Maktab psixologining kasbiy psixogigienasi. Maktab
psixologlari o‘z kasblarida ko‘pincha insonlar hayotidagi qiyin
daqiqalarda ish olib boradilar. Psixologga xavotirlanish,
qo‘rqish, muammolar, afsuslanish, xatolar, kulfatlar bilan
murojaat qiladilar. Bularga qanday munosabatda bo‘lish kerak?
Psixolog bunday vaqtlarda o ‘zini qanday tutishi zarur, shaxsiy
muammolar va mijozlar muammolari ta ’siriga berilmaslik,
optimist bo‘lish, ichki faol tonusni qanday ushlab turish
mumkin?
Tasawur qiling: sizning oldingizga o ‘quvchilardan biri-
ning onasi kelib o‘zining shaxsiy muammosi — ko‘p yillik,
baxtsiz, javobsiz sevgisi haqida gapirib berdi. Bu sevgi uning
hayotini barbod qilgan. U ko‘z yoshlarini to ‘kar, toshdek qotib,
hayotga befarqlik haqida gapirardi. Sizga ham (Siz psixolog
bo‘lsangiz-da) ruhan qiyin: yaqin kishingiz uydan ketib qolgan.
Bunday vaqtlarda sizning ham yashagingiz kelmaydi, bunday
vaqtda yana maslahat ham berish kerak.
Maktabdagi xonaningizda — dunyo ko‘ziga qorong‘u
ko‘ringan yuqori sinf o‘quvchisi, yangi mijoz o‘tiribdi. Uning
yuzlari ko‘kimtir, tamakini ketma-ket chekardi, oilasi, qizi,
o ‘zi haqida bafurja, batafsil gapirmoqda. U sizning yordam
berishingizni juda xohlaydi. Siz bor kuchingiz ila yigit bilan
muloqotga kirishasiz. U tinchlanib uyiga ketadi. Siz o‘zingizni
juda charchagan his qilasiz, shaxsiy tashvishingiz sizga kuchli
45
ta ’sir qiladi: uyingizda k o ‘p oylardan beri, og‘ir dard
chekayotgan otangiz yotibdi.
Nima qilish kerak? Boshqa odamlarni qo'llab-quwatlash
uchun qayerdan kuch topish mumkin, agar sizning o‘zingiz
yordamga muhtoj bo‘lsangiz?
Aniq ishlab chiqilgan reseptlar bu yerda yo‘q, bo‘lishi
ham mumkin emas. Har bir inson, tabiiy har bir psixolog —
bu individuallikdir. Bir insonni dushdagi sovuq suv o ‘ziga
keltirishi mumkin, boshqa birovni deraza oldidagi gulning
chiroyli ochilib turishi ruhiyatini ko‘rsatishi mumkin.
M a’lum bo‘lishicha, maktab va amaliy psixologiya kasbiy
psixologik himoya vositalarisiz faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Sahnaga chiqayotgan aktyorday, psixolog ham o‘z hissiyot-
larini ifodalab, yomon rol o ‘ynash mumkin emasligini bilishi
lozim. Kuchli, har doim yordamga tayyor, kasbiy formada
bo‘lishi kerak.
Bunga qanday erishish mumkin?
Tajribali psixologlar o ‘zlarini qanday tutadilar?
Bu savollarga psixologlar har xil javob beradilar.
«Ishga ketayotib, uyimning eshigini qulflaganimda, fikran
o'zimga o ‘zim shunday deyman: «Mening hamma muam-
molarim uyda. Ishda men kuchli, faol, yaxshi kayfiyatda
boMishim kerak».
Men uchun eshikni yopish — bu chiziq. Bu chiziq ortida
— mening uydagi muammolarim. Oldinda — mening ishim,
unda shaxsiy muammolarimga o‘rin yovq».
(Ayol psixolog bilan suhbatdan).
«— Men kasalxonaga borayotganimda xalat kiyaman,
kalitni cho‘ntagimga solaman. Men bu ishlarni bajarganimda,
boshqacha b o iib qolaman. M en xalat kiyib kasalxonaga
borayotganimni anglayman.
Ikki kishi: kasal va mendan men sog‘lomroq bo‘lishim
kerak. Bu mening um um an sog‘lig‘imni, m enda xafalik,
afsuslanish, kasallik alomatlari yo‘qligini bildirmaydi. Lekin
m a’lum bo‘lishicha, unga qiyin, u menga muhtoj.
46
Men mutaxassisman, men sog‘ bo‘lishim kerak. Shaxs
sifatida ruhan men undan kuchli bo‘lishim zarur. Bo‘lmasa,
men xalatni kiymasligim, ishga bormasligim kerak. Tu-
shunasizmi?»
(Psixologiya fanlari doktori B. Bratus.)
Do'stlaringiz bilan baham: |