“Fakultetlararo umumtexnika fanlari” kafedrasi «Muhandislik chizmasi va eskizi» fanidan maruzalar matni muallif: Nurmetov M. R


Aylanish sirtning tekislik va to`g`ri chiziq bilan  kesishishi



Download 11,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/150
Sana31.12.2021
Hajmi11,26 Mb.
#231038
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150
Bog'liq
muhandislik chizmasi va eskizi

Aylanish sirtning tekislik va to`g`ri chiziq bilan  kesishishi 
 
Aylanish  sirti  bilan  frontal  proektsiyalovchi  parallel  tekislikning 
kesishuv  chizigini  yasashni  ko`rib  chiqamiz.  Yordamchi  tekisliklar    aylanish 
sirtining  o`qiga  perpendikulyar  qilib  o`tkazilgan.  Aylanish  sirtining  o`qi  H 
tekislikka  perpendikulyar  bo`lgani  uchun,  sirtning  yordamchi  tekisliklar  bilan 
kesilishidan hosil bo`lgan aylanalarning gorizontal proektsiyalari o`zlariga teng 


 
 
aylanalar    bo`ladi.  Yordamchi  tekisliklar  berilgan  kesuvchi  P  tekislik  bilan  V 
tekislikka  perpendikulyar  bo`lgan  gorizontal  chiziqlar  bo`yicha  kesishadi.  Bu 
gorizontallar bilan tegishli aylanalarning kesishuv nuqtalari kesim chizig`iga oid 
nuqtalar bo`ladi.  
 
 
9.4-chizma 
Ikkinchi  tartibli  konus  sirtning  tekislik  bilan  kesilishi dan  hosil 
bo`lgan chiziqlar konus kesimlar deyiladi. 
Bu  chiziqlar  jumlasiga  aylana,  ellips,  parabola,  giperbola  va  ikki 
kesishgan to`g`ri chiziq kiradi. 
Yasashni  osonlashtirish  maqsadida,  ikkinchi  tartibli  konusning  xususiy 
to`gri  bo`lgan  to`gri  doiraviy  konus  olamiz  va  uning  qanday  tekislik  bilan 
kesilganda  yuqorida  aytilgan  chiziqlardan  qaysi  biri  hosil  bo`lishini  ko`rib 
chiqamiz (9.5-chizma). 
1. 
Agar  kesuvchi  tekislik  konusning  o`qiga  perpendikulyar  bo`lsa, 
kesim chizig’i aylana bo`ladi.  
2. 
Agar  tekislik  konusning  uchidan  o`tib,  ikki  yasovchisi  bo`yicha 
kesib tushsa, kesim chizigi ikki kesishgan to`g`ri chiziq bo`ladi. 
3. 
Agar tekislik konusning o`qiga og`ma bo`lish bilan birga, uning 
hamma yasovchilarini kesib o`tsa, kesim chizigi ellips bo`ladi. 
4. 
Agar kesuvchi tekislik konusning yasovchilaridan biriga parallel 
bo`lsa, kesim chizig’i parabola bo`ladi. 
5. 
Agar  kesuvchi  tekislik  konusning  ikki  yasovchisiga  parallel 
bo`lsa, kesim chizig’i giperbola bo`ladi. 


 
 
 
9.5-chizma 
Berilgan  to`g`ri  doiraviy  konusning  sirtini  frontal  proektsiyalovchi 
parallel  tekislik  bilan  kesishish  chizig`ini  yetishmovchi  proektsiyasini  va 
uning haqiqiy kattaligini qurishni ko`rib chiqamiz (9.6-chizma). 
9.6-chizma 
 
Gorizontal  proektsiyalar  tekisligida  turgan  doiraviy  konusning  sirtini 
frontal  proektsiyalovchi  P  tekislik  ellips  bo`yicha  kesadi.  Bu  ellipsning  frontal 
proektsiyasi kesuvchi tekislikning izida 1`2` kesma, gorizontal proektsiyasi esa 
ellips  bo`ladi.  Gorizontal  proektsiyada  ellipsga  oid  nuqtalarni  topish  uchun 
konusning  yasovchilaridan  foydalanamiz. Frontal  proektsiyalari konus  o`qining 
frontal  proektsiyasiga  to`g`ri  kelgan  3`,4`  nuqtalarini  gorizontal  3,4 
proektsiyalarigina  konusning  sirtini  o`sha  nuqtalardan  o`tgan  aylana  bo`yicha 
kesuvchi Q tekislik yordamida topamiz. 
 


 
 
Kesim  shaklining  haqiqiy  ko`rinishi  (ellips)  P  tekislikni  H  tekislikka 
jipslashtirish yoli bilan yasalgan. 
Kesim  chizigi  –  ellipsning  haqiqiy  ko`rinishini  uning  katta  va  kichik 
o`qlari  bo`yicha  yasash  ham  mumkin.  Ellipsning  katta  o`qi  1`2`  kesmaga  teng 
ellipsning  kichik  o`qi    katta  o`qining  orasidan  o`tgan  kesim  aylanasining 
vatariga (5, 6 ga) teng bo`ladi. 
11.1-chizmada  konusdan  olib  bo’ladigan  beshta  kesimlari  ko’rsatilgan. 
Uchburchak  va  aylana  oldingi  bo’limlarda  muhokama  qilingan;    bu  bo’lim 
qolayotgan  uchta  bo’limlarini  ko’rib  chiqadi:  ellips,  parabola  va  giperbola. 
Bularning uchalasi juda muhim egri chiziqlardir. Ellips har xil shaklda bo’la oladi, 
ya’ni  deyarli  to’g’ri  chiziqdan  aylanagacha  oraliqda  bo’ladi  va  kerakli  shakl 
bo’lganligi  sababli  chizmada  ko’p  qo’llaniladi.  Parabolani    elektrik  yo’l 
yoritgichlarida,  parabolik  radiolokatsion  qurilmalarda  va  osma  ko’priklardagi 
simlarda ko’rish mumkin. Parabola va giperbolaning ikkalasi asosan yo’l qurilish 
muhandisligida  ko’p  qo’llaniladi.  Konstruksiyalardagi  eng  katta  mustahkamlik, 
ya’ni  shakllardagi  parabolik  yoki  giperboliklar  zavodlarda  tayyorlangan  tayyor 
temirbeton  konstruksiyalarni  va  kerak  bo’lgan  tayanchsiz  tomlarni(qoplamalarni) 
qo’llanilishiga olib keldi.  
 

Download 11,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish