Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi Mundarija


Bozor munosabatlarini davlat tomonidan yanada rivojlantirish zarurati



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana31.12.2021
Hajmi0,71 Mb.
#230924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi

2.2.Bozor munosabatlarini davlat tomonidan yanada rivojlantirish zarurati 

Respublikamizda  vujudga  kelgan  vaziyatga  nazar  solar  ekanmiz,  O`zbekiston 

qisqa  davr  ichida  o`zining  davlatchilik,  siyosiy  va  iqtisodiy  qurilishida  mutlaqo  yangi 

bosqichga  o`tganligini,  milliy  iqtisodiyot  taraqqiyotida  real  ijobiy  o`zgarishlarga 

erishganligini  ko`ramiz.  Xususan,  mamlakatimizda  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy 

barqarorlikka  erishildi,  iqtisodiyotning  barcha  sohalarida  tub  o`zgarishlar  sodir  bo`ldi, 

ko`p  ukladli  iqtisodiyot  shakllandi.  Yalpi  ichki  mahsulotning  70  foizdan,  sanoat 

mahsulotining 65 foizdan ziyodroq qismi va qishloq xo`jalik mahsulotlarining 99 foizi 

nodavlat sektori ulushiga to`g`ri kelayotgani fikrimizning dalilidir. Eng muhimi, o`tgan 

davr  ichida  mamlakatimizda  bozor  munosabatlariga  o`tish  va  ularning  samarali  amal 

qilishini  ta`minlash  uchun  zarur  bo`lgan  huquqiy-me`yoriy  baza  yaratildi.  Qabul 

qilingan  qonunlar  iqtisodiy  islohotlarni  o`tkazishda  muhim  rol  o`ynadi.  Bular  MDH 

tarkibidagi  barcha  mamlakatlarini  qamrab  olgan  iqtisodiy  bo`hronlar  davrida  vaziyatni 

engillashtirishga  xizmat  qildi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o`tishning  ilk  davrida  (1991-1995 

yillar)  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  yuz  bergan  tanazzul  MDHning  boshqa 

davlatlaridagi  singari  og`ir  kechmadi.  Makroiqtsodiy  barqarorlik  1995  yilda  boshlandi 

va  1996  yildan  boshlab  iqtisodiy  vaziyatning  jonlanishi  sodir  bo`ldi.  2006  yildan 

boshlab O`zbekistonda iqtisodiy o`sish tendentsiyasi juda yuqori darajada o‟sa boshladi. 

Bu  haqda  quyidagi  keltirilgan  jadval  ma`lumotlari  dalolat  beradi.    Ko`rinib  turibdiki, 

2007  yil  O`zbekistonda  barqaror  rivojlanishning  boshlanish  yili  hisoblanadi. 

Rekonstruktsiya  va  rivojlantirish  Evropa  bankining  tadqiqotlari  shu  narsadan  guvohlik 

beradiki,  aynan  shu  yili  O‟rta  Osiya  davlatlari  ichida  O`zbekiston  2012  yilga  kelib 

YAIMning  eng  yuqori  darajasiga  erishgan,  ya‟ni  88-90%  ga  chiqqan.  Mazkur 

ko`rsatkich  Belorusiyada  72-74  foiz,  Rossiya  61-64  foiz,  Qozog`istonda  63-66, 

Turkmanistonda  55-57,  Qirg`izistonda  68-70  foizni  tashkil  etgan  bo`lsa,  ayrim  MDH 

mamlakatlarida  hatto  50  foizdan ham  kam  bo`lgan.     Markazning xomashyo  bazasi va 

tayyor  mahsulotlar  bozori  rolini  bajarib  kelgan  O`zbekistonda  mustaqillikning  qisqa 

davri  ichida  bunday  muvaffaqiyatga  erishilishi,  avvalambor,  davlatning  oqilona 

iqtisodiy  siyosati  natijasidir.  Bu  siyosat  o`zining  mazmun  va  mohiyatiga  ko`ra  bozor 

munosabatlariga  inqilobiy  yo`l  bilan  (birdaniga)  emas,  balki  evolyutsion  yo`l  bilan, 



36 

 

bosqichma-bosqich  o`tishni  nazarda  tutadi.  O`tgan  davrga  shu  nuqtai  nazardan  baho 



beradigan bo`lsak, iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilayotgani va o`tish 

davrining  asosiy  qiyinchiliklari  o  rtda  q  olganini  k  o`ramiz.      Shu  bilan  birgalikda, 

mamlakatimizda  bozor  munosabatlarining  qaror  topishi  nihoyasiga  etdi  va  ular 

to`laqonli tarzda amal qilmoqda, deb bo`lmaydi.  Mamlakatimiz oldida turgan bir qator 

dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etish ko`p jihatdan iqtisodiy islohotlarni 

chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga bog`liq.  

Yalpi  milliy  mahsulot  ishlab  chiqarishda  energiya  va  materiallar  sarflash  miqdori 

hozirga  qadar  yuqori  darajada,  bu  rivojlangan  davlatlardagiga  nisbatan  2.5-3,0  marta 

ortiqdir.  Asosiy  fondlarni  o`rtacha  eskirish  darajasi  40-50  foizga  teng.  Ko`pgina 

korxonalarda  yangi  texnika  va  texnologiyalarni  joriy  qilishga  e`tibor  etarli  emas.   

Iqtisodiyotga  jalb  etilayotgan  yirik  investitsiyalarning,  shu  jumladan,  xorijiy 

investsiyalarning  samaradorligi  ayrim  hollarda  past.  Chet  el  investitsiyalarini  jalb 

etishni  rag`batlantirish  tizimini  yanada  takomillashtirish  talab  qilinadi.  Shu  maqsadda 

huquqiy-me`yoriy  bazani  takomillashtirish,  iqtisodiyotning  shu  sohaga  mas`ul  davlat 

tizimlari  javobgarligini  oshirish,  xo`jalik  sub`ektlarini  moliyaviy-kredit  ta`minoti, 

jumladan,  mikrokreditlar  bilan  ta`minlashni  kuchaytirish  zarur.  Eksport  qilishga 

mo`ljallangan  va  raqobatbardosh  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  qo`llab-quvvatlash, 

qayta  ishlovchi  sanoat  ulushini  ko`paytirish,  iste`mol  mollari  ishlab  chiqarishni 

kengaytirish  kabi  muhim  vazifalarni  hal  etish  ko`p  jihatdan  bozor  munosabatlari 

tizimining  mukammallik  darajasiga  bog`liq.  Qishloq  xo`jaligida  olib  borilayotgan 

iqtisodiy islohotlardan kutilgan natijalarga hali to`la-to`kis erishilgani yo`q. Zarar ko`rib 

ishlayotgan  va  kam  samarali  qishloq  xo`jalik  korxonalarini  fermer  xo`jaliklariga 

aylantirish o`zining ijobiy natijalarini ko`rsatdi. Biroq fermerlik faoliyatini rivojlantirish 

va rag`batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, bu boradagi mavjud to`siqlarga barham 

berish  o`ta  dolzarb  vazifaga  aylanib  qoldi.      Qishloq  xo`jaligida  islohotlarni 

chuqurlashtirishda  aniq  dastur tadbirlarini ishlab  chiqish va ularni  amalga oshirishning 

tashkiliy,  huquqiy,  mexanizmlarini  yaratish  l  ozim.      Bu  tadbirlar  qatoriga  paxta  va 

g`alla  etishtirish  bo`yicha  davlat  buyurtmasini  aniq  shartnomalar  asosida  belgilash, 

qishloq  xo`jaligi  mahsulotlari  tannarxini  kamaytirish,  tabiiy  monopoliyalar  faoliyatini 



37 

 

davlat tomonidan boshqarish, marketing va baholar kon`yukturasini o`rganishni tashkil 



qilish,  kredit  va  moliya  tizimlarini  takomillashtirish  masalalarini  hal  qilishni  kiritish 

mumkin.    Davlat  qishloq  xo`jaligida  islohotlarni  amalga  oshirishda,  tovar  ishlab 

chiqaruvchilarni  qo`llab-quvvatlash  va  yordam  berishda  muhim  rol  o`ynashi  kerak. 

Ayniqsa,  investitsiya  siyosatini  amalga  oshirishda,  soliq  va  kredit    imtiyozlarini 

qo`llashda,  suv  inshootlarini  samarali  ishlatishda,  sanatsiya  jarayonlarini  amalga 

oshirishda  o`zining  aniq  rejalarini  amalga  oshirishi  lozim.    Bozor  munosabatlarining 

samarali  amal  qilishida  raqobat  muhitining  ahamiyati,  ayniqsa,  katta.  Raqobat  yo`q 

joyda  iqtisodiy  o`sish  ham  bo`lmaydi.  Shu  munosabat  bilan  monopoliyalarga  qarshi 

kurashning  aniq  va  ta`sirchan  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqish  va  hayotga  tadbiq  etish 

talab  qilinadi.    Ishlab  chiqarishga  va  tadbirkorlikka  xizmat  qiladigan  keng  tarmoqli 

bozor  infratuzilmasini  barpo  etish  bo`yicha  olib  borilayotgan  ishlarni  nihoyasiga 

etkazish  bozor  munosabatlarini  rivojlantirishning  muhim  yo`nalishi  hisoblanadi. 

Ayniqsa,  moliya  va  bank  tuzilmalari,  ulgurji  bozorlar,  investitsiya  fondlari,  lizing  va 

konsalting  kompaniyalari,  sug`urta  tashkilotlari  ishining  ham  samaradorligini  oshirish 

talab  qilinmoqda.    Moliya  va  bank  tizimini  yanada  erkinlashtirishga  qaratilgan  aniq 

chora-tadbirlar  ishlab  chiqilgan  bo`lishiga  qaramay,  mazkur  tizimning  samaradorligi 

hanuzgacha talab darajasida emas. Bu sohadagi asosiy muammolardan biri bank tizimi 

samaradorligini  oshirish  uchun  xususiy  banklar  tarmog`ini  kengaytirish  va  banklararo 

raqobatni  yanada  kuchaytirishdan  iboratdir.  Xorijiy  tadbirkorlar  bilan  hamkorlikda 

qo`shma  banklar  tashkil  qilish  ham  bu  yo`nalishdagi  muhim  vazifalar  sirasiga  k  iradi.   

Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish, uning tizimini qayta ko`rib chiqish, 

ma`muriy  cheklash  metodlaridan  iqtisodiy  boshqarish  usullariga  o`tishni  tezlashtirish 

zarur.  Faqat  shu  yo`l  bilan  respublika  Jahon  savdo  tashkilotiga  a`zo  bo`lishi  va  uning 

imkoniyatlari va afzalliklaridan bahramand bo`lishi  

mumkin.      Bozor  munosabatlarini  rivojlantirishning  eng  muhim  yo`nalishi,  bu  - 

iqtisodiyotni  erkinlashtirishdir. Shu  munosabat bilan  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlarning 

samarali  faoliyat  ko`rsatishi  uchun  zarur  bo`lgan  iqtisodiy  erkinlik  va  mustaqillikni 

yanada kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Ularning faoliyati uchun qulay huquqiy va 

iqtisodiy  muhit  yaratish,  bu  faoliyatni  tartibga  solishda  faqat  bozor  mexanizmidan 



38 

 

foydalanish  bozor  iqtisodiyoti  tizimining  tamoyili  hisoblanadi.  Korxona  va  firmalar 



xo`jalik  faoliyatiga  davlatning  aralashuvini  cheklash,  xususiy  mulkning  ishonchli 

himoyasini ta`minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur.   Davlatning joylardagi 

hokimiyat  va  nazorat  organlari  xususiy  biznesni  rivojlantirish  uchun  zarur  bo`lgan 

shart-sharoitlarni  yaratib berishlari va xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlar faoliyatiga behuda 

aralashmasliklari  darkor.    Iqtisodiyotni  boshqarishning  tashkiliy  tuzilmasini  bozor 

munosabatlariga 

to`la-to`kis 

javob 


berishini 

ta`minlash, 

ishlab 

chiqarishni 

boshqarishning  xalqaro  standartlarini  hisobga  olgan  holda  kadrlar  tayyorlash  va  qayta 

tayyorlash  tizimini  yanada  takomillashtirish  bugungi  kunning  dolzarb  vazifasi 

hisoblanadi.   

Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo„naltirilganligi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning 

uzviy  aloqada  bo„lishini  taqozo  qiladi.  Iqti-  sodiyot  ijtimoiy  taraqiyot  uchun  zarur 

bo„lgan tovar va xizmatlarni yaratib bersa, o„z navbatida ijtimoiy muammolarning hal 

etilishi inson kapitalining rivoji orqali iqtisodiy o„sishga xizmat qiladi. Mana shunday 

bog„lanishning  amaliy  hayotda  bo„lishi  iqtisodiy  va  ijtimoiy  siyosatning 

uyg„unlashuvini  talab  qiladi.Davlatning  ijtimoiy  siyosati  -  bu  kishilarning  hayotiy 

manfaatlarini  yuzaga  chiqarish,  insonni  himoya  qilish  va  kamol  topishiga  qaratilgan 

siyosatdir.  Uning  maqsadi  umumiy  iqtisodiy  farovonlikni  oshirib  borishga  ko„mak 

berishdir.  Bu  siyosatda  ish  bilan  bandlik  darajasini  belgilash,  minimal  ish  haqini 

o„rnatish,  kambag„allik  chegaralarini  aniqlash,  tirikchilik  minimumini  belgilash, 

ijtimoiy  yordam  me'yorlarini  aniqlash  kabilarga  ustuvorlik  beriladi.  Uning  asosiy 

yo„nalishlari  bandlik,  daromad  va  ijtimoiy  yordam  siyosatidir.  Bandlik  siyosati.  Bu 

mehnatga  layoqatli  va  ishlashni  xohlagan  kishilarni  ish  bilan  ta'minlash,  shu  orqali 

ularga o„zini-o„zi iqtisodiy 

 

ta'minlash  uchun  imkoniyat  yaratishni  ko„zda  tutadi.  Bunda  davlat  mamlakatda  yangi 



ish  o„rinlarini  yaratish,  mavjud  ish  o„rinlaridan  to„laroq  foydalanib  bandlikni 

oshirilishini  ko„zda  tutadi.  Yangi  ish  o„rinlarini  yaratgan  korxonalarga  soliqdan 

imtiyozlar  yoki  subsidiyalar  beriladi.  Shuningdek,  yangi  ish  o„rnini  yaratib,  uni 



39 

 

zamonaviy  texnologiyalar  bilan  jihozlab,  mehnat  unumdorligini  va  shunga  ko„ra 



daromadlarini  oshirishga  erishish  rag„batlantiriladi.  Bandlik  muammosining 

keskinligiga  qarab  uni  hal  etishning  u  yoki  bu  yo„liga  ustuvorlik  beriladi.  Iqtisodiy 

jihatdan  kam  rivojlangan  mamlakatlarda  ishsizlar  nisbatan  ko„p  bo„lganida  bandlik 

siyosati  har  qanday  ish  o„rnini,  hatto  unumi  past  ish  o„rinlarining  yaratilishini  ham 

ko„zda  tutadi.  Aksincha, iqtisodiy  jihatdan  yuqori darajada  rivojlangan  mamlakatlarda 

malakali  mehnatni  band  qiluvchi  unumi  yuqori  ish  o„rinlarini,  yaratishga  e'tibor 

qaratiladi.  O„zbekistonda  bandlik  siyosatida  yangi  ish  o„rinlarini  yaratishda  kichik 

biznes  va  xususiy  tadbirkorlik,  xizmat  ko„rsatish  sohalari,  dehqon  va  fermer 

xo„jaliklarida  ish  o„rinlarini  yaratishga  ustuvorlik  beriladi.  O„zbekistonda  maxsus 

bandlik  fondi  mablag„lari  hisobidan  ish  o„rinlari  yaratiladi,  ishsizlarga  nafaqa  beriladi 

va  ular  yangi  kasblarga  o„rgatiladi.  Davlat  hisobidan  moliyalashtiriladigan  fondlar 

mablag„lari ham yangi ish o„rinlarini yaratishga yo„naltiriladi. Ishsizlik darajasi yuqori 

bo„lganda, uni kamaytirish uchun hukumat ish kuchini chetga chiqarish choralarini ham 

ko„radi.  Mehnat  migratsiyasi  xususida  davlatlararo  kelishuvlar  tuziladi,  migratsiyaga 

xizmat qiluvchi firmalar tashkil etilib, ular moliyalashtiriladi. Bandlik siyosatida barcha 

mehnat  qobiliyati  borlarni  ish  bilan  ta'minlab,  100%  bandlikka  erishish  ko„zlanmaydi. 

Mazkur  siyosat  rivojlangan  mamlakatlarda  mehnatga  yaroqli  aholining  94-95%i  band 

bo„lishini  bildiradi.  Daromadlar  siyosati  mazmunan  daromadlarning  taqsimla-  nishini 

tartiblashga  qaratiladi.  Bu  siyosatda  ijtimoiy  soliqlar,  ijtimoiy  dotatsiyalar  va  budjet 

transfertlari  kabi  dastaklar  qo„llaniladi.  Bandlikni,  pensiya  bilan  ta'minlanish  va 

mehnatning  ijtimoiy  sug„urtalanishini  ta'minlash  uchun  korxonalar  mehnat  haqi 

mablag„laridan  ijtimoiy  soliqlar  undiriladi.  Bularning  bir  qismi  davlat  tomonidan 

ishsizlik nafaqasi ish qobiliyatini vaqtincha yuqotganlarga to„lovlar sifatida beriladi. 

Daromad  siyosati  soliqlarni  progressiv,  ya'ni  daromad  miqdoriga  qarab  oshib 

borishi  tarzida  belgilanishini  nazarda  tutadi.  Bunda  davlat  budjetida  to„plangan 

mablag„lar  muhtojlarga  yordam  sifatida  taqsimlanadi.  Daromad  siyosati  qariyalarni 

nafaqa bilan ta'minlashni ham nazarda tutadi. Bunda 2 xil nafaqa tizimi mavjud bo„ladi. 

Birin-  chisida,  ishlayotganlar  daromadining  bir  qismi  olinib,  davlat  nafaqasi  sifatida 

beriladi.  Ikkinchisi,  jamg„arib  boriladigan  pensiya  tizimi  bo„lib,  unga  ko„ra  har  bir 



40 

 

xodim  ishlagan  paytidagi  daromadining  bir  qismini  pensiya  jamg„armasiga  o„tkazish 



orqali pensiya mablag„ini o„zi to„plab boradi. Ijtimoiy himoya siyosati aholining nochor 

qatlamlariga  yordam  berish,  ularni  qo„llab-quvvatlab  turishga  qaratiladi.  Unga  ko„ra 

o„zi  ishlab  pul  topishga  qodir  bo„lmagan  kishilarga  budjet  mablag„lari  hisobidan 

moliyaviy yordam ko„rsatiladi. Daromadi kam kishilar soliqlardan ozod qilinadi, ularga 

turli nafaqalar beriladi yoki bir yo„la yordam ham ko„rsatiladi. Ijtimoiy yordam miqyosi 

muhtojlar soniga va davlatning moliyaviy imkoniyatlariga bog„liq bo„ladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish