Trikotaj mahsulotlariga qarash. Trikotaj mahsulotlarini qo‗lda yoki kir yuvish
mashinasida 30 gradusda yuvish vositalari bilan yuvish mumkin. Yuvib bo‗lingan
mahsulotlar yengil siqib quruq matoga yoyiladi. 150 gradusda va ichki tomondan
dazmol qilinishi kerak.
Viskoza mahsulotlariga qarash. Viskoza tolasi har xil ishlov berishda
o‗zining yarqirashi va zichligiga qarab ipakni, paxtani, hattoki junni eslatishi
mumkin. Viskoza mahsulotlari namni yaxshi tortadi, lekin ho‗l holatda o‗z zichligini
yo ‗qotadi. Shuning uchun ehtiyotlik bilan yuvish talab etiladi. Qo‗lda va kir yuvish
mashinasida 30 gradusda yuviladi. Qattiq siqish mumkin emas. Ipak matogao‗xshab
dazmollanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |