Amalga oshirilgan islohotlar



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi0,57 Mb.
#229402
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5188640936782990016

1-masala 

      Malumki,  sho‘rolar  hukumati  davrida  hukmron  tuzum  o‘zining  jahonda  eng 

insonparvar,  odil,  demokratik  va  eng  savodxon  jamiyat  barpo  etgani  bilan 

maqtanib, butun jahonga jar solar edi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham, manzara 

shunday  edi.  Sobiq  SSSRda  yuzlab  universitet  va  institutlar,  oliy  va  o‘rta  maxsus 

bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatardi. Lekin ular, 

son  va  miqdor  jihatidan  ko‘p  bo‘lgani  bilan  jahon  andazalari  darajasida  emas  edi. 

Buning  asosiy  sabablaridan  biri  kommunistik  jamiyatda  hamma  narsa,  jumladan, 

ilm-fan,  maktab-maorif  tizimining  ham  o‘sha  yolg‘on  g‘oyalarga  qurbon 

qilinganida  edi.  Sovet  Ittifoqini  tanazzulga  olib  kelgan  sabablardan  biri  ham 

shunda ekanligi shubhasizdir. 

Istiqlolning  dastlabki  kunlaridanoq  fan  va  texnikaga  munosabat  o‘zgardi,  xalq 

ta’limi  tizimini  isloh  qilishga  kirishildi.  Mustaqil  O‘zbekistonda  maorif  va 

madaniyat  ishlarini  eng  muhim  va  dolzarb  soha  sifatida  rivojlantirishga  alohida 

e'tibor  berildi.  1992-yil  2-iyulda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasining 

“Ta’lim  to‘g‘risida”  gi  Qonuni  hamda  1991–1996-yillarda  elon  qilingan  30  dan 

ziyod  Prezident  farmon-lari  va  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  asosida  ta’lim 

sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi: 

•  Maktabgacha  ta’lim  sohasida  uylarda  tashkil  etiladigan  bolalar  bog‘chalari 

hamda “bolalar bog‘chasi –  maktab”  majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet 

el  tillarini,  xoreografiya,  tasviriy  va  musiqa  sanati,  kompyuter  savodxonligi 

asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi; 




•  Yangi  tipdagi  maktablar  va  umumta’lim  o‘quv  yurtlari  tarmog‘i  rivojlantirildi. 

1992–1996-yillarda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi; 

•  “Sog‘lom  avlod  uchun”,  “Iqtisodiy  ta’lim”,  “Qishloq  maktabi”,  “Rivojlanishda 

nuqsoni  bo‘lgan  bolalarni  tiklash”  va  boshqa  tarmoq  dasturlari  ishlab  chiqildi 

hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi; 

•  Mehnat  bozorini,  eng  avvalo,  qishloq  joylarida  mehnat  bozorini  shakllantirish-

ning  hududiy  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  hunar-texnika  ta’limini  qayta 

tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan 

qamrab olgan 442 o‘quv maskani, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta 

litsey va 53 ta biznes maktablari ishladi; 

•  Toshkent,  Samarqand,  Urganch,  To‘rtko‘1,  Andijon  bank  kollejlari,  Toshkent 

ayollar  kolleji  tashkil  etildi.  Respublikada  1996–1997-o‘quv  yilida  258  ta  o‘rta 

kasb-hunar  ta’lim  o‘quv  yurti  ishladi.  Ularda  qariyb  16  ming  o‘qituvchi  va 

muhandis-pedagog  xodimlar  197  ming  o‘quvchiga  kasb-hunar  o‘rgatish  bilan 

shug‘ullandi; 

•  Oliy  ta’lim  sohasida  ham  qator  yangi  o‘quv  yurtlari  ochildi.  1992-yil  28-

fevraldagi  Prezident  farmoni  bilan  8  ta  viloyat  pedagogika  institutlari 

universitetlarga aylantirildi.  Eng zarur zamonaviy  mutaxassisliklar bo‘yicha  yangi 

oliy  o‘quv  yurtlari  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Davlat  va 

jamiyat  qurilishi  akademiyasi,  Qurolli  Kuchlar  akademiyasi,  Ichki  jshlar  vazirligi 

akademiyasi,  Bank-moliya  akademiyasi,  Toshkent  moliya  instituti,  Navoiy 

konchilik  instituti,  Samarqand  davlat  chet  el  tillari  instituti,  Andijon  muhandislik-

iqtisodiyot  instituti,  Jizzax  politexnika  instituti,  Qarshi  muhandislik-iqtisodiyot 

instituti,  Jahon  iqtisodiyoti  va  diplomatiya  universiteti,  Navoiy  davlat  pedagogika 

instituti,  Namangan  muhandislik-iqtisodiyot  instituti  hamda  viloyatlarda  yirik 

universitetlarning  filiallari  tashkil  etildi.  1997-yil  boshlarida  Respublika  Oliy 

ta’lim  tizimida  58  ta  oliy  o‘quv  yurti,  shu  jumladan,  16  ta  universitet  va  42  ta 

institut  faoliyat  ko‘rsatdi.  Ularda  164  ming  talaba  o‘qidi,  18,5  ming  professor-

o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi; 

•  Abituriyentlar  va  talabalarning  bilim  darajasini  test  va  reyting  asosida 

baholashning ilg‘or usullari joriy etildi; 

•  Oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  sifatiga  bo‘lgan  talablarning 

oshgani  bois  aspirantura  va  doktoranturada  kadrlar  tayyorlash  kengaydi.  Oliy 

attestatsiya komissiyasi tashkil etildi; 

• Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati 

va  istedodini o‘stirish bo‘yicha  maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli Yoshlarni 

chet  ellardagi  yetakchi  o‘quv  yurtlari  va  ilmiy  markazlarda  o‘qitish  va  stajirov-

kadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi; 




•  Istedodli  Yoshlarni  moddiy  va  manaviy  rag‘batlantirish,  chet  elda  o‘qishini 

qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  Respublika  bolalar  fondi,  “Kamolot”,  “Sog‘lom 

avlod uchun”, “Istedod”, “Ulug‘bek” va “Umid” jamg‘armalari tashkil etildi; 

•  O‘zbekiston  ta’lim  sohasida  AKSELS,  AYREKS,  Amerika  Kollejlari 

Konsorsiumi, SARE, Tinchlik  Korpusi (AQSH), DAAD, Konrad  Adenauer  Fondi 

(Germaniya),  Britaniya  Kengashi  (Buyoq  Britaniya)  kabi  xalqaro  tashkilotlar  va 

boshqa  nohukumat  tashkilotlari  bilan  hamkorlikni  yo‘lga  qo‘ydi.  2006-yil  yozida 

Toshkentda  Lomonosov  nomidagi  Moskva  Davlat  Universitetining  filiali  tashkil 

etildi. 

Ta’lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsada,  hali bu sohada jiddiy 

kamchiliklar  mavjud  edi.  Ta’lim  tizimi,  kadrlar  tayyorlash  jamiyatda  bo‘layotgan 

demokratik o‘zgarishlar, bozor islohotlari talablari bilan bog‘lanmagan edi. O‘quv 

jarayonining  moddiy  texnika  va  axborot  bazasi  qoniqarsiz  ahvolda  edi.  Ta’lim 

muassasalarida zamonaviy o‘quv adabiyotlari  va didaktik  materiallar  yetishmasdi. 

Yuqori  malakali  pedagoglar  yetishmasdi,  ishlab  turgan  murabbiy-o‘qituvchilar 

kattagina  qismining  bilim  va  kasb  saviyasi  yetarli  darajada  emas  edi.  Maktab 

o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi. 

Prezident  I.A.Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan  isloh qilish  yo‘llari  ishlab 

chiqildi.  Islom  Karimov  1997-yil  29-avgustda  Oliy  Majlisning  IX-sessiyasida 

“Barkamol  avlod  –  O‘zbekiston  taraqqiyotining  poydevori”  mavzusida  maruza 

qildi.  Maruzada  oldimizga  qo‘ygan  buyoq  maqsadlarimizni  ro‘yobga  chiqarish 

taqdiri,  avvalambor,  zamon  talablariga  javob  beradigan  yuqori  malakali,  ongli 

mutaxassis  kadrlar  tayyorlash  muammosi  bilan  chambarchas  bog‘liq  ekanligi 

asoslab berildi va quyidagi vazifalar ilgari surildi: 

– eski sovet davridan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan, 

sarqitlardan qutulish; 

–  milliy  ta’lim-tarbiya  tizimini  takomillashtirish,  uning  milliy  zaminini 

mustahkamlash, jahon andazalari darajasiga ko‘tarish; 

– uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish; 

– ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish; 

–  bolalarimizga  zamonaviy  bilim  berish,  buning  uchun,  avvalo,  o‘qituvchi-

murabbiylar bilimining saviyasini ko‘tarish; 

– zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish; 

– xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berish; 

– bitiruvchilarni emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslarni tayyorlash; 

–  o‘quvchilarda  mustaqil  fikr  yuritish  ko‘nikmalarini  hosil  qilish,  ularni  erkin 

fikrlaydigan etib tarbiyalash; 

– respublika oliy o‘quv  yurtlarining  xorijiy davlatlardagi  oliy o‘quv  yurtlari bilan 

aloqasini  o‘rnatish  va  mustahkamlash;  Yoshlarimizni,  professor-o‘qituvchilarni 



taraq-qiy  topgan  davlatlardagi  o‘quv  markazlariga  borib  o‘qishini,  malakasini 

oshirishini tashkil etish. 

2-masala 

1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  yangi  qonuni  va  “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  ”  qabul  qilindi.  Ularda  ta’lim  sohasidagi  davlat  siyosatining 

quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi: 

• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi; 

• ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 

• umumiy-o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; 

• o‘rta  maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-

hunar kollejida o‘qishni tanlashningixtiyoriyligi; 

• ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 

• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hammauchun ochiqligi; 

• ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilganyondashuv; 

• bilimli bo‘lishni va istedodni rag‘batlantirish; 

• ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. 

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgi-landi: 

• maktabgacha ta’lim; 

• umumiy o‘rta ta’lim; 

• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; 

• oliy ta’lim; 

• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; 

• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

• maktabdan tashqari ta’lim. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  ning  maqsadi  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni 

o‘tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to‘la  xalos  etish, 

rivojlangan  davlatlar  darajasida,  yoqsak  manaviy  va  axloqiy  talablarga  javob 

beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir. 

Milliy  dasturni  yaratishda  hayotimizning  barcha  sohalarida  bosqichma-bosqich 

amalga  oshirilayotgan  islohotlarga  monand  ravishda,  ta’lim  islohotlarini  uch 

bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan: 

Birinchi  bosqich(1997–2001-yy.)da  mavjud  kadrlar  tayyorlash  tizimining  ijobiy 

salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun 

huquqiy,  kadrlar  jihatidan,  ilmiy-uslubiy,  moliyaviy-moddiy  shart-sharoitlar 

yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi; 

Ikkinchi  bosqich(2001–2005-yy.)da  Milliy  dastur  to‘liq  ro‘yobga  chiqadi,  mehnat 

bozorining  rivojlanishi  va  real  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarni  hisobga  olgan  holda 

unga aniqliklar kiritiladi; 



Uchinchi bosqich(2005- va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil qilish 

va 


umumlashtirish 

asosida, 

mamlakatni 

ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish 

istiqbollariga 

muvofiq 

kadrlar 


tayyorlash 

tizimi 


takomillashtiriladi 

va 


rivojlanliriladi. 

O‘zbekiston  hukumati  ta’limni  rivojlantirish  uchun  katta  mablag‘  ajratmoqda. 

Birgina  2001-yilda  ta’lim  xarajatlari  davlat  budjeti  sarf-xarajatlarining  36  foizini 

tashkil  etdi.  Ta’lim  uchun  150  mln  AQSH  dollaridan  ziyod  chet  el  investitsiyasi 

sarflandi.  Ular  yangi  ta’lim  binolari  barpo  etish,  ularni  eng  zamonaviy  o‘quv-

laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Keyingi 

yillarda 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab 

binolari  qurilib,  foydalanishga  topshirildi.  Umumta’lim  maktablari  uchun  davlat 

ta’lim  standartlari,  ularga  asoslangan  o‘quv  dasturlari,  darsliklar  yaratilib,  ta’lim 

jarayoniga  joriy  etildi.  2002/2003  o‘quv  yiliga  kelib  umumiy  o‘rta  ta’lim 

muassasalarida,  ya'ni  1–9-sinflarda  o‘qitish  to‘laligicha  lotin  yozuviga  asoslangan 

o‘zbek  alifbosida  olib  borilmoqda.  Hukumat  o‘quvchilarni  darsliklar  bilan 

taminlashga  g‘amxo‘rlik  qilmoqda.  Ta’lim  mazmun  va  mohiyat  jihatidan 

yangilandi.  Har  yili  600  ming  nafardan  ziyod  birinchi  sinf  o‘quvchilari  Prezident 

sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul taminlanadi. 

2004-yil  19-fevraldagi  Prezident  farmoni  va  2004-yil  9-iyuldagi  Vazirlar 

Mahkamasining  qarori  asosida  maktab  ta’limini  rivojlantirish  Davlat  umummilliy  

ishlab  chiqildi.  Dasturga  binoan  2004–2009-yillarda  buziladigan  umumta’lim 

maktablari  o‘rniga  yangi  maktablar  qurish,  maktablarni  kapital  rekonstruksiya 

qilish,  kapital  va  joriy  tamirlash  tadbirlari  ishlab  chiqildi.  Shuningdek,  dasturda 

umumta’lim 

maktablarining 

moddiy-texnika  bazasini 

mustahkamlash 

va 

rivojlantirish,  maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya  uskunalari  va kompyuter 



texnikasi  bilan  jihozlash,  darsliklar  va  o‘quv-uslubiy  materiallar,  pedagog  kadrlar 

bilan  taminlash,  o‘qituvchilarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash,  malakasini  oshirish, 

ularning mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish tadbirlari aniq belgilab berildi. 

2000/2001  o‘quv  yilida  respublikamizda  9661  umumta’lim  maktablarida  45 

mingga  yaqin  o‘qituvchi  faoliyat  ko‘rsatdi,  6  millionga  yaqin  o‘quvchi  ta’lim-

tarbiya oldi, ulardan 552084 nafari 9-sinfni, 375853 nafari 11-sinfni tugatdi. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  ning  eng  muhim  O‘zbekistonga  xos  xususiyati  yangi 

turdagi 3  yillik o‘rta  maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini  yaratishdan  iborat  vazifa 

sobitqadamlik  bilan  amalga  oshirilmoqda.  1998–2004-yillarda  54  ta  akademik 

litsey  va  533  ta  kasb-hunar  kolleji  barpo  etildi.  Bu  maqsadlar  uchun  135  mlrd. 

so‘m  mablag‘  sarflandi.  Kollej  va  litseylar  uchun  o‘qitiladigan  barcha  fanlar 

bo‘yicha  Davlat  ta’lim  standartlari  ishlab  chiqildi,  tajriba-sinovdan  o‘tkazildi  va 

ta’lim  jarayoniga  joriy  etildi,  asosiy  darsliklar  yaratildi.  2000/2001  o‘quv  yilida 

kollej va litseylarni 4890 nafar ilk “qaldirg‘och”lar tugatdilar. “Ustoz”jamg‘armasi 




yo‘llanmasi  bilan  litsey  va  kollejlarning  700  o‘qituvchisi  chet  ellardagi  nufuzli 

universitetlarda o‘z malakasini oshirib keldi. 

Oliy  ta’lim  ikki  bosqichdan:  bakalavriat  va  magistraturadan  iborat  etib  qayta 

tashkil  etildi.  1999-yilda  Toshkent  Islom  universiteti  tashkil  etildi.  2001/2002 

o‘quv yi-lida 62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5 

mingdan  ortiq  magistrantlar  ta’lim-tarbiya  oldilar.  18486  nafar  professor-

o‘qituvchilar  mehnat  qildilar,  ularning  1462  nafari  fan  doktori,  7201  nafari  fan 

nomzodidir. 1998–2001-yillarda 131 ta bakalavriat  yo‘nalishi, 664 ta  magistratura 

mutaxassisliklari  bo‘yicha  bakalavr  va  magistrlar  uchun  qo‘yiladigan  talablarni 

o‘zida  mujassamlashtirgan  davlat  ta’lim  standartlari,  ularga  mos  o‘quv  dasturlari, 

o‘quv  adabiyotlari  yaratildi  va  ta’lim  jarayoniga  joriy  etildi.  2002-yilda  35620 

talaba bakalavr, 3000 tasi magistr unvonini oldi. 

Mamlakatimizda  iqtidorli  Yoshlarni  izlab  topish,  ularga  ko‘maklashish,  qo‘llab-

quvvatlash  bo‘yicha  davlat  siyosati  olib  borilmoqda.  Bu  borada  xalqaro 

hamkorlikni  yo‘lga  qo‘yish  Milliy  dasturda  belgilangan  muhim  vazifalardan 

biridir.  1997-yilda  tashkil  etilgan  “Umid”  jamg‘armasi  yo‘llanmasi  bilan  1997–

2001-yillarda  785  nafar  yigit-qiz  rivojlangan  davlatlarning  oliy  o‘quv  yurtlariga 

o‘qish  uchun  jo‘natildi.  Ular-dan  519  nafari  o‘qishlarini  bitirib  keldi  va  Prezident 

farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar, 

idoralar,  tashkilotlar  va  korxonalarda  ishlamoqdalar.  2002-yil  iyulda  Toshkentda 

Xalqaro  Vestminster  universiteti  tashkil  etildi  va  160  ta  dastlabki  talabalar  qabul 

qilindi. 

O‘zbekiston 

ta’lim 


muassasalarining 

Yevropadagi 

ta’lim 

jamg‘armasi, 

Germaniyadagi  Texnika  hamkorlik  tashkiloti,  Yaponiyadagi  JAYKO  xalqaro 

tashkiloti,  Koreyaning  KOYKA  agentligi,  YUNESKO,  Jahon  banki,  TASIS-

TEMPUS  ochiq  jamiyat  instituti,  AQSH,  Angliya,  Fransiya,  Yaponiya,  Daniya, 

Xitoy,  Gollandiya  Oliy  ta’lim  vazirliklari  bilan  hamkorligi  kengayib  bormoqda. 

Ta’lim  ravnaqi  uchun  150  mln.  AQSH  dollari  hajmida  chet  el  investitsiyalari  jalb 

etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari “Ustoz” jamg‘armasi 

yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar. 

O‘zbekiston  ta’lim  tizimi  dunyo  miqyosida  katta  qiziqish  uyg‘otmoqda. 

Moskvadagi 

Oliy 


ta’lim 

Xalqaro 


Fanlar 

akademiyasi 

Prezidenti 

V.ShukshinovPrezidentimiz  Islom  Karimovga  “KadrIar  tayyorlash  milliy  ”ning 

tashabbuskori  va  tashkilotchisi  sifatida  mazkur  akademiyaning  faxriy  azosi 

diplomini  topshirar  ekan,  O‘z-bekistonda  ishlab  chiqilgan  bu  Milliy  dasturni 

mazmun-mohiyati  jihatidan  tengi  yo‘q  hujjat, deb tarifladi.  Ko‘pgina  mamlakatlar 

tomonidan  ham  O‘zbekistonda  yaratilayotgan  ta’lim  tizimi  “Ta’limning  o‘zbek 

modeli” deb etirof etildi. 



Mustaqil  respublikamizda  fan  taraqqiyotiga  katta  etibor  berilmoqda.  O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-iyuldagi “Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini 

rivojlantirishni  davlat  tomonidan  qo‘llab-quvvatlash  to‘g‘risida”gi  farmoni  hamda 

Vazirlar  Mahkamasining  mazkur  farmonning  ijrosini  taminlashga  yo‘naltirilgan 

qarori  ilm-fan  taraqqiyotida  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Respublika  Fanlar 

akade-miyasi  qoshida  Ilmiy  ishlanmalarni  ichki  va  tashqi  bozorda  targ‘ib  etuvchi 

va  tarqatuvchi  innovatsiya  tijorat  markazi  tashkil  etildi.  1997-yilda  Prezident 

farmoni bilan Xorazm Mamun akademiyasi qayta tiklandi. 

O‘zbekiston  hududida  qadim  zamonlardan  beri  fan  va  madaniyat  rivojlanib 

kelayotgan  davlatdir.  Xususan,  astronomiya,  matematika,  tibbiyot,  kimyo,  tarix, 

falsafa, 

tilshunoslik, 

adabiyotshunoslik 

kabi 


fanlar 

va 


haykaltaroshlik, 

to‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik  va  boshqa kasblar keng  rivojlangan.  Hozir 

O‘zbekiston  olimlari  uzoq  o‘tmish  mutafakkirlari  qoldirgan  ilmiy  merosni  faol 

o‘rganib,  o‘zlarining  yangi  kashfiyotlari  bilan  fanni  boyitgan  holda  jahon  fani 

rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. 

IX-X  asrlarda  O‘rta  Osiyo  (butun  Markaziy  Osiyo)  zamonaviy  akademiyalarga 

o‘xshash  ilk  ilmiy  muassasa  va  jamiyatlar  tashkil  etila  boshlagan  Sharqdagi  yirik 

ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi. 

XI asrda Urganch Xorazm poytaxti, obod, yoqsak madaniyatga ega shahar bo‘lgan. 

Xorazmshoh  Abul  Abbos  ibn  Mamun  madaniyat  va  ilmga  qiziquvchan  hukmdor 

bo‘lgani  uchun  olimlar,  shoirlar,  musiqachilar,  xattotlar,  arxitektor  va  rassomlarni 

har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan. Urganchdagi Xorazmshohlar saroyida tibbiyot 

xodimi  Abu  Ali  ibn  Sino  (Avitsenna),  aniq  fanlar  vakili  Abu  Rayhon  Beruniy, 

tarixchi ibn Miskavayx, matematik Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl Masixiy, 

tabib  ibn  Xammar  va  boshqa  Sharq  mutafakkirlari,  qomusiy  olimlar  xizmat 

qilishgan.  Musulmon  Sharqdagi  birinchi  akademiya  –  “Baytul  Hikmat”ni  yer 

meridiani  uzunligi  darajasini  o‘lchashda  qatnashgan  mashhur  matematik  al-

Xorazmiy  (783-850)  boshqargan.  Astrolyabiya  (usturlob)  qurish  haqidagi  asar, 

“Kitob aljabr val muqobala”, dunyodagi ilk “Astronomik jadval”lardan biri hamda 

qator  ilmiy  risolalar  –  “Hind  hisobi  haqida  risola”,  “QuYosh  soatlari  haqida 

risola”, “Musiqa haqida risola” va boshqa ilmiy ishlar uning qalamiga mansub. Al-

Xorazmiy  birinchi  bo‘lib  qator  algebraik  tenglamalarni  yechdi,  birinchi  bo‘lib 

sonlar  qatoriga  yangi  “nol”  sonini  kiritdi,  bu  sonlar  nazariyasini  kengaytirdi  va 

manfiy 


sonlarga 

o‘tish 


imkonini  berdi.  Shu  muvaffaqiyatlari  uchun 

matematikaning  yangi  bo‘limi  al-Xorazmiy  sharafiga  “algebra”  deb  atalgan.  Al-

Xorazmiyning  mashhur  “Kitob  al-jabr  van-muqobala”  (Tiklash  va  qarama-qarshi 

qo‘yish haqidagi kitobi) da algebra ilk bor matematikaning mustaqil sohasi sifatida 

qaraladi. Zamonaviy kibernetikaning asosiy tushunchasi, uning zaruriy asoslaridan 

biri “algoritm” etimologik jihatdan al-Xorazmiyning ismi bilan bog‘liq. Urganchda 




o‘ziga xos akademiya – “Bilimdonlar uyi” tashkil qilingan edi, unda astronomiya, 

falsafa,  matematika,  tibbiyot  bo‘yicha  tadqiqotlar  o‘tkazilgan.  Lekin  bu  holat 

Urganchda  1017-yilda  Mahmud  G‘aznaviy  Xorazmni  istilo  qilgunicha  saqlanib 

qoldi. 


Shunday  qilib  Sharqda,  xususan,  O‘rta  Osiyoda,  ilmiy  faoliyatni  akademiya 

shaklida  tashkil  qilish  ananaga  aylandi  va  Urganchdagi  akademiyaga  o‘xshash 

muassasalar  keyingi  asrlarda  ham  yaratilgan  (tuzilgan).  Samarqandda  akademiya 

Mirzo  Muhammad  Tarag‘ay  Ulug‘bek  tomonidan  XV  asrda  tashkil  etilgan. 

Akademiya  qoshida  observatoriya,  o‘sha  davrning  boy  kutubxonasi  va  oliy  o‘quv 

yurti  –  madrasa  bo‘lgan.  Madrasada  diniy  fanlar  bilan  bir  qatorda  matematika, 

geometriya,  astronomiya,  tibbiyot,  geografiya  va  boshqa  dunyoviy  ilmlar 

o‘qitilgan. 

Ulug‘bekning  akademiyasida  mashhur  olimlar  –  Qozizoda 

Rumiy,G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan, o‘tkaziladigan 

tadqiqot  sohalari  ham  ularning  yo‘nalishlariga  mos  bo‘lgan.  Samarqanddagi 

Ulug‘bek  akademiyasi  matematika,  astronomiya  va  geografiya  fanlarining 

yoqsalishiga salmoqli hissa qo‘shdi. 

IX-XV  asrlarda  aniq  va  tabiiy  fanlar  (matematika,  astronomiya,  geodeziya, 

mineralogiya,  tibbiyot,  dorishunoslik  va  boshqa)  tez  suratlarda  rivojlana  boshladi. 

Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Arximed, Ptolomey, Yevklid va boshqa buyoq 

mutafakkirlarning  asarlari  arab  tiliga  tarjima  qilindi.  Muhammad  al-Xorazmiy, 

Ahmad  al-Farg‘oniy,  Abu  Nasr  Farobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Mahmud 

Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, 

Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlarining ilmiy tadqiqotlari 

darajasi  bazi  sohalarda  boshqa  mamlakatlarning  mutafakkirlari  ancha  keyin 

o‘tkazgan  izlanishlar  natijalaridan  yuqori  edi.  Abu  Rayxon  Beruniy  tarix, 

xronologiya,  farmakologiya,  mineralogiya,  astronomiya,  matematika  bo‘yicha 

asarlar  yozdi,  Yerda  yangi  qita  borligini  nazariy  jihatdan  asoslab,  hisoblab  chiqdi 

va  jahon  tan  olgan  ko‘plab  masalalarni  yechdi.  Ko‘plab  tadqiqotchilar 

Urganchdagi akademiyaning tashkil qilinishini shaharga Abu Rayhon Beruniyning 

tashrifi va uzoq vaqt ishlagani bilan bog‘lashadi. 

Xuddi  shu  paytda  bu  yerda  O‘rta  Osiyoning  buyoq  olimi  –  Abu  Ali  ibn  Sino 

ishlagan.  Ibn  Sino  haqiqatdan  qomusiy  olim  –  tabiatshunos,  tibbiyot  xodimi, 

astronom,  matematik,  musiqashunos,  yozuvchi  va  shoirdir.  U  Avitsenna  nomi 

bilan  mashhur  bo‘lgan.  Ibn  Sino  faoliyatini  anglatuvchi  ibora  –  “Madadi  Sino”  - 

Yevropa  tillariga  moslashtirilib,  fandagi  yo‘nalishni  bildiruvchi  “Meditsina” 

sifatida o‘zlashtirilgan. XVIII asrning mashhur tabiatshunos olimi Karl Linkey ibn 

Sinoning  botanikadagi  xizmatlarini  yoqsak  baholab  doim  yashil  nodir 

o‘simliklardan  biriga  uning  ismini  berdi.  Ibn  Sino  400  dan  ortiq  asar  yozgan, 

shulardan  240  tasi  bizning  kunlarimizgacha  yetib  kelgan.  Abu  Rayhon  Beruniy 




nomidagi  Sharqshunoslik  institutida  olimning  50  dan  ortiq  asarlari  va  bir  qator 

ularga  yozilgan  sharhlar  saqlanadi.  Bu  asarlar  orasida  olim  ijodining  toji 

hisoblanmish  besh  jildlik  “Al  qonun  fit  tib”  (“Tib  ilmi  qonunlari”)  ham  bor.  Bu 

asar  o‘z  davrida  tibbiyot  fani  darajasini  juda  yuqori  ko‘tardi,  ibn  Sino  vafotidan 

yuz  yil  o‘tgach  G‘arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  keng  tan  olindi.  XII  asrda  “Tib 

ilmi  qonunlari”  lotin  tiliga  tarjima  qilindi  va  qo‘lyozmadayoq  tarqalib  ketdi.  Bu 

asar 1493-yilda Venetsiyada lotincha tarjimada nashr qilindi va yuz yil mobaynida 

16  marta chop etildi. Osiyo va Yevropaning barcha  mashhur o‘quv  yurtlarida 500 

yil  tibbiyot  mana  shu  asar  asosida  o‘qitildi.  Ushbu  bebaho  tib  qonunlari  hozirgi 

kunda ham o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan. 

Matematik  va  astronom  Qozizoda  Rumiy  (Salohiddin  Muso  ibn  Muhammad  ibn 

Mahmud, taxminan 1360-1437) Mirzo Ulug‘bekning ustozi edi. Ulug‘bek maktabi 

shakllanishiga  uning  qo‘shgan  salmoqli  hissasini  inkor  etish  mumkin  emas. 

Ilmdagi  muvaffaqiyatlari  uchun  uni  “Aflotuni  zamon  (o‘z  davrining  Platoni)  deb 

atashgan.  Mashhur  matematik  va  astronom  al-Koshiy  (G‘iyosiddin  Jamshid 

Koshiy)  birinchi  bo‘lib  matematikaga  pozitsion  asosda  o‘nli  kasrlarni  kiritdi  va 

buni  nazariy  jihatdan  isbotladi,  Sin  ni  1  gradus  aniqlikkacha,  P  ni  17  raqamgacha 

hisoblab  chiqdi.  U  o‘zining  qator  mashhur  asarlarini  astronomiyaga  bag‘ishlagan. 

Al-Koshiy  Qozizoda  Rumiy  bilan  birgalikda  Ulug‘bek  observatoriyasi  qurilishini 

boshqargan. 

Muhammad  Tarag‘ay  Ulug‘bek  (1394-1439)  o‘zidan  ulkan  ilmiy  va  madaniy 

meros qoldirdi, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (“Yangi Ko‘ragon astronomik jadvallari”) 

– “Ulug‘bek ziji” buyoq olimning dunyoga mashhur asari. Ulug‘bek Samarqandda 

observatoriya  va  madrasa  qurdi,  o‘z  akademiyasini  tashkil  qildi.  O‘z  shogirdlari 

bilan  mingdan  ortiq  yulduzni  o‘rganib,  ro‘yxati  –  “yulduzli  osmon  xaritasi”ni 

tuzdi.  Ulug‘bek  akademiyasida  olimlar  faqat  astronomiya  bo‘yicha  emas,  balki 

matematika,  falsafa,  tarix  va  boshqa  fanlarga  oid  tadqiqotlar  ham  olib  borishgan. 

Ulug‘bek  akademiyasida  ishlagan  atoqli  astronom  Ali  Qushchi  (Mavlono 

Aloviddin  Ali  ibn  Muhammad  Qushchi  (1403-1474)  o‘zidan  matematika  va 

astronomiyaga  bag‘ishlagan  dunyoga  mashhur  ilmiy  ishlarini  qoldirdi.  U  yil 

fasllarining  o‘zgarishini  Yerning  QuYoshga  yaqinlashishi  natijasida  QuYosh 

nurlarining  Yer  sathiga  tasiri  bilan  bog‘liq  deb  hisoblagan,  QuYoshning  tutilishi 

jarayonini  ilmiy  nuqtai  nazardan  aniqlagan.  Ali  Qushchining  asarlari  XVI-XVII 

O‘rta va Yaqin Sharqda astronomiya va matematika rivojiga salmoqli tasir qilgan. 

Mirzo Ulug‘bek, al-Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasi ravnaqiga salmoqli hissa 

qo‘shishdi  va  astronomik  kuzatuv  bilimlarini  yanada  yuqori  darajada  ko‘tarishdi. 

1428-1429-yillarda  Ulug‘bek  radiusi  40  metr  kvadrant  bosh  uskunasi  bo‘lgan, 

o‘lchamlari  tengsiz,  noyob  astronomik  rasadxona  qurgan.  Samarqandda  30  yillik 

kuzatishlar  asosida  tuzilgan  1018  yulduz  katalogi  uzoq  yillar  dunyoda  tengsiz 



bo‘lib  qoldi.  Ulug‘bek  astronomiya  maktabi  yutuqlari  Sharq  va  G‘arb  fani 

yoqsalishiga  katta  tasir  ko‘rsatdi.  Uning  ilmiy  asarlari  dunyoning  ko‘p  tillariga 

tarjima  qilindi,  Yevropa  va  Amerikada  keng  tarqaldi.  Mirzo  Ulug‘bek  jahon  fani 

tarixida Tixo Brage, Iogann Kepper, Nikolay Kopernik va Galileo Galiley bilan bir 

qatorda  turadi.  M.V.  Lomonosov  nomidagi  MDU  katta  zalida  barcha  davrlar 

olimlariga bag‘ishlangan tarixiy xotira galereyasida o‘rta asrlarning mashhur olimi 

Mirzo  Ulug‘bekning  portreti  haqli  ravishda  o‘ziga  mos  joyni  egallagan. 

O‘zbekistonning  bir  qator  shaharlari  va  Belgiyada  Mirzo  Ulug‘bekka  haykal 

o‘rnatilgan,  qadimiy  Samarqand  observatoriyasiga,  qator  universitetlarga, 

jumladan  O‘zbekiston  Milliy  universitetiga,  maktablarga,  shaharga  qarashli 

tumanlarga  va  O‘zbekistondagi  fizik-yadroshunoslar  qo‘rg‘oniga  uning  nomi 

berilgan. 

XIX  asrda  O‘zbekistonda  birinchi  ilmiy  muassasa  –  Toshkent  fizik  –  astronomik 

observatoriyasi  (O‘zR  FA  Astronomiya  instituti)  1873-yilda  tashkil  qilingan. 

Boshida  observatoriya  ekspeditsiyalar  uyushtirish  bilan  shug‘ullangan  va  natijada 

mintaqadagi  mingdan  ortiq  joyning  koordinatalari  aniqlangan,  XX  asrning  30- 

yillaridan  observatoriya  astronomiyaning  fundamental  masalalarini  tadqiq  qila 

boshladi. 

1918-yilda Turkistonda iqtisod va madaniyatning turli sohalariga kadr tayyorlovchi 

maxsus muassasalar ochilgan. Ulardan biri 1918-yil 21-aprelda ochilgan Turkiston 

xalq  universitetidir.  Sal  keyinroq  Andijon,  Qo‘qon,  Samarqand,  Farg‘ona,  Jizzax 

va boshqa shaharlarda uning filiallari ochildi. 1919-yilda Toshkentda fizioterapiya 

ilmiy-tekshirish  instituti  tuzildi.  20-yillarda  tarix,  tibbiyot,  tabiiy  fanlar  sohasida 

qator  ilmiy-tekshirish  institutlari  ochildi.  1920-yilda  Turkiston  Davlat  universiteti 

(1923-yildan  O‘rta  Osiyo  davlat  universiteti,  1960-yildan  Toshkent  davlat 

universiteti,  hozir-  O‘zbekiston  Milliy  universiteti)  tashkil  qilindi.  Keyinchalik 

mintaqadagi  tabiiy  boyliklarni  o‘rganish  maqsadida  universitet  negizida  mustaqil 

oliy  o‘quv  yurtlari  va  fanning  turli  yo‘nalishlari  bo‘yicha  qator  ilmiy  muassasalar 

ochildi.  1940-yilda  Toshkentda  1932-yilda  tuzilgan  ilmiy  komitet  asosida 

O‘zbekistondagi  SSSR  FA  filiali  tashkil  etildi  va  shu  vaqtdan  boshlab  filial 

O‘zbekistondagi bosh ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lib kelayapti. O‘sha paytda uning 

tarkibiga  geologiya,  botanika,  kimyo,  suv  xo‘jaligi  muammolari  (1941-yildan 

energetika  instituti),  tarix,  til  va  adabiyot  institutlari;  tuproqshunoslik,  zoologiya, 

fizika  va  matematika  (geliotexnika  laboratoriyasi  bilan)  bo‘limlari;  Toshkent 

astronomik  observatoriyasi  (Kitob  kenglik  stansiyasi  bilan);  kartografiya  va 

iqtisodiy  tadqiqotlar  byurosi  kirgan.  1940-yilda  O‘zbekistonning  ilmiy-tekshirish 

institutlarida  va  oliy  o‘quv  yurtlarida  3  mingdan  ortiq  ilmiy  va  ilmiy-pedagogik 

xodimlar ishlashgan. II jahon urushi (1941-1945) davrida respublikada 40 dan ortiq 

ilmiy-tekshirish institutlari va oliy o‘quv yurtlari ish olib borgan. 



1943-yilda O‘zbekistondagi SSSR FA filiali O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi 

sifati  qayta  tashkil  qilindi.  Bu  vaqtda  uning  tarkibida  10  ta  ilmiy-tekshirish 

institutlari, shu jumladan 1943  yilda tuzilgan  fizika-texnika, tarix, sharqshunoslik, 

iqtisodiyot  institutlari  bor  edi.  11  ta  akademik-tasischi,  18  ta  muxbir  azo,  3  ta 

faxriy azo akademiya azolari bo‘lishdi. Akademiya muassasalarida 210 nafar ilmiy 

xodim  ishlardi,  ulardan  28  nafari  fan  doktori  va  80  tasi  fan  nomzodi  edi.  40- 

yillarning  ikkinchi  yarmida  respublika  olimlarining  kuchlari  asosan  urushdan 

keyingi  iqtisod,  madaniyat,  tibbiyot  va  boshqa  sohalarni  yoqsaltirishga 

yo‘naltirilgandi. 

1958-yili  Toshkent  shahri  yaqinida  yadro  reaktori  qurildi,  u  yadro  fizikasi 

taraqqiyotiga  asos  bo‘ldi.  60-70-yillarda  O‘zbekiston  tabiiy  va  ijtimoiy  fanlar 

sohalarida ish olib borayotgan ilmiy muassasalarning faoliyati butunlay respublika 

oldida turgan  muhim  iqtisodiy  va  madaniy  masalalarni  yechishga  yo‘naltirilgandi. 

Paxtachilik,  irrigatsiya,  energetika,  rangli  metallurgiya  va  boshqa  tarmoqlar 

yoqsalishining  kompleks  tadqiqiga  alohida  etibor  qaratildi.  1987-yili  Toshkent 

viloyatining  Parkent  tumanida  nodir  “Katta  quYosh  pegi”  bizerkal  optik-gelio-

energetik tizim qurilishi tugallandi va ishlatishga topshirildi. 

Mamlakatda  fanning  yanada  rivojlanishiga  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I.A.  Karimovning  1992-yil  8-iyuldagi  Farmoni  va  Vazirlar  Mahkamasining 

“Davlat  tomonidan  fanning  rivojlanishi  va  innovatsion  faoliyatni  qo‘llab-

quvvatlash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  yuqoridagi  Farmonni  bajarish  yuzasidan 

chiqargan Qarori ancha tasir qildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  2004-yil  9-noyabrda  532-sonli 

“Xorazm Mamun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida” va 2005-

yil 

1-noyabrdagi 



240-sonli 

“Xorazm  Mamun  Akademiyasi  faoliyatini 

takomillashtirish  va  1000  yillik  yubileyini  nishonlashning  qo‘shimcha  chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”  qarorlar  qabul  qildi.  Shunday  qilib,  Xorazm  Mamun 

Akademiyasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasining  mintaqaviy 

bo‘limi sifatida tiklandi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  Tashqi  ishlar  vazirligi  va 

YUNESKO  ishlari  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  komissiyasi  bilan 

hamkorlikda  2006-yil  20-sentabrdan  –  12-oktabrgacha  YUNESKOning  shtab-

kvartirasida  (Parij  sh.)  ko‘rgazma  tashkil  qilishdi  va  Xorazm  Mamun 

Akademiyasining  1000  yilligiga  bag‘ishlangan  ilmiy  anjuman  o‘tkazishdi. 

O‘zbekistondagi  xorij  davlatlarning  qator  elchixonalari  O‘zbekiston  Respublikasi 

Fanlar  akademiyasi  olimlari  ishtirokida  Xorazm  Mamun  Akademiyasi  faoliyatiga 

bag‘ishlangan  tadbirlar  o‘tkazishdi,  shunday  konferensiyani  yana  Saudiya 

Arabistoni  Ilmiy-tadqiqot  markazi  Koreyaning  Kyongxi  universiteti  bilan 

birgalikda o‘tkazishdi. 




Fanlar akademiyasi faoliyatini kuchaytirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

I.A.Karimovning  2006-yil  7-avgustdagi  “Fan  va  texnologiyalar  rivojlanishini 

boshqarish  va  muvofiqlashtirishni  takomillashtirish  chora-  tadbirlari  to‘g‘risida”gi 

Qarori va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshida Fan va texnologiyalar rivojini 

muvofiqlashtirish komitetini tashkil qilinganligi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  bozor  iqtisodiga  o‘tish  davrida 

ilmiy-tekshirish  muassasalari  olib  borayotgan  asosiy,  amaliy  va  innovatsion 

tadqiqotlarga  katta  etibor  qaratadi.  Bugungi  kunda  yuqori  bilimni  talab  qiluvchi 

mahsulotlar  va  ilmiy-tekshirish  muassasalari  xizmatlarini  keng  targ‘ib  qilish, 

muhim amaliy ilmiy natijalardan foydalanishning yangi yo‘llari aniqlanib, hayotga 

tatbiq  qilinmoqda,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  ilmiy  bo‘limlari 

faoliyati takomillashtirilmoqda. 

2012  yilga  kelib  ham  O’zbekistonda  ta’lim  tizimini  tubdan  isloh  qilish,  oqitish 

sifati  va  mazmunini  yangi  bosqichga  kotarish,  malakali  kadrlar  tayyorlashning 

zamonaviy  mexanizmini  yaratish,  oquv  dasturlari  va  adabiyotlarini  yangilashga 

qaratilgan  islohotlar  bosqichma-bosqich,  tizimli  ravishda  amalga  oshirildi. 

Mamlakatimizda  ta’lim-tarbiya  sohasiga  har  yili  sarflanayotgan  xarajatlar  yalpi 

ichki  mahsulotga  nisbatan  10-12  foizni  tashkil  etdi.  Bu  YUNESKOning 

mamlakatni  barqaror  rivojlantirishni  taminlash  uchun  ta’limga  yonaltirilishi  zarur 

bolgan  investisiyalar  miqdori  boyicha  tegishli  tavsiyalaridan,  yani  6-7  foizdan 

qariyb 2 barobar kop boldi.  

Oliy  oquv  yurtlari  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  talabalarning  yashash 

sharoiti hamda ijtimoiy-maishiy ob`ektlar faoliyatini yaxshilash, oliy oquv yurtlari 

hududlarini  obodonlashtirish,  jumladan,  poytaxtimizdagi  “Yoshlik”  talabalar 

shaharchasida  joylashgan  talabalar  turar-joylarini  tubdan  tamirlash  boyicha  ham 

keng kolamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2011 yil 20 

mayda  “Oliy  ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini  modernizasiyalash 

va  mutaxassislar  tayyorlash  sifatini  tubdan  yaxshilash  to’g’risida”gi  qarori  qabul 

qilindi.  Mazkur  Qaror  oliy  ta’lim  muassasalari  faoliyatini  jahon  andozalari 

darajasida tashkil etish, ularni zamonaviy darslik, oquv-uslubiy qollanmalar, ilmiy 

laboratoriyalar bilan taminlashda muhim ahamiyatga ega boldi.  

Bundan  tashqari,  o’qituvchilarning  amaliy  jihatdan  chet  tillarini  bilishi  boyicha 

ham  bir  qator  ishlar  amalga  oshirildi.  Jumladan,  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni organish tizimini 

yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  qarorining  muhim 

ahamiyatga ega boldi. 

2015  yildagi  malumotlarga  qaraganda  O’zbekistonda  quyidagi  yonalishlardagi 

ta’lim turlari mavjud edi:  

- maxsus maktabgacha ta’lim;  



- uyda yakka tartibdagi ta’lim;  

- maktabgacha umumta’lim muassasalari qoshidagi integrasiya guruhlari;  

-umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya punktlari va integrasiya sinflari; 

- maxsus kasb-hunar kollejlaridagi integrasiya guruhlari. 

Mazkur  muassasalarda  kozi  ojiz,  zaif  koruvchi,  kar  va  zaif  koruvchi,  aqli  zaif, 

ruhiy  rivojlanishi  sustlashgan,  tayanch  harakati  azolari  harakati  buzilgan,  nutqida 

murakkab  nuqsoni  bolgan  bolalar  ta’lim-tarbiya  oldi.  Mamlakatimizda  alohida 

yordamga  muhtoj  bolalar  va  osmirlar  ta’limi,  ularning  nuqson  turlari  va  uning 

darajalarini  inobatga  olgan  holda,  maxsus  ta’limning  8  yonalishi  (aqli  zaif,  ruhiy 

rivojlanishi  sustlashgan,  nutqida,  korishida  va  eshitishida  nuqsoni  bolgan  bolalar) 

boyicha korreksion ta’lim tashkil etildi. 

3-masala 

Mazkur  davrda  Oliy  ta’lim  sohasini  rivojlantirish  boyicha  ham  bir  qancha  ishlar 

amalga  oshirildi.  Jumladan,  2015  yil  12  iyunda  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentimizning  “Oliy  ta’lim  muassasalarining  rahbar  va  pedagog  kadrlarini 

qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora- 

tadbirlari  to’g’risida”gi  farmoni  qabul  qilindi.  Ushbu  farmon  yurtimizdagi  oliy 

oquv  yurtlari  professor-oqituvchilarining  kasb  darajasi  va  malakasini  muttasil 

oshirib  borish,  ularni  bugungi  kun  talablariga  muvofiq  muntazam  qayta 

tayyorlashning  takomillashtirilgan  tizimini  joriy  etish  asosida  yuqori  malakali 

mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratildi. 

Farmonda,  xususan,  oliy  oquv  yurtlari  professor-oqituvchilarining  pedagogik  va 

kasb  darajasini  muntazam  oshirish  asosida  ularning  qonunchilik  normalari, 

nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va oqitilayotgan fanlar 

boyicha  innovasiyalar,  shuningdek,  oquv  jarayonini  tashkil  etishning  zamonaviy 

uslublari  sohasidagi  songgi  yutuqlarni  chuqur  organishi  alohida  qayd  etildi.  Oliy 

ta’lim  sohasida  oliy  oquv  yurtlarining  professoroqituvchilarini  muntazam  qayta 

tayyorlash  boyicha  mutlaqo  yangi,  takomillashtirilgan  tizim  joriy  qilindi.  15  ta 

tayanch oliy oquv yurtida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini 

qayta  tayyorlash  hamda  malakasini  oshirish  kurslari  tashkil  etildi.  Mazkur 

kurslarda oliy oquv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin oqituvchisi malaka oshirdi. 

Bu paytga kelib, mamlakatimizda 11 milliondan ziyod kishi internetdan muntazam 

foydalandi.  Ularning  asosiy  qismi  oquvchi-Yoshlar  edi.  2015  yilgi  malumotlarga 

qaraganda  umumta’lim  maktablarida  qariyb  4,5  million  bola  tahsil  oldi.  Barcha 

maktablar yagona ZiyoNET tarmogiga ulandi. Mazkur tarmoq Uz domenidagi eng 

yirik  axborot-ta’lim  resursiga  aylandi.  Unda  Yoshlar  uchun  foydali  va  ahamiyatli 

axborot  manbalari,  darslik  va  oquv  qollanmalar,  turli  sohalarga  doir  adabiyotlar, 

media  mahsulotlar,  multimedia  vositalari,  ta’limmaqsadida  foydalaniladigan  bir 

qator interfaol xizmatlar jamlandi. 



Shu  sababli  Hukumat  tomonidan,  oqituvchilarning  global  internet  tarmogi, 

multimedia  tizimlari  va  masofadan  oqitish  usullaridan  foydalangan  holda, 

zamonaviy  innovatsion  pedagogika,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 

egallashi  va  ularni  oquv  jarayoniga  faol  tatbiq  etishi,  oliy  oquv  yurtlari  pedagog 

kadrlarining  chet  tilini  amaliy  ozlashtirish  darajasini  oshirishi  kabi  zamonaviy 

talablar qoyildi.  

       Bu paytga kelib Oliy ta’lim  yonalishida ham  xalqaro  hamkorlik aloqalari olib 

borildi. Ushbu  hamkorlik samarasi  natijasida  O’zbekistonda  xorijdagi  nufuzli oliy 

oquv  yurtlarining  oltita,  jumladan,  Toshkent  Xalqaro  Vestminster  universiteti, 

Turin  politexnika  universiteti,  M.Lomonosov  nomidagi  Moskva  davlat, 

G.Plexanov nomidagi Rossiya  iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va  gaz 

universitetlari, Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiallari ochildi.  

Bundan  tashqari,  O’zbekistonda  Mustaqil  davlatlar  Hamdo’stligi  mamlakatlari 

orasida  birinchi  bolib  oliy  ta’limning  zamonaviy  ikki  bosqichli  -  bakalavriat  va 

magistratura  yonalishiga  otildi.Yoshlarni  har  tomonlama  barkamol  qilib  voyaga 

yetkazishda  sportning  ham  ahamiyati  katta  hisoblanadi.  Otgan  davr  mobaynida 

O’zbekiston  Bolalar  sportini  rivojlantirish  jamgarmasi  mablaglari  hisobidan  1500 

dan  ortiq  zamonaviy  sport  inshootlari  qurildi.  Har  yili  bolib  otadigan,  uch 

bosqichdan  iborat  (maktab  oquvchilari  uchun  “Umid  nihollari”,  litsey  va  kollej 

oquvchilari  uchun  “Barkamol  avlod”,  oliy  oquv  yurti  talabalari  uchun 

“Universiada”)  sport  musobaqalari  tizimi  shakllantirildi.  Bu  esa  yuz  minglab 

bolalar,  osmirlar,  yigit  va  qizlarni  jismoniy  tarbiya  va  sportga  jalb  etish  imkonini 

berdi.  Mazkur  tadbirlar  oz  samarasini  berdi.  Jumladan,  birgina  2015  yili  1  ming 

668  nafar  sportchimiz,  jumladan,  567  nafar  qizimiz  165  ta  xalqaro  musobaqada 

ishtirok  etib,  983  ta  medalni  qolga  kiritdi,  Yosh  iqtidorli  musiqachi  va 

ijrochilarimiz  nufuzli  xalqaro  tanlovlarda  137  ta  sovrinli  oringa  sazovor  boldi  va 

ularning 76 tasi Gran-pri  va birinchi orinni tashkil qildi.Bu boradagi ishlar keying 

yillarda  ham  dvom  ettirildi.  Jumladan,  2017-yil  7-fevralda  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  "O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish 

bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi  to‘g‘risida"gi  farmoni  elon  qilindi.  Mazkur 

Farmonda  ijtimoiy  soha,  xususan,  ta’lim  va  ilm-fan  sohalarini  takomillashtirish 

borasida qator vazifalar belgilandi.Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik 

bazasini  mustahkamlash,  yangi  ta’lim  muassasalari  qurish,  mavjudlarini 

rekonstruksiya  qilish  va  kapital  tamirlash  barobarida  ularni  zamonaviy  o‘quv  va 

laboratoriya  jihozlari,  komputer  texnikasi,  o‘quv-metodik  qo‘llanmalar  bilan 

taminlash  nazarda  tutildi.Shuningdek,  2017-2021-yillarda  oliy  ta’lim  tizimini 

tubdan 

takomillashtirish 

ni 

ishlab 


chiqish, 

o‘quv 


dasturlarini  yanada 

zamonaviylashtirish, 

pullik 

xizmatlar 

ko‘rsatish 

va  moliyalashtirishning 

qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish 



yo‘li  bilan  ularning  mustaqilligi  bosqichma-bosqich  rivojlantirib  borilishi 

belgilandi. 

        2017  yilda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasining 

yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom manoda ta’lim 

tizimidagi  o‘zgarish  va  yangilanishlar  jarayonini  boshlab  berdi.  Umumta’lim 

maktablariga  mazkur  yilda  10-sinfga  o‘quvchilar  qabul  qilish  qayta  yo‘lga 

qo‘yildi.  Bu  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlariga  qabul  jarayoni  bilan 

barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga 

olindi.Bundan  tashqari,  Yoshlarning  zamonaviy  kasb-hunarlarni  puxta  egalashi, 

o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash 

boyicha  ham  tizimli  ishlar  olib  borildi.  Bunda  Yoshlarning  ulug‘  ajdodlarimiz 

merosini  o‘rganishi,  ularga  munosib  avlod  bo‘lib  voyaga  yetishi  muhim 

ahamiyatga  ega  ekanligi  kozda  tutildi.  Xususan,  ulug‘  ajdodimiz  Muhammad 

Xorazmiy  nomidagi  chuqurlashtirib  o‘qitishga  ixtisoslashtirilgan  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalari  yo‘nalishiga  oid  maktab  tashkil  etildi.  Mazkur 

maktab  faoliyatining  yo‘lga  qo‘yilishi  ushbu  sohalarda  kadrlarni  Yoshligidanoq 

tayyorlab  borish,  ularning  yetuk  va  zamon  talablariga  javob  beradigan 

mutaxassislar  bo‘lib  ulg‘ayishiga  zamin  yaratdi.Shu  bilan  birga,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  “Mirzo  Ulug‘bek  nomidagi  ixtisoslashtirilgan  davlat 

umumta’lim  maktab-internatini  va  “Astronomiya  va  aeronavtika”  bog‘ini  tashkil 

etish  to‘g‘risida”gi  qarori  ham  qabul  qilindi.  Mazkur  qaror  bilan  O‘zbekiston 

Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika 

va  informatika  fanlarini  chuqur  o‘rgatishga  ixtisoslashtirilgan  Mirzo  Ulug‘bek 

nomidagi  ixtisoslashtirilgan  davlat  umumta’lim  maktab-internati  tashkil  etilishi 

belgilandi. 

        Bundan  tashqari,  Xalq  ta’limi  sohasidagi  islohotlarga  ko‘maklashish 

jamg‘armasi  tashkil  etildi,  shu  bilan  birga  2019  yil  1  yanvardan  xalq  ta’limini 

rivojlantirish  jamg‘armasi  tashkil  etildi.  Shuningdek,  Xalq  ta’limi  vazirligi  soha 

faoliyati  shaffofligini  oshirish,  aniq  malumotlarni  to‘plash,  aholi  bilan  muloqot 

qilish  va  jamoatchilik  nazoratini  o‘rnatish  uchun  axborot  texnologiyalarini  faoli 

joriy etdi. Jumladan, vazirlik ustozovozi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi 

resurslarni  ishga  tushirdi.  Xalq  ta’limi  tizimiga  homiylik  mablag‘larini  jalb  etish 

maqsadida MFond jamg‘armasi ochildi. Xalq ta’limi sohasidagi malumotlar ochiq-

oshkora, shaffof tarzda qo‘yib borish uchun ijtimoiy tarmoqlari kanallarida «Ustoz 

ovozi» kanali ishga tushirildi. 

         Xalq  ta’limi  vazirligi  tizimida  o‘quvchilar  o‘rtasida  kitob  mutolaasi  va 

kitobxonlik  madaniyatini  targ‘ib  qilish  uchun  kitob.uz  sayti  yaratildi.  Saytga  jami 

803 nomdagi, shundan, 655 nomada o‘zbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti 

namoyondalari  asarlarining  elektron  varianti  joylashtirildi.  www.kitob.uz  saytiga 



badiiy  adabiyotlarning  MRZ  shaklidagi  audio  resurslari  joylashtirilishi  yolga 

qoyildi.  

       Vazirlik  markaziy  apparati  tarkibida  o‘qituvchilarning  shani  va  qadr-

qimmatini  himoyalash,  ular  huquqlarining  buzilishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  davlat 

organlari  va  boshqa  tashkilotlarning  ta’lim  muassasalari  faoliyatiga  asossiz 

aralashuviga  yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida  Nazorat-huquqiy  xizmati  tashkil  etildi. 

Respublika  maqsadli  kitob  jamg‘armasi  Moliya  vazirligidan  Xalq  ta’limi 

vazirligiga o‘tkazildi. Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni 

ishlab  chiqish  va  qurilish  obektlari  sifatini  nazorat  qilish  injiniring  kompaniyasi 

tashkil  etildi.  Xalq  ta’limi  sohasidagi  islohotlarga  ko‘maklashish  jamg‘armasi 

tashkil  etildi,  shu  bilan  birga  2019  yil  1  yanvardan  xalq  ta’limini  rivojlantirish 

jamg‘armasi tashkil etildi. 

 

Nazorat savollari 



1. 

Nima sababdan ta’lim sohasida islohotlar olib borildi? 

2. 

Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik haqida nimalarni bilasiz? 



3. 

Kadrlar tayyorlash milliy ning oziga xos xususiatlari nimalardan iborat edi? 

4. 

Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi haqida gapirib bering. 




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish