O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

Adip  tayyorlash.    Adip  —  bu  avra  gazlamadan  bichilgan  bo‗lak  bo‗lib,  u 
yordamida  adip  qaytarmasiga,  bortlarga  ishlov  beriladi,  ular  kiyimning  ichki 
tomonlariga  qo‗yiladi.  Konstruksiyasiga  muvofiq  adiplar  alohida  bichilgan  va  old 
bo‗lak  bilan  yaxlit  bichilgan  bo‗lishi  mumkin.  Alohida  bichiladigan  adipning  bir 
qismi  ustki  yoqaning  yarmiga  qo‗shib  bichilgan  bo‗lishi  mumkin.  Yaxlit  bichilgan 
adip taqilmasi tepagacha yotgan kiyimlarda, bortning butun uzunasiga qo‗yiladi. 
Adiplar  alohida  bichilayotganda  taqilma  turini  hisobga  olib,  adip  qaytarmalari, 
bortlar,  old  bo‗laklar.  shakliga  qarab  mo‗ljal  qilinadi.  Adiplarning  har  birida  uloq 
bo‗lishi  mumkin,  lekin  ikkitadan  oshmasligi  lozim.  Uloqlarning  choki  ko‗ndalang 
yoki qiya (qiya joyi 50 mm dan oshmaydigan qilib) yo‗nalishda izmalardan kamida 
30 mm oraliqda bo‗ladi. Birinchi uloq bortdagi birinchi izmadan 30 mm pastroqdan 
solinadi. Pastki uloq kamida 50 mm uzunlikda bichiladi. 
Taqilmasi  adip    qaytarmasigacha    bo‗lgan  plash  adiplarini  bichayotganda, 
adipdan kant chiqarish uchun, bort  chetiga  qayirib   o‗rash   va   modelga   binoan   
adip  qaytarmasi  atrofida  adip  bemalol  turishi  uchun,  adip  qaytarmasi    qirqimlari 
bo‗ylab tikish haqqi qoldiriladi. Tikish haqqining katta-kichikligi gazlama qalinligiga  
va kantning kengligiga bog‗liq. Tikish haqqi o‗rta hisobda 10 dan 15 gacha  bo‗ladi.   
Yoqa o‗mizi  atrofida adiplar to‗g‗ri chiziq  bo‗ylab   adip   qaytarma uchi oxiridan   
yoqa      o‗mizi      va      yelka      qirqimigacha      bichiladi.  Yelka  qirqimi  bo‗ylab 


98 
 
burchakdagi nuqtadan boshlab yeng o‗mizi tomonga  20 mm  gacha siljish   bo‗lishi   
mumkin. 
Taqilmasi tepagacha yetgan kiyimlarning adipi bort shaklida bichiladi. Yo‗l-yo‗l 
yoki  katak  gulli  gazlamalardan  tikiladigan  kiyimlarda  adiplar  yo‗li  adipning  tashqi 
qirqimiga  parallel    o‗tadigan  qilib  bichiladi.  Adip  qaytarmasi  bo‗ylab  tashqi 
qirqimdagi  qabariq  adipning  ko‗krak  qabarig‗ining  markazi  darajasidagi  ichki 
qirqimini  kirishtirib  dazmollash  yo‗li  bilan  hosil  qilinadi  (kirishtirib  dazmollash 
kattaligi adip qaytarmasining shakliga bog‗liq).  
Adiplarga  uloqlar  7—10  mm  kenglikda  chok  hosil  qilib  tikib  ulanadi,  bunda 
qirqimlar  bir-biriga  to‗g‗rilanib  boriladi.  Agar  gazlama  gulli  bo‗lsa,  unda  uning 
yo‗llari  to‗g‗ri  keltiriladi,  keyin  choklari  yopishib  turadigan  bo‗lguncha  yorib 
dazmollanadi va shu bilan bir vaqtda adipning hammasi dazmollanadi. Namlab-isitib 
ishlov berilgandan keyin adiplar yordamchi andoza yordamida aniqlab chiqiladi. 
Alohida  bichilgan  adiplar  old  bo‗laklarga  bort  qirqimi  bo‗ylab  ag‗darma  chok 
bilan biriktiriladi, keyin bezak baxyaqator yuritib yoki yolg‗on qaviq solib, yoki ― sof 
ziy ‖ usulida  puxtalanadi . Bortning pastki cheti qaytarma va puxtalangan adipli qilib 
tikilishi  mumkin.  Adiplarni  old  bo‗laklarga  oldindan  ko‗klab  olmasdan  maxsus 
mashinada  biriktiriladi.  O‘quv  jarayonida  va  yakka  tartibdagi  buyurtma  tarzida   
kiyim  tikayotganda   adiplar  bostirib   ko‗klanadi 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish