Pedagogika (yunoncha «paidagogike» bo‘lib, «paidagogos» - bola, etaklayman)
– ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan
jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni
tarbiyalash hamda unga ta‘lim berishning mohiyati va
muammolarini o‘rganadigan fan.
Pedagogika tarixi – ta‘lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi,
muayyan tarixiy davrlarda etakchi o‘rin egallagan pedagogik
fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – shaxsni tarbiyalash, unga muayyan
yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish
tamoyillari, obektiv va subektiv omillarini aniqlovchi
pedagogik
jarayonning
ichki
mohiyati,
aloqa
va
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |