Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta‘lim
berish masalalarini o‘rganadi.
Umumiy o‟rta ta‟lim - o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim
olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-
ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy
qadriyatlarga asoslangan ma‘naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat
ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli
munosabatda bo‘lishni va kasb tanlash ko‘nikmalarini
shakllantirish bosqichi.
Universitet - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy va
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim dasturlarini amalga
oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta‘lim muassasasi.