O`zbеkiston Rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi
Navoiy davlat pеdagogika instituti
Tarix fakultеti
«Milliy istiqlol g`oyasi, huquq va ma'naviyat asoslari»
kafеdrasi
MILLIY ISTIQLOL G`OYASI
FANIDAN
MA'RUZA MATNLARI
O`qit. Daminov N.
Navoiy - 2010
2
Mas'ul muxarrir:
prof. S.Inoyatov
Tuzuvchi:
ukit. N.Daminov
Takrizchi:
ukit. N.Sharipova
Ushbu ma'ruza matnlari “Milliy istiqlol g`oyasi, huquq va ma'naviyat
asoslari” kafеdrasining 2009 yil 2 sеntyabrdagi 1-sonli yig`ilishida
tasdiqlandi va nashrga taviya qilindi.
3
SO`Z BOSHI
Biz o`rganishga kirishayotgan “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy
tushuncha va tamoyillar” – mustaqillik yillarida shakllangan yangi fandir.
Bu fan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan
xalqimizning maqsad-muddaolari va orzu-intilishlarini, bir so`z bilan
aytganda,
jamiyatimizning
shakllanib
kelayotgan
milliy
istiqlol
g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini o`rgatadi.
Mazkur kitob Prezident Islom Karimov asarlari asosida tayyorlangan
“Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasiga
tayangan holda yozildi. Ushbu ma`ruza matnlari to`plamida risolada ban
qilingan tushuncha va tamoillar ancha keng yoritilgan. Mulohazalarning
mantiqiy davomiyligini ta`minlash maqsadida risolaning zarur o`rinlaridan
olingan fikrlari kursiv bilan ajratilib, yoritilayotgan mavzu mohiyatini ana
shu iqtiboslar asosida sharhlashga harakat qilindi.
Milliy istiqlol g’oyasi jamiyatimiz taraqqiyotining mafkuraviy
tamoyillarini ifoda etadi. Shu ma`noda, bu g’oya mamlakatimiz
mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va
farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to`g’risidagi yaxlit
va izchil ta`limotdir. Bu ta`limot o`z tushuncha va tamoyillariga, tarixiy
negizlari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy va diniy ildizlariga ega muayyan tarixiy
zarurat mujassam bo`lgan nazariya hamdir. U aynan shunday nazariya
sifatida ijtimoiy voqelikning ifodasi tarzida namoyon bo`ladi. O`ziga xos
shakllanish qonuniyatlari va xususiyatlariga ega umummilliy hodisa
hisoblanadi.
Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini
o`rgatishda quyidagilarga alohida e`tibor berish zarur:
-o`quv mashg’ulotlarini olib borishda talabalarning yoshi, tafakkuri,
dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish;
- ta`lim-tarbiyaning ilg’or, ta`sirchan vositalaridan, zamonaviy o`qitish
texnologiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish;
- ayrim tushunchalarni haddan ziyod soddalashtirish, ta`limning
eskicha uslub va tamoyillarini qo`llash natijasida fanning qadrsizlanishiga
yo`l qo`ymaslik;
- ta`lim jarayonida tazyi o`tkazmasdan ma`rifiy asosda ish tutish,
yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, bahs-munozara yuritish
ko`nikmalarini oshirishga e`tibor qaratish;
4
- o`qituvchi va tinglovchilar o`rtasida o`zaro hamfikrlik va hamkorlik
muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharhlashda
hayotiy misollar, bugungi dunyoda ro`y berayotgan voqealar tahlilidan,
matbuot materiallaridan keng foydalanish;
- yoshlarga g’oyalar o`z ma`no-mohitiga ko`ra bunyodkor yoki
vayronkor bo`lishi haqidagi hayotiy va haqqoniy tasavvurlarni
shakllantirish;
- milliy istiqlol g’oyasining insonparvarlik mohiyatini ko`rsatish
asosida mustaqillik biz uchun eng oliy qadriyat, uni asrab-avaylash esa har
birimizning muqaddas burchimiz ekanini talabalarning qalbi va ongiga
singdirish.
Milliy istiqlol g’oyasiyurtimizda yashaydigan har bir millat, ijtimoiy
guruh, din, partiya yoki qatlam vakili uchun umumiy mezondir. Shu
ma`noda, u 130 dan ziyod millat vakillaridan tashkil topgan O`zbekiston
xalqining,
mustaqillikni
mustahkamlash
yo`lidan
borayotgan
jamiyatimizning umumiy g’oyasidir. Jahon hamjamiyatining mustaqil
a`zosi va tarkibiy qismi bo`lgan O`zbekistonni, milliy davlatchilik
an`analarimizni asrab-avaylash, mamlakatimiz sarhadlari yaxlitligi va
xavfsizligini ta`minlash hamda fuqarolarimizda yot va begona g’oyalarga
qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni erkin fuqarolik
jamiyati barpo etish yo`lida birlashtirish. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va
xalq farovonligi ishiga safarbar etish bu g’oyaning asosiy maqsad va
vazifasidir.
5
1-MAVZU: “MILLIY ISTIQLOL G’OYaSI” FANINING
PREDMETI MAQSADI VA VAZIFALARI
REJA:
1. Milliy istiqlol g’oyasini o`rganishning ob`ektiv zarurati.
2. Fanning predmeti, ob`ekti, maqsadi va vazifalari.
3. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushunchalari.
4. Milliy istiqlol g’oyasining turli xil fikr-g’oyalarga munosabati, ijtimoiy-
ma`naviy hayotda aks etishi.
5. Milliy istiqlol g’oyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi va uni
o`rganishning ahamiyati.
1. Milliy istiqlol g’oyasini o`rganishning ob`ektiv zarurati.
Mustaqillik tufayli O`zbekiston xalqi o`zini milliy-ma`naviy
yangilanishida milliy istiqlol g’oyasiga tayanishga alohida e`tibor berdi.
Mustabid tuzum davrida amal qilib kelingan, xalqimizning milliy-
ma`naviy ruhiyatiga tamomila zid bo`lgan “Kommunistik g’oya” dan voz
kechildi. O`zbekiston xalqi o`z milliy g’oyasini negizlariga tayangan holda
rivojlanish yo`lini tanladi. Uning o`ziga xos sabablari mavjud. Ular asosan
quyidagilardan iborat;
Birinchidan. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o`ziga xos va
mos rivojlanish yo`lini tanlash huquqiga ega bo`ldi. Bu esa xalqimizning
tarixan qaror topgan milliy – madaniy meroslarini, qadriyatlarini ma`naviy
– ruhiy olamini qayta tiklagan holda o`z kelajagini ko`rish va qurish
imkoniyatini berdi.
6
Ikkinchidan. “mustabid” tatalitar tuzum davrida jamiyat qurilishning
g’oyaviy asosi bo`lgan kommunistik mafkura targ’ibotchilari
mamlakatimiz
xalqlari,
xususan,
O`zbek
xalqi
turmush
tarzi,
dunyoqarashi, tarixi, urf-odatlari, an`analari va milliy xususiyatlarini
hisobga olmasdan bizga begona va yot bo`lgan qadriyatlarini, maqsadlarini
singdirishga urinib kelgan.
Buning asoratlaridan xalos bo`lishga qaratilgan ma`naviy ehtiyoj
mavjud.
Uchinchidan. Ma`lumki har qanday davlat yoxud jamiyat maqsadsiz
yashay olmaydi. Urivojlanish uchun ma`naviy asoslarni belgilab oladi.
Tarixiy maqsad xalqning milliy-ma`naviy g’oyalarida o`z ifodasini topadi.
Shu ma`noda o`zining mustaqil rivojlanish yo`lini tanlab olgan
O`zbekistonda Milliy g’oyani o`rganishga bo`lgan zaruriyat deb qaralishi
lozim.
To`rtinchidan. Jamiyat qurilishi tarixida har xil g’oyalar hukmronligi
bo`lgan. G’oyaviy maqsadlar tufayli jamiyat hayotida turli xil voqealar
ro`y bergan tabiiyki, ular turli xil oqibatlarni keltirib chiqargan bilan
maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish va anglash uchun ham Milliy
istiqlol g’oyasini o`rganish zarur.
Beshinchidan. G’oyalar jamiyatdagi turli insonlar, ijtimoiy guruhlar,
qatlamlar, xalqlar, millatlar maqsadi, orzu intilishlari, hayotni idrok etish
ko`nikma va malakalari, xulq-atvor ko`rinishlari, qadriyatlari manfaati
bilan uzviy bog’liq bo`ladi. U yoki bu g’oyaga asoslangan holda ifoda
etishga qarab bir-biridan farqlanadi, uning maqsadiga va qanday g’oya
ekanligiga baho beriladi.
7
Oltinchidan. G’oyalar ta`sir ko`lami bilan ham biri-biridan farqlanadi.
Ayrim g’oya tarafdorlari mutloq haqiqatni e`tirof etishga da`vo qilishi
mumkin. Ular o`z maqsadlarini boshqa xalqlarning milliy xususiyatlarini
hisobga olmasdan, qanday yo`l bilan bo`lmasin “singdirishga” urinadi.
Demak, bu borada har birimizdan ogohlik talab etiladi. Farzandlarimiz o`z
xalqi, mamlakatning tarixini, milliy-madaniy merosini, qadriyatlarini
toptatmasligi, o`ziga xoslikni yo`qotmasligi uchun ham milliy g’oyani
o`rganishi, bilishi kerak bo`ladi.
Ettinchidan. Milliy istiqlol g’oyasini o`rganishning zarurligi bugungi
dunyoda mafkuraviy kurashning davom etayotganligi bilan ham bog’liq.
Insonlar ongi va qalbini egallash unga ta`sir ko`rsattib, o`z maqsad va
muddaolarini
bir
tamonlama
amalga
oshirishga
urinishlar
to`xtamayotganligidan kelib chiqmadi.
Milliy istiqlol g’oyasini fan sifatida o`rganishning sabablarini
mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov quyidagicha ta`kidlagan;
“Oldimizga qo`ygan olijanob maqsad – muddaolarimizga etish, eski
mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo`lish, g’oyaviy bo`shliq paydo
bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, begona va yot g’oyalarning xurujidan
himoyalanish bunday tajavuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama
barkamol insonlarni voyaga etkazish zaruriyati xalqimiz va jamiyatimiz
manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda”.
1
Ana shu hayotiy zarurat milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha
va tamoyillarini fan sifatida o`rganishni taqozo etadi.
2. Fanning predmeti, ob`ekti, maqsadi va vazifalari.
1
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. 9-jild. T.: “O`zbekiston”, 2001. 220-b.
8
Milliy istiqlol g’oyasi – mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari Islom
Karimov asarlarida asoslangan ta`limot. Uning mazmuni quyidagilardan
iborat;
- tarixiy, xotirani uyg’otish, o`tmishdan saboq chiqarish va o`zlikni
anglash mezoni bo`lish;
- xalqimizni tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a`zolarini
birlashtiruvchi g’oyaviy vazifasini o`tash;
- Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch
e`tiborning manbai bo`lish;
- O`zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat ijtimoiy qatlam va
uni vakillariga birday taalluqli bo`lish;
- Millatimiz aholisi ongi va qalbida “O`zbekiston – yagona Vatan”
degan tuyg’uni yuksak darajada shakllantirishga xizmat qilish;
- Turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy
guruhlar mafkurasidan ustun turadigan yuksak fenomin-ijtimoiy hodisa
mazmuniga ega bo`lish;
- biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch,
partiya yoki guruh qo`lida siyosiy qurolga aylanmaslik;
- har qanday ilg’or g’oyani o`ziga singdirish va har qanday yovuz
g’oyaga qarshi javob bera olish;
- sub`ektivizm, valyuntarizm kabi illatlardan xoli va jamiyatimizning
xolis fikriga tayanuvchi ob`ektiv mafkura bo`lish;
- so`z ilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish;
- davr o`zgarishlariga qarab, o`zi ifodalaydigan g’oya manfaat,
muddaolarini amalga oshirishning yangi – yangi vositalarini tavsiya eta
9
olish, ya`ni yangicha vaziyatga moslashadigan hozirjavob va ijobiy bo`lish
va boshqalar.
Milliy istiqlol g’oyasi ana shu qayd etilgan sifatlarga ega bo`lgan
taqdirdagina jamiyat hayotida etakchi ma`naviy-ma`rifiy omilga aylanishi
va kutilayotgan muhim vazifalarni bajara olishi mumkin. Biroq, milliy
istiqlol g’oyasi o`z-o`zidan insonning ongiga tafakkuriga singib, ishonch
va e`tiqodiga aylanib qolmaydi.
Bunga har bir inson o`z hayoti davomida erishib boradi.
“Har qanday fanning – deb yozadi, - mamlakatimizning taniqli
faylasuf, milliy istiqlol g’oyasini talabalar ongi va tafakkuriga singlirish
jonkuyari professor Q.Nazarov – muayyan bilimlar tuzishi sifatidagi
o`ziga xos mavzular tushunchalari, qonun va kategoriyalari bo`ladi.
Ularning barchasi fan o`rganadigan soha, ya`ni predmetining o`ziga xos
xususiyatlari bilan bog’liq. Biz o`rganishga kritiayotgan “Milliy istiqlol
g’oyasi” fani bundan mustasno emas. Uning ham o`z predmeti, qonun va
kategoriyalari, maqsad va vazifalari bor. “G’oya” va “mafkura”
tushunchalari ularning xalqlar va davlatlar, taqdiriga ta`siri, hozirgi
zamondagi mafkuraviy jarayon milliy istiqlol g’oyasining mazmun-
mohiyatini tushunchalari, shakllanish qonuniyatlari, namoyon bo`lish
xususiyatlari uni xalqimiz qalbiga singish yo`llari va usullari ushbu
fanning mohiyatini belgilaydi. Uning tushuncha va kategoriyalari bir
butun, yaxlit tizim shaklida namoyon bo`ladi. Milliy g’oyaning
odamlarning hayotidan joy olishi bir qator omillarga bog’liq. Demak
bunda ham muayyan qonuniyatlar amal qiladi. Milliy istiqlol g’oyasining
fan sifatida e`tirof etilishi uning o`ziga xos predmeti, ob`ekti, maqsad va
vazifalari mavjudligini anglatadi.
10
3.Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushunchalari.
Milliy istiqlol g’oyasi muayyan tushunchalarga asoslanadi. Ular turli
xil bo`lib, jamiyatda shakllangan va mavjud bo`lgan fikrlar xilma-xilligi
bilan kishilarning o`zaro ijtimoiy munosabatlari asosida amaliy xatti-
harakati orqali namoyon bo`ladi.
“Milliy g’oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, - deb
ta`kidlaydi yurtboshimiz, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab,
serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-
hanuz yaratilmagan tushunchalarni o`zimizga tasavvur filishimiz kerak,
deb o`ylayman. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq
farovonligi kabi yuksak g’oyalarning ma`no-mazmunini teran anglab
etishga xizmat qiladi”.
1
binobarin, milliy istiqlol g’oyasining asosiy
tushunchalari nisbiylik xususiyatiga egadir.
Milliy istiqlol g’oyasini o`rganishda quyidagi tushunchalarni hisobga
olish zarur;
- turli jamiyatlar, xalqlar hayoti milliy, madaniy qadriyatlari,
maqsadlari bilan bog’liq bo`lgan turli xil ma`no-mazmunga ega umumiy
tushunchalar: “g’oya”, “mafkura”, “g’oyaning turli xil ko`rinishlari”,
“bunyodkor g’oyalar” va “yovuz tojovvuzkor g’oyalar”, “Milliy g’oyalar”
va “Umumbashariy g’oyalar”.
- jamiyatning siyosiy hayoti turli xil jamoat birlashmalari faoliyati
bilan bog’liq maqsad va intilishlarni ifoda etadigan turli xil siyosiy
mafkuralar ko`rinishlari;
1
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz: 9-jild. T.: “O`zbekiston”, 2001, 221-222-betlar.
11
- O`zbekiston xalqining hayoti bilan bog’liq bo`lgan uni o`zida aks
ettiradigan va unga xizmat qiladigan “Milliy istiqlol g’oyasi”, “Milliy
istiqlol g’oyasining ma`naviy negizlari”, “Milliy rivojlanish g’oyasi”,
“Milliy istiqlol mafkurasi”, “Milliy istiqlol g’oyasining bosh g’oyasi”,
Milliy istiqlol g’oyasining umumbashariy tamoyillari va boshqa
tushunchalar.
Milliy istiqlol g’oyasining tushunchalari bilan bir qatorda uning
namoyon bo`lish qonunlari ham mavjud. Bular:
- turli xalqlar, turli jamiyatlar mavjud. Ularning maqsadlari ham
rivojlanish yo`llari ham turli xil ya`ni rivojlanishning, ijtimoiy
taraqqiyotning xilma-xilligi qonuni orqali namoyon bo`ladi;
- dunyoning mafkuraviy manzarasi turli xal maqsadlar, turli xil
manfaatlar, qarashlar bilan bog’liq holda namoyon bo`lgan va bo`lib
qolmoqda. Bu ezgu g’oyalar bilan birga yovuz g’oyalarning ham
yashaganligini “dunyoda mafkura sohasida kurashning” davom etib
kelayotganligining asosida yotgan o`ziga xos jihatdir.
Lekin, har bir xalqning o`ziga xos ma`naviy ruhiyati, merosi,
qadriyatlari bilan bog’liq g’oyasi ham mavjud. Uni inkor etib bo`lmaydi.
Uni anglamaslik u bilan bog’liq bo`lgan turmush tarzini madaniyatidagi
xususiyatlarini, tarixini, tilini, milliy-madaniy rivojlanish qonuniyatlarini
e`tirof etmaslikka olib keladi. Bu oxir-oqibatda shu xalqni yoki
mamlakatning “o`zligini” tan olmaslikka sabab bo`ladigan yo`ldir.
-Globallashuv jarayonining milliy g’oyaga ta`sir etishi ham o`ziga xos
umumiy qonuniyatdir. Bu jarayon turli mamlakatlar, xalqlar, hayotida
ularning bir-biriga bog’liqligini, o`zaro ta`sirini oshiradi, ma`naviy-
g’oyaviy hayotida aks etmasdan qolmaydi.
12
Milliy istiqlol g’oyasi to`g’risida fikr yuritganda, uning O`zbek
xalqining hayoti turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy – madaniy merosi
va qadriyatlari bilan bog’liq bo`lgan hamda milliy g’oyasida aks etadigan
o`ziga xos qonuniyatlari ham mavjud. Bu qonuniyat milliy istiqlol
g’oyasining mazmuni, maqsadi va xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda
alohida, ustivor ahamiyatga ega. Chunki, bu qonuniyatni hisobga olish
O`zbek xalqining millatining kelajagi bilan o`zligini saqlab qolish hamda
o`z negizda rivojlanishni dunyoda o`ziga xos o`ringa ega bo`lishini e`tirof
etish bilan bog’liq.
Tarixiy jihatdan yondoshganda bu sohada “turli g’oyalar”,
“mafkuralar” ana shu qonuniyatlarga zid bo`lgan holatlarni ham kuzatilishi
ko`rsatildi.
Shuning uchun ham milliy istiqlol g’oyasiga tayanish va unga amal
qilish O`zbekiston xalqining o`zligini saqlab qolish va o`ziga xos va mos
rivojlanish ehtiyoji sifatida namoyon bo`ladi. Demak, milliy istiqlol
g’oyasining qonuniyatlari har bir xalq uchun milliy o`ziga xosligini zamon
yutuqlari bilan bog’lanishning nafaqat kafolatlari, balki rivojlanish
strategiyasi hamdir.
4. Milliy istiqlol g’oyasining turli xil fikr, g’oyalarga munosabati,
ijtimoiy-ma`naviy hayotda aks etishi.
Milliy istiqlol g’oyasining turli xil fikr, g’oyalarga munosabati, uning
ijtimoiy-ma`naviy hayotda aks etish usullarini anglash uchun eng avvalo
turli xildaga g’oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyatini
o`rganmoq zarur.
13
Ma`lumki, har qanday tushuncha, fikr va qarash ham milliy g’oya
bo`la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr-o`ziga xos qarashdir, ijtimoiy fikr esa
voqelikka nisbatan o`zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol
munosabatni ifodalaydi. G’oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga,
zarurat tug’ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi. Jamiyat
hayotida turli xil fikr va g’oyalarning o`rni muhim. Lekin, ma`lum bir fikr
mutloqlikka intilsa yoki yakka hukmronlik qilsa, u jamiyat rivojiga katta
salbiy ta`sir ko`rsatadi. Demoqchimanki, “Ikki odam aynan bir xilda
fikrlamagani kabi turli xalqlar, mamlakatlar ham aynan bir-biriga
o`xshashi ya`ni bir xil tarixiga madaniyatga ega bo`lish qadriyatlarni
e`zozlashi umumiy maqsadni ko`zlab ijtimoiy rivojlanish yo`lini andoza
sifatida olishi va faqat unga tayanishi mumkin emas.
Milliy istiqlol g’oyasining o`ziga xos jihati ham shundaki, u fikrlar va
g’oyalar xilma-xilligini tan oladi. Jamiyatning yakka – yagona mafkurasi
sifatida biron-bir fikr, g’oyani e`tirof etmaydi. erkinlik xususan fikr
erkinligi va xilma-xillik principlariga amal qilish Milliy istiqlol g’oyasi
uchun muhim fikr erkinligi va g’oyalar xilma-xilligiga asoslanish
taraqqiyotni ta`minlab turuvchi, inson salohiyatini oshiruvchi nayob
imkoniyatdir. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, o`z davlatchiligini
qo`lga kiritish, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qaerda engil va
osonlikcha bo`lmagan. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o`z
taraqqiyot yo`lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o`z andozasini
ishlab chiqishiga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar
o`rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan,
diniy e`tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari ham shuni taqozo etadi.
Masalana, dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yo`lining turli variantlari mavjud.
14
Turkiya, Janubiy Koreya, Shveciya modellari va boshqalar bunga misoldir.
Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi industrial mamlakatlarning
tajribasi ham shuni ko`rsatadi. Ikkinchi jahon urushidan so`z Ovrupa
mamlakatlari va Yaponiya xalq xo`jaligini qayta tiklash rejasi ham buning
amaliy namunasi bo`ldi.
O`zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to`plangan va
respublika sharoitiga tadbiq qilsa bo`ladigan barcha ijobiy va maqbul
tajribalardan, shak-shubhasiz, samarali foydalanadi. Biron-bir modelni,
hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham, ko`r-ko`rona ko`chirib olish
to`g’ri emas. Aksincha, aniq-ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat
uchun mo`ljallangan bo`lsa, o`sha mamlakatning o`ziga xos sharoitdagina
ijobiy natija beradi. “Jahon xalqlari va o`zimizning amaliyotimizdagi
olingan barcha ijobiy tajribani rad etmagan holda, o`z ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy huquqiy taraqqiyot yo`limizni tanlab olish respublikaning qat`iy
poziciyasidir. Bu – o`tmish yillarning xotimalarini, davlat tuzilishining
shakl va usullariga nisbatan mavjud qaqarashlarni idrok etish natijasidir.
Bu, tarkib topgan ijtimoiy voqelikga berilgan real bahodir. Bu –
O`zbekiston xalqining ijtimoiy taraqqiyotiga munosib turmush sharoitiga
intilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |