YUNESKO Birlashgan maktablar tarmog’i
1953-yilda asos solingan YUNESKO ning Birlashgan maktablar dasturi
tarmog’I YUNESKO ning ta’lim sohasidagi asosiy dasturi hisoblanadi. Ushbu
dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniayatlararo
muloqot va barqaror taraqqiyot g’oyalarini targ’ib etish hamda ta’lim sifatini
oshirilishga qaratilgan.
Ushbu tarmoqni O’zbekistonda rivojlantirish bo’yicha YUNESKO ishlari
bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi faol ish olib bormoqda.
1996-yildan buyon, ushbu tarmoqqa O’zbekistonning 45ta ta’lim muassasasi
(o’rta ta’lim maktab,akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) a’zo bo’lgan.
Ushbu ta’lim muassasalari bir qator xalqaro dasturlarda muvaffaqiyatli
qatnashib, “Ta’lim barcha uchun” maqsadlarini va BMTning barqaror taraqqiyot
ta’limi o’n yilligini targ’ib etib kelmoqda.1997-2007-yillarda BMT tizimi
tashkilotlari, xalqaro, mintaqaviy va milliy nodavlat notijorat tashkilotlari bilan
hamkorlikda Birlashgan maktablar tarmog’iga a’zo muassasalar uchun Markaziy
Osiyo mintaqasi yoshlar yozgi lageri tashkil etib kelindi. Ushbu o’quv
lagerlarining asosiy maqsadi hozirgi global muammolar haqida yoshlarning
xabordorligini oshirish, umuminsoniy va umuminsoniy va milliy qadriyatlar
haqida bilimlarni oshirish va ijtimoiy islohatlarda yoshlarning faol va bunyodkor
o’rnini targ’ib etishdan iborat. O’quv lageri barqaror madaniy merosi kabi
mavzularni qamrab olgan.
Lager misolida yoshlar orasida tinchlik madaniyati, xalqaro hamjihatlik
g’oyalarini targ’ib etgani uchun, O’zbekiston Respublikasi YUNESKO ishlari
bo’yicha milliy komissiyasi YUNESKOning “Tinchlik qo’limizda” sovrini bilan
2001-yilda taqdirlandi. 2000-yilda esa O’zbekiston mutaxasisi Osiyo va Tinch
okeani mintaqasida Birlashgan maktablar tarmog’ining eng ilg’or milliy
muvofiqlashtiruvchisi deb topildi.
Birlashgan maktablar tarmog’I doirasida O’zbekiston maktablari UNESKOning
turli
dasturlarida
faol
qatnashib
kelmoqda,
jumladan,”Patrimonito”,”Mondialogo” va o’quvchilar almashinuv dsaturlari.
Turli YUNESKO nashrlari o’zbek tiliga tarjima qilinib, tarmoq maktablari
orasida tarqatildi: “butunjahon merosi yoshlar qo’lida”,”Bag’rikenglik tinchlik
sari olg’a qadam”, “Demokratiya: 80 savolga 80 javob”, “Har bir inson…”.
Birlashgan maktablar tarmog’iga a’zo Zarafshon shahridagi 1-sonli
ixtisoslashgan maktabi YUNESKO Mondialogo maktab tanlovida g’olib deb
topildi (2006-yil). Toshkent shahridagi 17-son maktabi “Barqaror taraqqiyot
ta’limi” mavzusidagi YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi
tanlovida g’olib deb topildi, maxsus faxriy yorliq bilan taqdirlandi(2006-yil).
“Suv va tabiiy manbalarni boshqarish” (Toshkent shahridagi 17-sonlimaktabi)
va “Sahroda oazis yaratish”(Zarafshon shahridagi 1-sonli ixtisoslashgan
maktabi) loyihasi Osiyo va Tinch okeani mintaqasida barqaror taraqqiyot ta’limi
doirasida 2009-yilning eng ilg’or tajriba loyihalari deb topildi.
O’zbekiston ta’lim tizimiga yangi innovatsion uslublarni joriy etish
maqsadida bir qator o’quv seminarlar o’tkazildi:
• YUNESKOva UNISEF qo’shma FRESh loyihasi doirasidagi “Ta’lim
muassasalarida sanitariya va gigeniya” mavzusidagi o’quv seminarlar (2005-yil
noyabr, 2007-yil sentabr oylarida);
• “Ta’limda boshqaruv va axborot tizimlari” mavzusidagi milliy seminar
(2005-yil dekabr);
• Xalq ta’limi vazirligi, YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi,
UNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan
“Ta’lim barcha uchun” harakat dasturining o’rta muddatli tahlili bo’yicha milliy
forum (2006-yil 18-avgust);
• Osiyo va Tinch okeani mintaqasi YUNESKO madaniy markazi bilna
hamkorlikda Inklyuziv ta’limni joriy etish uchun bolallar bog’chasiva o’rtya
ta’lim maktablarida sinov guruhlarini shakillantirish” bo’yicha o’quv kurslari
(2006- 2007yillar). Loyihaning davomi sifatida 2007-yilning 10-12-sentabr
kunlari Toshkent shahrida inklyuziv ta’lim bo’yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy
seminari YUNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi va Xalq ta’limi vazirligi
bilan hamkorlikda):
• OITV/OITSni oldini olish bo’yicha “Tengdosh tengdoshga” usulida milliy
o’quv seminar (2007-yilning aprel-may oylarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |