Jizzax davlat pedagogika instituti sirtqi ta’lim bo’limi



Download 241,71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi241,71 Kb.
#230963
Bog'liq
bola-tarbiyasida-ertakning-o-rni



JIZZAX DAVLAT  

PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

SIRTQI TA’LIM BO’LIMI 

1-KURS TALABASI 

Fan: Bolalar folklori 

Mavzu: Bola tarbiyasida  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bajardi: Elmurodova Nilufar. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


  

 

 

MAVZU: BOLA TARBIYASIDA ERTAKNING 

AHAMIYATI 

 

Reja: 

1. Ertak bolada hayot haqida tasavvur uyg`otadi. 

2. Ertak  bolaning  xulq-atvoridagi  salbiy  hususiyatlarni  ijobiy 

tomonga o’zgartiradi. 



3. Ertak juda oddiy va sodda. Ammo uning ma'no va mazmuni, 

tarbiyaviy ahamiyati nihoyatda kuchli. 

  

 

Annotatsiya: Ushbu maqolada bola tarbiyasida va uning ongi 



shakllanishida  ertaklarning  o’rni,  muhimlik  darajasi,  ertaklarning 

yoshga bog’likligi hamda ertaklarning turli ko’rinishdagi ta’sirlari 

haqida  so’z  yuritilgan.  Kalit  so’zlar:  Ertak,  tarbiya,  ehtiyoj, 

xarakter, qahramon  




  

  

Kirish.  “Kitob  barcha  bunyodkorlik,  yaratuvchanlik  va  aql-

idrokning,  ilmu  donishning  asosidir,  hayotni  o`rgatuvchi 

murabbiydir”.  Buyuk  sohibquron  bobomiz  Amir  Temur  kitobga 

shunday  tarif  beradi.umri  jangu  jadallarda  o`tgan,  o`z  salohiyati 

bilan  buyuk  davlat  barpo  etgan  ulug`  bobokolonimizning  bu  fikri 

barchamizda  kitobga  nisbatan  mehr  muhabbat  uyg`otadi. 

Hayotimizni  bebaho  boylik,  aql  zakovatning  ulkan  mo`jizasi 

kutobsiz  tasavvur  qilib  bo`lmaydi.  Zero  kitob  qorong`u  yo`lni 

yoritguvchi nur dunyo ilmlarini ochuvchi noyob kalitdir.   



Asosiy 

qism. 

Ota-bobolarimiz, 

momolarimiz 

farzand 


tarbiyasiga azaldan katta e`tabor qaratib kelgan. O`g`il – qizlarimiz 

hushxulq  bo`lib  o`ssin,  nabiralarimiz  el  koriga  yaraydigan  inson 

bo`lib  ulg`aysin,  deb  ularni  kitob  o`qishga  undashni  ,birbiridan 

qiziq  hikoya,  rivoyat  va  ertaklarni  so`zlab  berishni  zinhor  kanda 

qilishmagan.  Negaki  ertaklarda  ezgu  g`oyalar  ulug`lanadi,  yakuni 

esa  yaxshilik  bilan  tugab,  yovuzlik  ustudan  g`alaba  qozoniladi. 




  

Hozir biz katta yoshdagilar biroz befarqmizmi, nima uchundir ertak 

aytishga erinamiz. Ko`pchilik” zamonaviy “onalar o`ziga yengillik 

tug`dirish  maqsadida  tag`in  vaqti  yo`qligini  bahona  qilib,  har  xil 

multfilmlar  ko`rishga,  telefon  kompyuter  o`yinlari  bilan  “og`zini 

yopishga” urunishadi. O`ylab qolasan kishi shu to`g`rimi? Bolaga 

ertak  aytib  berish  qanchalik  muhim?  Bu  savollarga  javob  izlalar 

ekanmiz  bugungi  globallashuv  davrida  yosh  avlodni  axborot  – 

kommunikatsiya  texnologiyalariga  o`ta  berilib  ketishdan  asrab, 

mutolaaga  undash  o`rniga  afsuski  o`zimiz  bunga  sharoit  yaratib 

berayotganimiz kundek ravshan bo`lib qolmoqda.  

Shuni  unutmaslik  lozimki  farzand  tarbiyasida  1  yoshdan  3 

yoshgacha  bo`lgan  davr  juda  muhim  va  nozik  davr  hisoblanadi. 

Ota-onasi xoh eng yaxshi odamlar bo`lsin, xoh eng yomon–go`dak 

yozilmagan  qog`oz,  bitilmagan  doston.  Tili  endigina  chiqqan 

farzandingiz  savol  beraverib,  sizni  esankiratib  qo`yadi.  Aynan  bu 

davr juda muhim. Afsuski ko`pchilik yosh onalar bu holdan bezor 

bo`lib,  bolasini  noo`rin  jerkib  tashlaydi.  Bola  bunday  vaziyatda 




  

biror nimani so`rab o`rganishga ham qo`rqib qoladi. Unutmang, tili 

chiqib, yura boshlagan kichkintoyingiz juda g`ayratli va serharakat. 

Uning  lug`atida  har  kuni  yangi-yangi  so`zlar  paydo  bo`lib  o`sib 

boradi. Aynan shu payti farzandingizga nima o`rgatsangiz, tez ilib 

oladi.  Unda  syujetli  o`yinlarga  ehtiyoj  tug`iladi.  Agar  bu  paytda 

aytib  bergan  ertaklaringizni  u  bilan  rolga  kirib  o`ynasangiz, 

foydadan holi bo`lmaydi.  

Ertak  bolada  hayot  haqida  tasavvur  uyg`otadi,  yaxshi  va 

yomonni ajratishga ko`maklashadi, murakkab vaziyatlardan chiqish 

yo`llarini o`rgatadi. Ertak orqali farzandingiz boshqalar bilan o`zaro 

munosabat  meyyorlarini,  bo`lishi  mumkin  bo`lgan  muammo  va 

to`siqlarni  anglay  boradi.  Farzandingizga  qiyinchiliklarni  yengib 

o`tish,  muammoni  hal  qilish,  voqealikning  yaxshilik,  adolat  va 

muhabbat  bilan  tugashiga  umid  qilishdan  saboq  beradi.Siz  uchun 

oddiy  tuyulgan  ertak  kichkintoyingiz  ruhiyatiga  juda  katta  ta`sir 

qilishini xayolingizga keltiraolmaysiz. Chunki ertakda go`dagingiz 

amalda qo`llay olmaydigan, lekin tasavvur qilishi mumkin bo`lgan 




  

chek-chegarasiz  imkoniyatlar  yotadi.Ertak  yoningizdagi  bu 

kichkina odamchaning yaratuvchanlik qobiliyati ,fantaziyasi, idrok 

etish  tuyg`ularini  shakillantiradi.  Bir  eslab  ko`ring,  Hamid 

Olimjonning  ”Bahor  kuychisi  “bo`lishida  onasi  aytib  bergan 

ertaklar sabab bo`lmaganmidi?  

Ertak  bolaning  xulq-atvoridagi  salbiy  hususiyatlarni  ijobiy 

tomonga  masalan  yolg`onchilik,  qo`pollik,  badjahillik,  o`g`rilik, 

dangasalik, 

yig`loqilik, 

qo`rquv 

kabilarning 

to`g`riso`zlik, 

muloyimlik,  oqko`ngillik,  ozodalik,  mehnatsevarlik,  botirlik 

vajasurlik  tuyg`ulariga  o`girishga  samarali  yordam  beradi.  Ertak 

bolaning nafaqat ichki dunyosiga, tarbiyasiga balki uning nutqidagi 

nuqsonlarni, masalan ,duduqlanib gapirish (logonevroz)ni bartaraf 

etishda  ham  samarali  ta`sir  ko`rsatadi.Muhimi  ertakchi  shunday 

mahoratli  bo`lishi  kerakki,  u  bolani  real  hayotdan  mo`jizaga 

ishontira olsin. Umuman ertakning foydalari ko`p:  




  

u orqali tinglovchi o`zi ayb va xatolarini tan olishdek og`riqli 



holatga duchor bo`lmaydi,qo`rqmasdan qiziqarli ertak qahramoniga 

aylanib, muammosini hal qiladi, ertakdan xulosa chiqaradi;  

ertak bolalar uchun shunday himoya muhitini yaratib beradiki, 



u orqali bola o`zi va o`z olami haqidagi biror–bir yangilikni ichki 

dunyosining  aralashuvidan  qo`rqmagan  holda  olish  imkoniga  ega 

bo`ladi;  

bola ertakni eshitar ekan, o`zini qahramonlar bilan solishtiradi, 



o`z  harakteriga  yaqin  qahramonlarni  tanlab  oladi,  qo`rquv  va 

kechinmalari orasida o`zini yolg`iz his etmaydi;  

eng 


asosiysi, 

ertak 


qahramonlari 

qiyinchiliklarni 

yengayotganini  eshitib,  fikrlarini  jonlantirib,  muammolarini  hal 

etish tajribasi va o`z kuchiga ishonchni paydo qiladi.  

Ertakning  yana  bir  muhim  belgisi  shuki,  kuchsiz  va  omadsiz 

qahramon  ertak  so`ngida  kuchli,  aqlli,  botir  va  omadli  g`olibga 

aylanadi.  Bu  o`zgarishlar  bolada  yaxshilanishga  bo`lgan  urinishni 

yuzaga  keltiradi.  U  doim  “Irkit  o`rdakcha“  qachondir,  albatta, 




  

g`o`zal  oqqushga  aylanishini  biladi  va  o`zi  ham  qiyinchiliklardan 

qo`rqmasdan olg`a intilishga, shunday yo`l tutishga harakat qiladi. 

Bolada  mehnat  malakasi  vujudga  kelsa,  u  ota-onasi,  kattalarning 

ko'rsatib turishini  kutib o'tirmay, o'zi eplab ketaveradi.   

Hayot  shunday:  kim  tadbirkorlik  bilan  erinmay  ko'p  mehnat 

qilsa,  sog'lom,  boybadavlat  yashaydi,  xor-zor  bo'lmay  umr 

kechiradi.  Qumursqa  maqtanchoq  emas,  u  oddiy  va  sodda.  Shu 

fazilatlari bilan ajralib turadi. Savol-javoblarda muz, bulut, quyosh, 

yomg'ir,  yer,  o't,  mol,  bo'ri,  mergan-u  sichqon  kabilardan  ham 

qumursqa ustun chiqadi.   

Bu  yoshdagi  bolalarga  tavsiya  etiladigan  ertaklarning  asosiy 

qismini  to'g'riso'zlik,  halollik,  birovlarni  aldamaslik  kabi  g'oyalar 

ifodalangan asarlar tashkil etgani ma'qul.   

Masalan, turkman xalq ertagi „Rostgo'y bola"ni olib ko'raylik. 

Ertak  qahramoni  to'g'riso'zligi,  kattalarning  pand-nasihatlariga 

quloq solishi bilan yosh kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi.   



  

Rus xalq ertagi “Sholg'om” bu davr bolalar kitobxonligida asosiy 

o'rinda turadi.   

Ertak  juda  oddiy  va  sodda.  Ammo  uning  ma'no  va  mazmuni, 

tarbiyaviy ahamiyati nihoyatda kuchli.   

Ertakda  boboning  sholg'om  ekishi  va  yirik  sholg'omni 

ko'plashib  tortib  olish  voqeasi  tasvirlanadi.  Ortiqcha  tafsilotlar 

deyarli yo'q. Ammo unda kichkintoylarga ibrat bo’ladigan jihatlar 

ko'p.  Ertakda  boboning  mehnatkashligi  yaqqol  ko'zga  tashlanib 

turadi. Bobo kechasi-yu kunduzi sholg'omga ishlov beradi, ter to'kib 

mehnat  qiladi.  Demak,  ertakda,  eng  avvalo,  mehnatsevarlik 

ulug'lanadi.  Ikkinchidan,  bola  atrofidagilar  bilan  ahil,  do'st  bo'lib 

ulg'ayishi kerak. Kimki do'stlarbilan, jamoa bilan hamfikr, hamkor 

bo'lib o'ssa, o'ziga ham, o'zgalarga ham yaxshi. Ertakdagi kattakon 

sholg'omni  yerdan  tortib,  sug'urib  olish  voqeasi  yosh  kitobxon 

uchun  juda  qiziqarli.  Bobo,  buvi,  nabira,  kuchuk,  mushuk, 

sichqonlar  bir  yoqadan  bosh  chiqarib  harakat  qilishadi.  Bu  holat 



  

bolalarga  katta  zavq  beradi.  Ertak  kichkintoylarda  kuch  birlikda 

degan tushunchani shakllantirishga xizmat qiladi.  

 Aziz  onalar!  farzandingizga  har  kuni  ertak  aytib  bering. 

Shunday  go`zal  ertak  aytingki,  bolangiz  qalbida  yaxshilikka 

ishonch,  umid  uyg`onsin.  Ertakni  sinchkovlik  vanozik  did  bilan 

tanlang, toki bolangizning ichki olami kun sayin boyisin!  

  

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 


  

Foydalanilgan adabiyotlar  

1.  M.E.  Zufarova.  Umumiy  psixologiya,  o’quv  qo’llanma. 

Toshkent  2010  2.  Abdumannotov  A.  Navoiy  farzand  adobi 

haqida. /Boshlang’ich ta’lim, 1996  

3. 

Munavvarov A. Pedagogika. -T.: O’qituvchi, 1996 y.  



4. 

Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi: Ped.in-

tlarning  maktabgacha  tarbiya  fak.  Talabalari  uchun.  –T.: 

O’qituvchi, 1993  

5. 

Zunnunov  A.  O’rta  Osiyoda 



pedagogik 

fikr 


taraqqiyotidan lavhalar. T.:«Fan», 1996 y.  

 

 



 

 

 



  

  

Download 241,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish