Jamoa an‟analari – jamoa a‘zolari tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanuvchi
barqarorlashgan odat.
Jamoaning norasmiy tuzilmasi - jamoa a‘zolari o‘rtasidagi shaxslararo
ma‘naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi,
shuningdek, jamoada mikroguruhni tashqil qiluvchi ayrim
shaxslar o‘rtasidagi tanlash munosabatlarining mazmuni.
Jamoaning rasmiy tuzilishi - turli ko‘rinishdagi jamoa faoliyatini yo‘lga
qo‘yishning tashkiliy jihatlari.
Jinsiy tarbiya - o‘zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va
ozodalikka o‘rgatish, o‘z sog‘ligi uchun g‘amxo‘rlik qilish va
mas‘uliyatli bo‘lishni ta‘minlashga qaratilgan pedagogik
faoliyat mazmuni.