagina  qismini  oladi. 
Masalan, ust kiyim tikishga ketadigan umumiy vaqtning 20 – 25 foizini namlab-isitib 
ishlash operatsiyalariga sarflanadi. 
Ma‘lumki, gazlamadagi iplar unda bo‗yiga va ko‗ndalangiga joylashgan, o‗zaro 
har  xil  chalishgan  bo‗lib,  gazlamaning  turli  qatlamlarida  bo‗lishi  mumkin. 
Gazlamaning  tuzilishi  shunday  bo‗lganidan  tolalar  uning  yuzida  yoki  ichkarisida 
bo‗lib,  ularda  chiyralish,  cho‗zilish  va  qisilish  kuchlanishlari  bo‗ladi  (bu 
kuchlanishlarga  tolalarning  chiyratilganligi  va  iplarning  bir-biriga  chalishganligi 
sabab bo‗ladi). 
Gazlama  biror  shaklga  kiritilayotganda  ipdagi  tolalaro‗simliklardan  yoki 
hayvonlardan olingan, sun‘iy yoki sintetik ekanligini, hisobga olish lozim. Namlab-
isitib  ishlashda  gazlamadagi  tolalarning  molekulyar  bog‗lanishlarini  bo‗shashtirib 
yuboradigan  sharoit  sun‘iy  yo‗l  bilan  yaratiladi.  Shunda  yetarli  darajada  turg‗un 
deformatsiya  bo‗lishiga  erishish  ehtimoli  va  imkoniyati  keskin  ortib  ketadi.  Ishlab 
chiqarishda  bu  maqsadga  erishish  uchun  issiqlik  va  namlikdan  foydalanadilar.  Har 
qanday jism qizdirilsa, undagi molekulalarning kinetik energiyasi kuchayib, natijada 


111 
 
molekulyar  bog‗lanish  bo‗shashadi.  To‗quvchilikdagi  amorf  (shaklsiz)  polimer 
tolalar  uch  xil  fizikaviy  holatda  bo‗ladi.  Bular  shishasimon,  yuqori  elastik  va 
yopishqoq-cho‗ziluvchan  holatlardir.  Bu  holatlarning  har  biriga  muayyan  fizik 
xossalar kompleksi mos keladi. 
Polimerlarning  holatini,  ko‗pincha,  ularning  deformatsiyalanishinio‗rganish 
yo‗li bilan baholaydilar. 
Past  haroratdagi  (tikuvchilik  materiallari  uchun  harorat  odam  badanining  va 
atrofdagi  havoning  haroratidir)  shishasimon  holatda  deformatsiya  kam  va 
yo‗qoladigan  bo‗ladi.  Yuqori  haroratdagi  yopishqoq-cho‗ziluvchan  holatda 
deformatsiya  katta,  yo‗qolmaydigan  bo‗ladi.  Buning  sababi  polimerning  yumshab 
oqishidir.  Polimerlarga  xos  yuqori  elastiklik  holati  shishasimon  va  yopishqoq-
cho‗ziluvchan holatlar orasidagi birorta harorat oralig‗iga to‗g‗ri keladi. 
Qizdirilganda  polimer  shishasimon  holatdan  yuqori  elastiklik  holatiga  
o‗tayotganda  deformatsiya  asta-sekin  orta  borsa  ham,  lekin  u  bari  bir  yo‗qoladi. 
Yuqori molekulyar polimer materiallar deformatsiyasi yuqori elastiklik holatida (Tsh 
va  Tch  orasida)  harorat  yopishqoq-cho‗ziluvchan  holat  paydo  bo‗ladigan  darajaga 
yetguncha,  harorat  ko‗tarilishi  natijasida  deformatsiya  kam  o‗zgaradi.  Demak, 
namlab-isitib  ishlash  jarayonida  materialni  qizdirish  Tsh  dan  T1  gacha  bo‗lgan 
haroratlar  oralig‗ida  bo‗lishi  kerak.  T1  dan  ortiq  qizdirish  esa  tamomila  foydasiz, 
chunki  bunda  deformatsiya  ortmay  turib,  vaqt  va  energiya  sarf  bo‗ladi. 
Haroratlarning  bunday  oralig‗i  jun  uchun  35  dan  110  °S  gacha.  Namlab-isitib 
ishlashda  turg‗un  deformatsiyaga  erishish  uchun  ip  gazlamalarni  50  dan  100  °  S 
gacha,  lavsan  aralash  gazlamalarni  60  dan  100°S  gacha  qizdirsa  bo‗ladi.  Biroq 
namlab-isitib ishlash natijasini faqat gazlama ortiqcha namlikdan xalos bo‗lgandagina 
saqlab qolish mumkin. 
Yuqorida ko‗rsatilgan uch xil fizik holat barcha amorf polimerlar uchun bir xil 
bo‗lmaydi.  To‗qimachilikdagi  tabiiy  tolalar  faqat  ikki  xil  fizikaviy  (shishasimon  va 
yuqori  elastik)  holatda  bo‗lishi  mumkin, chunki ularning  yumshab-oqish haroratlari 
kuyish  haroratlaridan  yuqoridir.  Sof  sellyuloza  faqat  shishasimon  holatda  bo‗lib, 
harorat  quyish  darajasiga  yetguncha  ham  yuqori  elastik  holatgao‗tmaydi. 


112 
 
Sellyulozada  hammavaqt  havodan  shimilgan  suv  bo‗ladi,  shuning  uchun  uni  sof 
polimer hisoblab bo‗lmaydi. 
Tikuvchilik buyumlarini namlab-isitib ishlash vaqtida ularga mexanikaviy ta‘sir 
ko‗rsatib,  kerakli  deformatsiyaga  erishish  mumkin.  Bunda  relaksatsion  hodisa  yuz 
beradi. Harorat yuqori bo‗lsa, relaksatsiya shu qadar tez yuz beradiki, deformatsiya  
o‗zining eng katta darajasiga bir onda yetib qoladi. Harorat pasaygan sari relaksion 
jarayon  sekinlasha  borib,  butunlay  yo‗qoladi.  Bu  namlab-isitib  ishlash  jarayonida 
hosil  qilingan  shakllar,  taxlamalar,  kiyim  chetlari  yupqaligi  va  boshqalarning  uzoq 
vaqt saqlanib turishiga yordam beradi. 
Gazlamalarning 
yuqori 
harorat 
ta‘siriga 
chidamliligi 
gazlamaning 
issiqbardoshligi  deb  ataladi.  Gazlamaning  issiqbardoshligiga  namlab-isitib  ishlash 
vaqtida  turli  omillar  ta‘sir  etadi.  Polimerning  kimyoviy  tuzilishi,  molekulalar 
orasidagi  o‗zaro  ta‘sir  intensivligi,  gazlama  qizdirilayotgan  muhit  gazlamaning 
issiqbardoshligiga ta‘sir etadigan asosiy omillardir. 
Namlab-isitib  ishlash  jarayoni  uchun  tolalarning  issiqbardoshligi  ayniqsa  katta 
ahamiyatga ega, chunki namlab-isitib ishlashda xudi shu tolalarning issiq bardoshligi 
asosida  optimal  rejim  tanlanadi.  Biroq  namlab-isitib  ishlash  sifatiga  tikuvchilik 
buyumlarining qanchalik namligi ham juda katta ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, junning 
xususiyatlari  suv  va  bug‗  muhitda  keskin  o‗zgaradi.  Suv  harorati  80°S  gacha 
bo‗lganda  jun  tolalarning  mexanikaviy  xossalari  juda  kam  o‗zgaradi.  Suv  harorati 
80—110°S  yoki bug‗  harorati  100  —  115°S  bo‗lganda bunday  o‗zgarishlar sezilarli 
darajada  ortadi  va  parchalanish  boshlanadi.  Bunday  parchalanish  belgilari  tolaning 
pishiqligi va cho‗ziluvchanligi 50—80 % gacha kamayib ketishida  ko‗rinadi. Bunda 
tolalar  qisqaradi  va  turg‗un  yo‗g‗onlashib  qoladi,  ularning  g‗adir-budirlik  ko‗rinishi 
o‗zgaradi. Bug‗ muhitda jun tolalarning xossalari unchalik keskin o‗zgarmaydi, lekin 
bug‗  harorati  115°S  dan  oshib  ketsa,  bu  o‗zgarishlar  jun  uchun  parchalanish 
darajasiga yetib qoladi. 
Kimyoviy  tolalar  ko‗pchiligining  issiqbardoshligi  katta  bo‗lmaydi.  Viskoza 
tolalaridan  tikilgan  buyumlar  100°S  gacha  bo‗lgan  haroratlarga  qisqa  vaqt  chiday 


113 
 
oladi.  Bunday  haroratlarda  namlikning  bir  qismi  chiqib  ketishi  sababli  viskoza 
tolalarining pishiqligi bir qadar ortadi. 
Lavsan  ko‗proq  qo‗shilgan  gazlamalar  o‗z  xossalari  jihatidan  tikuvchilik 
sanoatida ma‘lum bo‗lgan boshqa materiallardan farq qiladi. Lavsan — termoplastik 
tola. U 235—245°S da yumshaydi. 260 – 65°S da esa eriydi (suyuqlanadi). Shuning 
uchun lavsan aralashgan gazlamalarning namlab-isitib ishlashda hosil qilingan yangi 
shakllarini saqlab qolish (termofiksatsion yoki stabillash) uchun optimal harorat bug‗ 
bilan stabillashda 126°S va quruq stabillashda havo harorati 200—235°S hisoblanadi. 
Ma‘lumki,  gazlamalarni  stabillash  juda  murakkab  va  hali  yetarli 
darajadao‗rganilmagan  jarayon.  Biroq  tolalar  qizdirish  jarayonida  emas,  balki 
qizigandan keyin sovitayotganda stabillashuvi hozirdayoq ma‘lum. Sovish qanchalik 
tez va temperatura qanchalik past bo‗lsa, stabillashish shunchalik yaxshi bo‗ladi. 
Demak,  namlab-isitib  ishlash  jarayonida  lavsanli  gazlamalar  tolaning  yoki 
gazlamaning  stabillashish  haroratidan  ortiq  qizdirib  yuborilsa,  gazlama  kirishib 
ketadi,  chunki  tikuvchilik  buyumlariga,  odatda,  ularni  ch  o‗zmasdan  va  tez 
sovitmasdan  ishlov  beriladi.  Agar  lavsan  tolalarining  bo‗yog‗i  yuqori  haroratga 
chidamli  bo‗lmasa,  namlab-isitib  ishlash  vaqtida  gazlama  rangi  o‗zgarishi  va  unda 
har xil dog‗lar paydo bo‗lishi mumkin.  
Shunday  qilib,  gazlamalarning  yuqorida  aytilgan  xususiyatlarini  hisobga  olib, 
mana  bunday  xulosa  chiqarish  mumkin:  namlab-isitib  ishlash  jarayonida  kimyoviy 
tola gazlamalarni qizdirish haroratining oxirgi chegarasi gazlama tolalarining yuqori 
elastik  holatga  o‗tish  haroratiga,  issiqbardoshlik  haroratiga,termofiksatsiya 
haroratiga,  bo‗yoqlarning  chidash  haroratiga,  suv  va  bug‗  muhitining  haroratiga 
bog‗liq bo‗ladi. 
 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish