yoritilgan hovli yorqin bo‘yoqlarda nihoyatda ishonarli tasviríangan. «Uzum uzish» deb atalgan suratda esa P. Benkov ko‘pmillatli respublikamizda xalqlar do‘stligi g‘oyasini yuksak badiiylik bilan ko‘rsatgan. Rus qizi o‘zbek dugonasinikiga mehmon bo‘lib keladi. Qizlar bog‘ga chiqib, uzum uzayotgan bog‘bon chol va uning nabiralariga yordam berishmoqchi. Suratning kompozitsion markazida shu ikki dugona tasvirlangan. Ulaming diqqatini quyosh nurida tovlanib turgan katta bir bosh uzum o‘ziga tortgan. Uzumning qanday o‘sishini birinchi marta ko‘rgan rus qizi unga ajablanib qarab turibdi. Quyosh nurida tovlanib turgan keng uzumzor suratning fonini tashkil etadi. P.Benkov. Dugonalar. 110
www.ziyouz.com kutubxonasi