1. Mustaqillik yillarida ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikning tiklanishi.
Mustaqillikni amalga oshirish va mustahkamlash sharoitida ma’naviy qadriyatlarni
tiklash va o‘zlikni anglashga alohida e’tibor berildi.
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar davomida sharq xalqlari
uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qildi. Uzoq vaqt davom etgan qattiq
mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy
va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Biroq, shuni ham ta’kidlash kerakki, ma’naviy qadriyatlarni hamda xalq uchun muqaddas
bo‘lgan diniy qadriyatlar va an’analarni qaytadan tiklash, o‘zligimizni anglash ancha
murakkab sharoitda eski imperiya tuzumi barbod bo‘lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar
qaror topayotgan sharoitda yuz berdi. O‘sha davrda jangari millatchilik, diniy ekstremistik
ruhdagi xatti-harakatlar, ayrim siyosiylashgan guruhlarning naqadar tajovuzkorona
nafratlari ko‘chaygan edi. Shu bilan birga o‘tmish qadriyatlarini, an’analarini va turmush
tarzini betartib ravishda, orqa-ketini o‘ylamay qayta tiklash va boshqa keskinlikka, hozirgi
davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi
mumkin edi. Bunday vaziyatni hisobga olgan mustaqil O‘zbekiston davlati, ma’naviy
tiklanishning ijobiy bunyodkorlik mohiyatini kuchaytirishga qaratilgan, bir-birini
to‘ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy dasturlarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi.
Ushbu dasturda o‘tmish qadriyatlarimizni tiklashda umuminsoniy qadriyatlarni
boyitadigan hamda jamiyatimizni demokratiyalash va yangilash talablariga javob
beradigan, axloq jihatdan ahamiyatli an’analarni, urf-odatlarni tanlab olishga asoslandi.
Xalqimiz adolat, milliy iftixor, tenglik, ahil qo‘shnichilik, do‘stlik, insonparvarlikning
nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda. O‘zbekistonni yangilashning oliy
maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda
tinchlik va demokratiyani, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol
toptirishga erishish uchun shart-sharoitlar yaratishdir.
Ma’naviy qadriyatlarni tiklashda milliy o‘zlikni anglash jarayonida xalqimiz istiqlol
tufayli, siyosiy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashning
chinakam egasi bo‘ldi, o‘zining ma’naviy tarixiy ildizlarini o‘rganish imkoniyatiga
muyassar bo‘ldi.
Xalqning, o‘lkaning, davlatimizning, hududining holisona tarixini tiklash o‘zlikni
anglashda, milliy iftixorni tiklashda g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tarix millatning
haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va tajribalari
tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda, axloqiy tarbiya va
ibrat manbaiga aylanmoqda. Milliy qadriyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk
ajdodlarimizning madaniy meroslariga e’tiborni qaratildi. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy
aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida
mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan.
Ma’naviy meros nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda?
Xalqimizning etnik madaniy va diniy qadpiyatlapini tiklanishi, ma’naviy uyg‘onishining
yana bir bitmas tugamas manbai bo‘ldi. Ming yillar davomida Markaziy Osiyo g‘oyat
xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib
kelgan.
O‘zbek xalqi ruhining tiklanishi, millatning ma’naviy-axloqiy g‘oyalarining
shakllanishi chuqur milliylik bilan umuminsoniylik chambarchas bo‘lgan hodisadir.
166
Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishida oila va qarindoshlik munosabatlari odobini
yangilash, qayta tiklash muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda yashagan ajdodlarimiz
merosiy an’analariga g‘amxo‘rlik qilish mustaqillik davrining asosiy axloqiy qoidasi
bo‘lib qoldi. Oila qadriyatlari va qon-qarindoshlik munosabatlarini qayta tiklanishi har bir
oilaning iqtisodiy-madaniy va kasb jihatdan erkin bo‘lishi imkoniyatini anglatadi.
Milliy qadriyatlar bilan demokratik qadriyatlarni bog‘liqligi nimada? Milliy
qadriyatlar bilan demokratik qadriyatlar hozirgi zamon taraqqiyoti singdirayotgan yashash
me’yorlarining umumlashmasidan ibora-T.,
Inson huquqlari, tadbirkorlik, erkin savdo, ijtimoiy adolat, o‘zaro yordamlashuv,
siyosiy erkinliklar va boshqalar demokratik qadriyatlarni amalga oshirishda jamiyatdagi
o‘rni va ahamiyati katta.
Fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy g‘oya va
qoidalarini o‘z ichiga singdirgan. O‘zbekistonda yashovchi har bir inson fuqarolik
huquqiga ega hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum
etilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganidan
qat’iy nazar hamma uchun tengdir. Fuqarolik har bir insonga respublikaning iqtisodiy,
siyosiy, huquqiy va madaniy turmushida mumkin qadar to‘laroq ishtirok etish imkonini
beradi. O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikka keng erkinliklar berilgan.
Konstitutsiyada xususiy mulkni davlat tomonidan himoya qilinishi bayon qilingan.
Bundan maqsad iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik, hamda yakka, hokimlikka barham
berishdan, korxonalar, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarning mustaqilligini
kengaytirishdan ibora-T.,
Ma’naviy qadriyatlarning dunyoviy mazmuni nima? Jahon hamjamiyatining
mustaqil O‘zbekistonni tan olishi o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlapini tiklanishiga,
o‘zini boshqa xalqlar orasidagi to‘la huquqli millat sifatida anglay olishiga kuch
bag‘ishladi.
Jahon hamjamiyati mamlakatlari bilan mustaqil O‘zbekistonning o‘zaro aloqalari
o‘zbek xalqi xususan yoshlar salohiyatiga ularning ilm-fan sirlarini o‘rganishida yangi
imkoniyatlar ochdi. Shuning uchun ham hozirgi kunda horijiy xalqlarning madaniy
qadriyatlaridan tanlab foydalanishga ehtiyoj kuchaymoqda.
Ma’naviy qadriyat Ma’rifatli xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning
eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib kelgan. O‘zbek xalqining kelajagining eng avvalo
o‘zining ma’naviy qadriyatiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog‘liq. Shuning uchun
ham moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma’naviy va axloqiy o‘sish ehtiyojiga
to‘sqinlik qilmasigi lozim. Mustaqillik mamlakatimiz aholisining bilim doirasini
kengaytiruvchi ma’naviy tiklanish, fikrlash tarzini mustaqillik ruhi belgilaydigan yangi
avlodga mansub ijobiy ziyolilarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Demokratik taraqqiyotni hozirgi sharoitda yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda milliy
va jahon bilimining eng yaxshi tomonlarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirishga
alohida e’tibor berilmoqda.
Xalqning ma’naviy tiklanishi yangicha tafakkur tarzi ma’naviy qudrati va milliy
ongining ijodiy kuchi mustaqillikning istiqbolini belgilab bermoqda, jamiyatning jahon
hamjamiyatiga qo‘shilib borishini ta’minlamoqda.
167
3. Mustaqillikni mustahkamlash jarayonida mafkurasi milliy istiqlol
Hozirgi kunda o‘zbek xalqi insoniyat tarixida o‘xshash andozasi bo‘lmagan
murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Ya’ni, nafaqat iqtisodiy hayotimizda, balki, ong
tafakkurimizda ham yangilanish, o‘zgarish jarayonlari kechmoqda. Milliy mustaqillik
ozodlik yo‘li erkin hayot uchun kurash aslida mana shunday mashaqqatli bo‘ladi.
Mafkura deganda nimani tushunasiz? O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda
mafkura qanday o‘rin tutadi? O‘zbekistonning o‘ziga xos mustaqil taraqqiyot yo‘lida
pirovard maqsadi bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot uchun kurash
borasidagi intilishda ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos-milliy g‘oya, milliy
mafkura bo‘lishi shart, chunki o‘z milliy mafkurasiga tayanmagan jamiyat inqirozga
duchor bo‘lishi, o‘z yo‘lidan adashishi muqarrar.
Mafkura faqat bugun emas, balki, hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-
ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z
maqsadlariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo‘lib
kelgan.
Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab insonlar o‘zlarining yashash sharoitlarini
yaxshilashga, uni adolat qoidalari asosida tashkil qilishga intilganlar. Uning yo‘llari
usullari izlab kelingan. Ular o‘zlarining bu urinishlarini muayyan g‘oyalar orqali ifoda
etishga intilishgan. Shuning uchun ham mafkuraga ehtiyoj vujudga kelgan va u yaratilgan.
Mafkura har bir tarixiy shart-sharoitlarining o‘ziga xos tomonlarini ifoda etishi bilan
birga har bir xalqning o‘ziga xos milliyligini ham aks ettiradi.
Har bir tarixiy sharoitda har bir xalqning o‘ziga xos mafkurasi bo‘lgan. Mafkura
jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o‘zida
mujassamalashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi.
Binobasin, toki hayot mavjud ekan mamlakatlar, xalqlar va ulaning mafkuralari bor ekan,
ular o‘z taraqqiyoti yo‘lini ertangi kun ufqlarini o‘zining milliy g‘oyasi, milliy mafkurasi
orqali belgilab olishga intiladi.
Biroq, sovetlar zamonida mafkura milliy bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblangan.
Milliy mafkura xususida hatto so‘z ham yuritilmagan. Buning natijasida o‘zbek millatining
milliy ongi, dunyoqarashi, milliy g‘ururi, iftixori anchagina sustlashtirib yuborilgandi.
O‘zbekiston milliy mustaqillikka erishgach o‘zining istiqlol mafkurasini nazariy
jihatdan ishlab chiqish, uni xalq orasida keng targ‘ibot qilish, har bir fuqaro ongida
mustaqillik mafkurasining mazmun va mohiyatini singdirishi, istiqlol yo‘liga xos o‘zbek
milliy mafkurasini ilmiy asosda yaratish kabi o‘ta muhim va sharafli vazifa paydo bo‘ldi.
1993 yil 23 fevral kuni Prezident I.A.Karimov bir guruh adiblar bilan suxbat qilib
milliy istiqlol mafkurasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy kengashi 12-sessiyasida 1993 yil 6 mayda oldimizda turgan eng muhim
masala bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va uni hayotimizga tadbiq etish ekanligi
alohida ta’kidlagan.
Mustaqillikning keyingi yillarida I.A.Karimov respublikaning bosh mafkurachisi
sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning asarlarida, maqollarida, nutqlarida, matbuot
vakillarining savollariga bergan javoblarida milliy istiqlol mafkurasining ilmiy nazariy
qoidalari asoslandi, uni yangi mazmun yangi g‘oyalar bilan boyitildi.
Biroq, shuni ham aytib o‘tish kerakki, har qanday mustaqil davlat dastlab biron bir
mafkurani davlat mafkurasi sifatida olishi mumkin emas. Bir jamiyat, ijtimoiy guruh yoki
168
millatning mafkurasini boshqa jamiyat millat mafkurasiga majburan qabul qildirishi ham
mumkin emas, bunga yo‘l qo‘yib ham bo‘lmaydi. Bunday harakatlar demokratiya va
erkinlik qoidalariga millatlarning suverenligiga ziddir.
Shu sababli O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasini asriy milliy qadriyatlarimiz,
yangi vujudga kelayotgan xalqimizni bugungi va kelajakdagi manfaatlarini ifodlaydigan
g‘oyalar shuningdek, umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirilib borilmoqda.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgan dastlabki kunlardan boshlab, o‘zbek xalqi o‘z
milliy an’analariga, urf-odatlariga zid bo‘lgan kommunistik mafkuradan voz kechdi,
o‘zining demokratik jamiyat barpo etishdek ulug‘ maqsadlarini, harakat dasturlarini
muayyan milliy mafkura orqali aniqlashga intildi.
Biroq, O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi o‘ta murakkab
ziddiyatlarga to‘la davriga to‘g‘ri keldi. Umuman bir mafkuradan ikkinchi mafkuraga
o‘tish darrov, qisqa davr ichida amalga oshmaydi. Xalq millat o‘z milliy mafkurasini butun
umri davomida takomillashtirib boyitib boradi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, mafkura qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, u
uzluksiz jarayon bo‘lib, hayot davom etar ekan mafkuraning oldiga qo‘yiladigan yangi-
yangi talablar ham paydo bo‘laveradi. Shy sababli inson taraqqiyotidagi yangi-yangi
o‘zgarishlar, yangilanishlarni taqozo etadigan milliy manfaatlariga javob beradigan milliy
mafkurani yaratish uchun ko‘p yillar davomida muntazam ish olib borish lozim bo‘ladi.
Insoniyat taraqqiyoti tajribasi millat mafkurasining bir necha avlod umri davomida ishlab
chiqqanligidan va takomillashib borganligidan dalolat beradi. Xalq, millat mafkurasini
shakllantirish uchun isoniyat tarixining turli davrlarida aql-zakovat yorqin tafakkurga ega
bo‘lgan buyuk shaxslar zahmat chekkanlar. Ular Konfustiy (Xitoy), Maxatma Gandi
(Hindiston), Demokrit va Aristotel (Gretsiya), Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy,
Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur,
Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy (O‘rta Osiyo) va boshqalardir.
Demak, milliy mafkurani yaratish yzoq yillar davom etgan uzluksiz jarayon
hisoblanadi. Aynan mana shunday sharoitda, ya’ni umri o‘tib bo‘lgan g‘oya, mafkura
o‘rnida jamiyatda yangi bir g‘oya ilg‘or bir mafkura shakllanishi jarayonida mafkuraviy
bo‘shliq yuzaga kelishi mumkin.
Mafkuraviy bo‘shliq nima, uning ma’nosini tushuntirib bering? Mustaqillikning
dastlabki yillarida O‘zbekistonda ana shunday mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘ldi. Bu
bo‘shliq jarayonidan foydalangan, mamlakatimizga o‘z hukmini o‘tkazishni istagan turli
kuchlar mafkuraviy kurash boshladilar. Prezidentimiz uqtirganidek, avvalo mafkura
dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik kerak, agar shunday holat yuz bergan taqdirda bo‘sh
qolgan mafkura maydonidan bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g‘oyalar
o‘rin egallashga urinishi shubhasiz.
Bugungi kunda dunyoda borayotgan kurashlar ichida eng kuchli, eng ta’sirchan
kurash, avvalo, mafkura maydonlarida olib borilmoqda va bu kurashda yengish uchun juda
ko‘p mablag‘ imkoniyat va kuchlar safarbar qilinmoqda. Ilgari kuchli davlatlar zaif
mamlakatni bosib olib, o‘z hukmini o‘tkazgan bo‘lsa, endilikda o‘z ta’sir doirasiga
olmoqchi bo‘lgan mamlakatlar aholisining ongini o‘ziga qaram qilishga intilmoqdalar.
Bu kuchlarning mamlakatimizga o‘z hukmini o‘tkazishga intilishining sababi
O‘zbekistonning jo‘g‘rofiy-strategik imkoniyatlari, ya’ni Markaziy Osiyo mintaqalarining
markazida joylashganligi, tabiiy xom ashyo zahiralariga boyligidir.
169
Biroq ularning eng yovuz quroli milliy qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan, yosh
avlodning qalbi va tafakkurini qoplaydigan mafkuradir. Ular diniy ekstremizm, yosh
mustaqil davlatlarni sobiq ittifoqqa birlashtirish g‘oyasi, tariximizni, milliy qadriyatlarimiz
va din, madaniyatni soxtalashtirishga urinishlar, narkobiznes, noqonuniy qurol-yaroq
savdosi, terrorchilik va boshqalardir.
Masalan, ba’zi yoshlarni yo‘ldan chalg‘itayotgan diniy ekstremizm xavfini olaylik.
Ular islom xalifaligini tiklab, uning bayrog‘i ostida musulmon xalqlarini yangi imperiyaga
birlashtirishga qaratilgan mafkuraviy tahdiddir.
Xo’sh, shunday ekan endi voyaga yetayotgan yoshlarimizni qanday g‘oya va
mafkura bilan qurollantirishimiz kerak. U nimalarni o‘zida mujassamalashtirishi va
qanday talablarga javob berishi kerak?
Davlatimiz rahbari asoslab berganidek, milliy mafkurani shakllantirishda, avvalo
ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy me’rosidan oqilona foydalanish lozim. Ajdodlar
vasiyatiga sodiq va munosib bo‘lmog‘imiz lozim.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga,
ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat
tuyg‘ularini xalqimiz, yoshlarimiz ongiga singdirish lozim. Milliy mafkura zamonaviy
umumbashariy, umuminsoniy yutuqlarrdan oziqlangan, ularni o‘ziga qamrab olgan holda,
yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yo‘lida xizmat qilish hissini
tarbiyalamog‘i darkor.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizga xos bo‘lgan eng muqaddas tuyg‘u va
tushunchlarning mujassam ifodasi bo‘lishi kerak. Ular Vatanga – ona tiliga muhabbat,
milliy, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, muqaddas dinimiz va oilaga hurmat, mehr-
oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharm-u hayo kabi fazilatalardir.
Ayniqsa, yoshlarning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish,
ularni mustaqil fikrga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida
o‘zligini unutmaslikka, ota-bobolarimizning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va
hurmat qilish fazilatlarini shakllantirish, shu orqali ularning mafkuraviy immunitetini
kuchaytirish lozim, toki yoshlarning men o‘zbek farzandiman deb g‘urur va iftixor bilan
yashashiga erishish. Ana shunda biz uchun mutlaqo begona bo‘lgan g‘oyalar o‘z ta’sirini
o‘tkaza olmaydi.
XXI asr bo‘sag‘asida xalqaro vaziyatda, dunyodagi kuchlar nisbatida tub
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Sobiq ittifoqning parchalanishi natijasida ikki siyosiy
kuchlar qarama-qarshiligi, sovuq urush siyosati barham topdi. Ammo dunyo g‘oyat
murakkab muammoli bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qolmoqda. Dunyo tinchligiga,
umumiy xavfsizlikka taxdid soluvchi xavf-xatarlar oqlanib qoldi. Ular
quyidagilardan iborat:
Kuchlar nisbati ilgari ikki joyda (SSSR va AQSh) da to‘plangan, ikki qutbli
bo‘lgan bo‘lsa, endi ko‘p qutbli bo‘lib qoldi, nazorat qilish qiyinlashdi. Turli
darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ziddiyatlar yanada kuchaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy boyligi hisoblangan tabiiy resurslarini
rivojlangan mamlakatlar o‘z qo‘liga olishga, nazorat qilishga intilishi kuchaydi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda ijtimoiy barqarorlikka qarshi xavf va xatarlar o‘sib
bormoqda.
170
Umumiy xavfsizlikka, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikka ayrim davlatlardagi
muayyan siyosiy kuchlar tomonidan yuritilayotgan buyuk davlatchilik shovinizm
va agressiv millatchilik siyosati ham xavf solmoqda. Bunday siyosatning xavfi
xalqlaro, davlatlaro, millatalararo qarama-qarshilikni, mojarolarni keltirib
chiqarmoqda.
Buyuk shovinistik davlatlar kichik davlatlarning, endigina mustaqillikni qo‘lga
kiritgan yosh davlatlarning xalqaro-huquq va ichki davlat suverinitetini ro‘yobga
chiqarishga qarshilik ko‘rsatmoqdalar, tashqi iqtisodiy aloqalarni chegaralashga va
kamsitishga o‘rinmoqdalar. «Sovuq urushi» siyosati barham topganligi natijasida
yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo‘lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg‘in
qurollarining
boshqa
mamlakatlarga
tarqalayotganligi
ko‘p
miqdorda
saqlanayotganligi dunyo ahlini tavishlantirmoqda.
Hozirgi dunyoda biran-bir mamlakat, shu jumladan O‘zbeksiton ham,
boshqalardan ajralgan hudud emas. Shu nuqtai nazardan qaralganda O‘zbekiston
xavfsizligi uchun tahdid solayotgan zaminlar mavjud. I.A.Karimov o‘zining
«O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida…» asarida O‘rta Osiyo davlatlari, jumladan
O‘zbekiston xavfsizligi uchun solayotgan tahdidini ko‘rsatib beradi. Ular
quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston amalda Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengiz havzasi neft va gazga juda
boy konlari joylashgan yarim xalqning strategik markazi hisoblanadi. Ya’ni bu
yarim halqa atrofida butun dunyo energiya taqchilligi sharoitida yaqin yillar va jahon
kelajagi uchun ham xal qiluvchi rol o‘ynaydidigan energiya zaxiralari mavjud. Bu
jahon davlatlarining qiziqtirmasdan qolmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Rossiya, Xitoy va Hindistonning, Sharq va g‘arb
mamlakatlarining bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari yuzaga chiqadigan
mintaqaning bir qismi. Aslida shakllanib kelayotgan, lekin kuch qudratli, XXI
asrning qiyofasini shubhasiz belgilab beradigan kuch markazlari ana shu
mintaqadan manfaatdorlar. Yevropa, Osiyo markazlari tutashgan yerda joylashgan
O‘zbekiston hududidan islom dunyosining Turkiya, Pokiston, Eron va Saudiya
Arabistoni kabi qudratli malakatlar ham yuqoridagi kuchlar kabi manfaatdorlar.
Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolari, Orol fojiasi ham
mamlakatimiz uchun noqulaylik omillidir. Shuningdek, mustamlakachilik davrida
yuritilgan Turkistonning bo‘lish, millat va elatlari ustidan hukmronlik qilish
siyosatining asarotlari hozirgacha tashvishli omil hisoblanadi.
Yana bir noqulaylik shundan ibortki, O‘zbekistonni etnik, demografik,
iqtisodiy va boshqa muammolar yoki ostida qolgan mamlakatlar qurshab turibdi.
Buni ustiga yurtimiz mintaqadagi diniy eksterizm etnik murosasizlik narkobiznes va
har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotgan, mojarolar avj olgan
Afg‘oniston kabi beqarorlik o‘chog‘i bilan chegaradosh.
Bularni hisobga olib O‘zbekiston Vatan xavfsizligi va ijtimoiy
barqarorliklikning ta’minlash uchun chora va tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
ishlari Vazirligi tashkil (1991 yil 6 sentabrda) qilindi, O‘zbekiston qurolli kuchlari
barpo (1992 yil 14 yanvar) etildi. 14 yanvar «Vatan himoyachilari kuni» bo‘lib
qoldi.
171
Vatanimiz Xavfsizligini ta’minlash va mustahkamlashda 1992 yil 3 iyunda
Parlamentda qabul qilingan «Mudofaa doktrinasi» xizmat qilmoqda. Unda
quyidagilarni belgilangan: O‘zbekiston jahondagi biror davlatni o‘zining dushmani
deb hisoblamaydi; Xalqaro muammolarni urush yo‘li bilan hal etishga qarshi
chiqadi; biror davlatga birinchi bo‘lib harbiy harakatlar boshlamaydi; Yadro
kurashsiz yashash prinsiplariga amal qiladi.
1996 yili O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik konsepsiyasi ishlab
chiqildi, uning huquqiy asosini belgilovchi qonunlar yaratildi. 2002 yil 29 avgust
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasida I.A.Karimov
qurolli kuchlarni isloh qilish to‘g‘risida qator vazifalarni amalga oshirishni belgilab
berdi. Shu asosida Mudofaa Vazirligi, yagona qo‘mondonlik organi qurolli
kuchlarining birlashgan tartibi tuzildi.
Vatan xavfsizligini mustahkamlash ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo
totuvlikni ta’minlash bilan ham bevosita bog‘liq. Shu boisdan O‘zbekiston davlati
millatlararo munosabatlarni boshqarib borishda ham muhim harakat dasturlarini
ishlab chiqdi. Respublikada yashovchi millat vakillarining milliy madaniy
markazlari, respublika baynaminal millat madaniy markazlari tashkil etildi. Bunday
markazlar millatlararo yangi munosabatlarni qaror topishida muhim ahamiyatga ega
bo‘lmoqda.
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning muhim omillaridan biri kishilarni kuchli
ijtimoiy himoya qilishdir, shu boisdan kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya
qilishning kuchaytirishga oid tadbirlar amalga oshirildi, mahallalar orqali bolalar va
kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo‘ldi.
Vatanimiz milliy xavfsizligini ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda
O‘zbekisitoning xalqaro hamjamiyati va davlatlararo xavfsizlik harakatida ishtiroki
ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham O‘zbekiston Yevropa xavfsizlik
va hamkorlik tashkilotlarida, Yevropa ittifoqi, Shimoliy Atlantika hamkorlik
kengashi va boshqa tashkilotlarda ishtirokini kengaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |