manzarachi-rassom
0 ‘. Tansiqboev,
rassomlar
A. Toshkenboyev,
X. Valiyevlar 1927-yilda tuzilgan badiiy studiyada ta’lim oldilar.
XX
asr 20-yillarining oxirida 0 ‘zbekistonda paydo bo‘lgan turli
badiiy guruhlar orasida eng yirigi «Yangi Sharq ustalari» guruhi edi. Bu
davrda realist-rassomlar o‘z oldilariga ijodiy kuchlami birlashtirish va
milliy kadrlar tayyorlash vazifasini qo‘ydilar. Rassomlar hayotni, uni
yaratuvchi insonni zo‘r ishtiyoq bilan tasvirlashga kirishdilar. Asosiy
mavzu - mehnat ahli, uning ijodkorligi, g‘ayrati, shijoatini ko‘rsatishdan
iborat bo‘ldi. Rassomlar jamoa xo‘jaliklari, qurilishlar, zavod-
fabrikalarga
borishib,
mehnatkashlaming
fidokorona
mehnatini
polotnolarda aks ettirishga harakat qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |