O‘zbеkistоn rеspublikаsi



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/84
Sana21.02.2022
Hajmi1,02 Mb.
#22989
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
Bog'liq
nutq madaniyati

Abu Nasr Forobiy 
…Yaxshi soʻzlashga oʻrgan va muloyim soʻzlashdan boshqa narsani odat 
qilma, negaki, qanday soʻzni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. Soʻzni oʻz joyida 
soʻzla, joyida aytilmagan soʻz, agar u yaxshi soʻz boʻlsa ham yomon koʻrinadi. 
Kaykovus. “Qobusnoma” 
Kishi suxandon va notiq boʻlishi lozim. 
Kaykovus. “Qobusnoma” 
Xalq oldida gapirganda soʻzing goʻzal boʻlsin, bu soʻzni xalq qabul qilsin. 
Xaloyiq sening soʻz bilan baland darajaga erishgaiingni bilsin, chunki kishining 
martaba-
sini soʻz orqali biladilar,... har kishining ahvoli oʻz soʻzi ostida yashringan 
boʻladi. 
Kaykovus. “Qobusnoma” 
Ey farzand, soʻzning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil
soʻzlaganingda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda 
soʻzning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga oʻxshaysan, bunday 
qushni toʻti deydilar! 
Kaykovus 
Shunday kishini notiq (suxangoʻy) deymizki, uning har soʻzi xalqqa tushunarli 
boʻlsin va xalqning har soʻzi unga ham ma’lum boʻlsin. 
Kaykovus 
Oʻylamasdan soʻzlama, har bir soʻzni oʻylab gapir, to aytgan soʻzingdan 
pushaymon boʻlmagaysan. 
Kaykovus 
Agar soʻzni va ilmni yaxshi bilsang ham hech bir soʻzni buzma, toʻgʻri ta’rifla. 
Soʻzni bir xil gapir. Koʻp bilu, oz soʻzla, kam bilsang koʻp soʻzlama, chunki aqlsiz 
kishi koʻp soʻzlaydi, deganlarki, jim oʻtirish salomatlik sababidir. Koʻp soʻzlovchi 
hatto aqlli odam boʻlsa ham xalq uni aqlsiz deydi...
Kaykovus 
Bilib soʻzla, soʻz bilig sanalur 
Yusuf Xos Hojib 
Tilning foydasi talaydir, ortiqcha hovliqma,
Goho til maqtaladi, goho soʻkiladi. 
Modomiki shunday ekan, soʻzni bilib soʻzla,
Soʻzing koʻr uchun koʻz boʻlsin, (u) koʻra bilsin. 
Yusuf Xos Hojib 
 
Alisher Navoiy notiqlik haqida
 
Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdurki, agar nopisand 
zohir boʻlsa, tilning ofatidur. 



Koʻngul maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin soʻz bil! 



87 


Tilingni ixtiyoringda asragʻil, soʻzungni ehtiyot bila degil! 



Mahallida aytur soʻzni asrama, aytmas soʻz tegrasiga yoʻlama! 



Tiling bila koʻnglungni bir tut, koʻngliyu tili bir kishi aytqan soʻzga but! 



Agarchi tilni asramoq koʻngulga mehnatdur, ammo soʻzni sayramoq boshqa 
ofatdur. 



Aytur soʻzni ayt, aytmas soʻzdin qayt! 



Chin soʻz – moʻ’tabar, yaxshi muxtasar. 



Soʻzi hisobsiz – oʻzi hisobsiz. 



Ogʻzigʻa kelganni demak nodon ishi va oldigʻa kelganni emak hayvon ishi. 



Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz. 



Yomon 
tillig, andoqkim el koʻngliga jarohat yetkurur, oʻz boshigʻa ham ofat 
Yetkurur. 



Soʻzida parishonliq – oʻzida pushaymonliq. 



Yolgʻon aytquchi gʻaflatdadur. 



Chin soʻzni yolgʻongʻa chulgʻama, chin ayta olur tilni yolgʻongʻa bulgʻama. 



S
aodatbaxsh ruh zuloliga matla’ ham til. Tilga iqtidorligʻ – hakimi xiradmand; 
soʻzga ixtiyorsiz – layni najand. Tilki fasiq va dilnazir boʻlgʻay, koʻbroq boʻlgʻay 
agar koʻngil bila bir boʻlgʻay (Saodatbaxsh ruhning tiniqligi manbai ham til
baxtsizliklar yulduzining boshlanishiga sabab ham til. Tiliga kuchi yetadigan (kishi) 
aql podshosidir: soʻzga ahamiyat bermaydigan (kishi) la’natlangan, past (kishi)dir) 
(1.23-62-b.) 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish