Real obyekt yoki uning tasvirini ko`rish (idrok etish) inson uchun uni bilishning
dastlabki va eng oddiy akti hisoblanib, aniq tasavvurlar va mavhum tushunchalar hosil qilish
uchun asos vazifasini o`taydi.
Ta'lim-tarbiya ishida ko`rsatmalilik tamoyiliga amal qilish zaruriyati insonning fikrlash
xususiyatidan kelib chiqadi. Insonning fikrlash xususiyati ma'lumdan mavhum tomon
rivojlanadi. Tushuncha va mavhum qonun-qoidalar aniq kuzatishlarga asoslansa, ularning
mohiyat mazmuni ancha oson va tez shakllanadi. Inson tafakkurining rivojlanishi uning yoshiga,
hayotiy tajribasi kabilarga bog`liq bo`lib, ta'lim-tarbiyajarayonida hisobga olinishi, aniq dalillar
va obrazlardan ajralib qolmasligini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |