Shunday qilib biz xar qanday buyumga – sun`iy yoki tabiiy buyumga xos bo`lgan, uning
estetik sifatlariga bog`liq bo`lmagan asosiy belgilari bilan tanishib chiqdik. Mazkur belgilar bilan
28
tanishish bizga asosiy maqsadga – garmonik forma nima, uning qanday belgilari bor va u qanday
yaratilishini bilib olish uchungina zarur.
Tashqi formani uzviyligi va yaxlitligi
Buyumning tashqi formasi uzviyligi va yaxlitligini kompozitsiyaning asosiy
umumlashtiruvchi kategoriyasi deb hisoblash kerak.
“Uzviylik” degan so`zni jonli tabiatga yaqinlashish ma`nosida emas, balki yaratilgan
kompozitsiya shu qadar yahlitki, uni tashkil etuvchi qism tabiiy yazlit narsaga kiradi, degan
ma`noda tushunish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: