1-MA’RUZU: Energetika resurslari
Reja:
1.1. Jamiyat hayotida va rivojlanishida energetikaning о‘rni.
1.2. Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari.
1. Jamiyat hayotida vaojlanishida energetikaning о‘rni.
Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda tо‘plangan energiyadan foydalanib
kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari, undan maksimal samaradarlik olish
maqsadida doimo takomillashib bormoqda. Energetika insoniyat hayotida muhim rol о‘ynaydi. Inson
faoliyatining barcha turlari energiya sarfi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan inson о‘zining
evolyutsion rivojlanishining navbatdagi о‘rami shamol va suv energiyasidan foydalanishga olib keldi,
natijada birinchi suv va shamol tegirmonlari, suv charxpalaklari, о‘z harakati uchun shamol kuchidan
foydalanuvchi yelkanli kemalar paydo bо‘ldi. XVIII asrda о‘tin yoki kо‘mirni yoqish natijasida hosil
bо‘lgan issiqlik energiyasini mexanik harakati energiyasiga aylantiruvchi bug‘ mashinalari ixtiro qilindi.
XIX asrda volt yoyi, elektr yoritish kashf qilindi. Elektrodvigatel, undan keyin esa elektr generator ixtiro
qilinishlari elektr asri boshlanishiga olib keldi. XX asr insoniyat tomonidan energiya ishlab chiqarish va
undan foydalanish usullarini о‘zgartirish bо‘yicha haqiqiy inqilobni amalga oshirish asri bо‘ldi. Yaa’ni,
juda yuqori quvvatli issiqlik, gidravlik va atom elektr stansiyalari, yuqori va о‘ta yuqori hamda ultra
yuqori kuchlanishga ega bо‘lgan elektr energiyasini uzatuvchi liniyalar qurish. Ilm – fanning о‘sib borishi
natijasida elektr energiyasini ishlab chiqarish, о‘zgartirish va uzatishning yangidan-yangi turlari ishlab
chiqilmoqda (boshqaruvchi termoyadro reaksiyasi magnit gidrodinamik generator, о‘ta о‘tkazuvchan
turbogenerator va shunga о‘xshash). Katta quvvatli energiya tizimlari barpo qilinmoqda, shu bilan birga
katta quvvatli neft va gaz taminoti tizimlari paydo bо‘lmoqda.
Shunday qilib bizni о‘rab turgan dunyo turli kо‘rinishdagi tuganmas energiya manbalariga egadir.
Hozirda ularning bazilaridan ya’ni , quyosh energiyasi, yer va oyning о‘zaro tasiri natijasida hosil
bо‘ladigan energiya, termoyadrosintez energiyasi, yer issiqligi energiyasidan tо‘laqonli
foydalanilmayapti. Hozir inson tamaddinining rivojlanishida energiya hal etuvchi rol о‘ynaydi. Mahsulot
ishlab chiqarish hajmi va energiya sarfi orasida uzviy о‘zaro bog‘liqlik mavjuj. Insoniyat hayotida
energetika katta ahamiyatga ega. Uning rivojlanish darajasi, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanish darajasini, ilmiy texnik taraqqiyot imkoniyatlarini va aholi turmush darajasini aks ettiradi.
Afsuski, inson tarafidan istemol etilayotgan energiyaning kо‘p qismi, mavjud bо‘lgan energetik
resurslardan foydalanishning past samaradorligi tufayli befoyda issiqlik aylanmoqda. Dunyoda bir yilda
foydalanadigan energiyaning taxminiy taqsimoti 1.1-jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldagi energiya qiymati,
yoqilganda mavjud enegiyani beruvchi kо‘mir miqdorining megatonnalardagi (Mt) о‘lchamida
keltirilgan.