Manzarani bosqichli tasvirlash.
Tabiatning biron-bir qismini tasvirlash uchun avvalo ko'rish
nuqtasi va ufq chizig‘i qayerdan o‘tganligini qog‘oz betida aniqlab
olinadi. Rasm kompozitsiyasini to‘g‘ri topish uchun chizilayotgan
manzarani cheklovchi ramka shaklidagi qurilma (karton yoki qog‘ozdan
yasalgan maxsus asbob)dan foydalanish mumkin. Kompozitsiyasi
topilgandan so‘ng uni qog‘ozda yengil-yelpi chiziqlar bilan chizishga
o‘tiladi. Bunda yaqin va uzoqdagi narsalaming joylashuvi, oicham lari,
xarakterli belgilari, nisbatlari va boshqa xususiyatlariga e’tibor beriladi.
Bo‘yoqda bajarilish vaqtida asosiy e’tibor tabiatdagi narsa rangining
atrofdagi boshqa narsalar rangiga ta’sir etishiga, kompozitsiya
koloritining yaxlitligiga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |