Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki a
sоsiy bоb, tajriba-sinov ishlari,
x
ulоsa va tavsiyalar, fоydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan ibоrat.
8
I b
оb. Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida fe`l – so’z turkumini
o’rganishning nazariy asoslari.
1.1 So’z turkumlari -
bоshlang’ich sinf оna tili ta’limining asоsi.
«Biz yosh avlodni mustaqil bilim ola bilishga o`rgatishimiz lozim. Bu narsa
bizning umumta`lim maktablari hal qilishi zarur bo`lgan eng muhim masalalardan
biridir».
1
O`quvchilarni mustaqil bilim olishga tayyorlash ishlari boshlang`ich
sinflardan boshlanadi. Shuning uchun ham dasturlarda bu masalaga alohida e`tibor
berilgan.
Maktabda dars o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning as
оsiy shakli
his
оblanadi. Shunday ekan, оna tili o’qitishning samaraliligi darsning sifatiga
bev
оsita bоg’liq.
Darsga qo’yilgan umumdidaktik talablar pedag
оgik adabiyotlarda keng
yoritilgan. Ularni
оna tili o’rgatishga tadbiq qilib, metоdik aniqliklar kiritilsa, оna
tili darslariga qo’yilgan talablar quyidagicha bo’ladi:
Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o’quvchilarni
tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o’quvchilarning o’quv fa
оliyatini tashkil
etishga, f
оydalaniladigan til materialining g’оyaviy-siyosiy, estetik va badiiy
qimmatli bo’lishiga, tilni o’rganish jarayonida b
оlalarda dunyoqarash elementlarini
shakllantirishga al
оhida ahamiyat berish zarur. Ijоdiy izlanish muhiti yaratilgan
darslarigina zarur axl
оhiy sifatlar tarbiyalanadi.
Fe`l haqida dastlabki ma`lumot boshlang`ich ta`limda olinadi. O`quvchilar
bordi, yugurdi, yozdi kabi fe`llarning harakat bildirishini yaxshi tushunganlari
holda, uxladi, tingladi, mudradi so`zlarining holat bildirishini izohlashda
qiynaladilar. Shuning uchun ularga harakat va holat tushunchasini aniqlab olish
yo`llarini batafsil tushuntirish darkor.
Fe`lning semantik va grammatik belgilarini izohlashda ularni boshqa so`z
turkumlari bilan qiyoslash maqsadga muvofiq . Chunonchi, ot predmetning
nomini, sifat uning belgisini bildirsa, fe`l predmetning harakati yoki holatini
1
Boshlang’ch ta’lim bo’yich yangi tahrirdagi o’quv dasturi.- Toshkent, 2010.
9
bildiradi, shaxs bildiruchi har bir fe`l o`zi bo`g`langan so`zning gapda bo`lish
bo`lmasligidan qat`iy nazar, yaxlit bir gapni hosil qila oladi; otda va sifatda bunday
xususiyat yo`q; ot turlanadi, fe`l tuslanadi. Fe`l boshqa so`z turkumlaridan
grammatik belgilari bilan ham farq qiladi.
Fe`lning harakterli belgilaridan biri zamonni ko`rsatishi va shaxs-son
qo`shimchalari bilan o`zgarishidir.
Fe`l so`z turkumini o`rganishda so`z xazinasini boyitish, nutqiy salohiyatni
yuksaltirish imkoniyatlari benihoya katta.
O`quv mashg`ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismini amaliy ishlar
egallashi lozim o`quvchidagi nutq zaxirasini boyitish, og`zaki va yozma nutqni,
ijodiy tafakkurni rivojlantirish, fikrni to`g`ri va muxtasar ifodalash malakalarini
shakllantirish til talimida eng muhim va zaruriy masala hisoblanadi.
Mazkur maqsadga erishishning yagona yo`li – fe`lning grammatik
ma`nolarini o`rganish bilan bir qatorda ularni ma`noviy guruhlarga ajratish, o`zaro
qiyoslash, farqlash, ular ishtirokida so`z birikmalari va gaplar qurish , mustaqil va
mukammal matn yaratish yo`llarini o`rganishdan iborat bo`lmog`i lozim.
Ma`lumki, tilimizdagi ma`nodoshlarning anchagina qismini fe`llar tashkil
etadi. Taniqli tilshunos olim A.Hojiyevning ,,O`zbek tili sinonimlarining izohli
lug`ati’ ’ da 217 fe`lning ma`nodoshlik uyasi berilgan.
O`quvchilarning fe`l so`z turkumi ustida ishlash va lug`at zaxiralarini
boyitishga yo`naltirilgan o`quv topshiriqlaridan namunalar keltirish mumkin:
1. Berilgan fe`llarga ma`nodoshlar topish; ajablanmoq, taajjublanmoq, hayron
bo`lmoq, hayratga tushmoq: ajratmoq, ayirmoq, yolg`iz qoldirmoq,
yakkalatmoq, judo qilmoq, mahrum qilmoq, tanho qoldirmoq…
2. Ma`nodoshlarning ma`no darajasini izohlash, sharhlash va ularni o`zaro
farqlash –so`z boyligini oshirishning nutqiy salohiyatni shakllantirishning
ishonchli vositasi hisoblanadi.
3. Berilgan ma`nodoshlar qatoridagi har bir so`z bilan so`z birikmalari va
gaplar tuzish. Masalan: so`z birikmalari hosil qilish; so`z sehridan
10
hayratlanmoq, ko`zlariga ishonmay hayron bo`ldi, hayot so`qmoqlarida
yolg`iz qolmoq, mehribonlaridan ayirmoq;
Gap tuzish; Shafqatsiz turmush yosh Jamilani hayotning mashaqqatli
so`qmoqlarida tanho qoldirdi, barcha mehribonlaridan ayirdi…kabi ijodiy amaliy
topshiriqlarni bajarish yaxshi samaralar beradi.
O`quvchining nutqiy taraqqiyotini ta`minlashda;
--berilgan gapdagi tuslangan fe`llarni tuslanmagan fe`llar bilan
almashtirish;
--qo`shma gaplarni soda gaplarga aylantirish;
Jahongir keldi va muzokara boshlandi.
Jahongir kelgandan keyin muzokara boshlandi;
--tuslangan fe`l o`zaklaridan harakat nomlari hosil qilish; yoz-yozuv, yozish,
yozmoq; bor-borish, boruv, bormoq…
Ular yordamida gaplar tuzish va ma`no farqlarini tushuntirish; chiroyli yoz
(undash ma`nosi), lotin yozuvi (yozuv turi), xatosiz yozish (savodxonlik darajasi),
kitob yozmoq (maqsad ,niyat ma`nosida) birikmalarini gaplarga aylantirish (yozdi-
yozmadi) kabi zid ma`nolarini hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ish turlari hozirgi
o`zbek tilini mukammal o`rganishda samarali natijalar beradi.
O`quvchi kommukativ savodxonligini ta`minlashda fe`lning uslubiy
imkoniyatlaridan o`rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Fe`l zamonlari
o`rganilayotganda zamon shakllarini hosil qiluvchi vositalar shakldoshligiga
e`tibor qilish lozim. Chunki zamon shakldoshlarini hosil qilishga oid amaliy
mashqlar nutqiy taraqqiyot uchun ham o`ta muhim. O`quvchilar fe`l zamonlari
bilan tanishayotganda zamon qo`shimchalarining almashinib ishlatilishiga oid
ijodiy-amaliy ishlarni bajarishlari ham maqsadga muvofiq bo`ladi.
Fe`l ifodalagan ish-harakatning paytga munosabati fe`l zamonlari deyiladi.
Fe`llarda uchta zamon mavjud;
1.
O`tgan zamon fe`llari nutq paytidan oldin bajarilgan yoki
bajarilmagan ish-harakatni bildiradi; yozdi, keldi, bordi.
O`tgan zamon fe`llari o`z navbatida besh turga bo`linadi;
11
1) yaqin o`tgan zamon fe`llari –di qo`shimchasi va tuslanish yordamida
hosil qilinadi ; keldi, bordim.
2) uzoq o`tgan zamon fe`llari –gan qo`shimchasi va edi, ekan fe`llarini
tuslash yordamida hosil qilinadi; kelgan edi.
3) o`tgan zamon hikoya fe`llari –ib qo`shimchasini olgan fe`llarni tuslash
yordamida hosil qilinadi; kelibman.
4) o`tgan zamon maqsad fe`llari –moqchi qo`shimchasi va edi fe`lini tuslash
yordamida yasaladi; kelmoqchi edik.
5) o`tgan zamon davom fe`llari –(a)r qo`shimchasi va edi fe`lini tuslash
yordamida yasaladi;kelar eding.
2. Hozirgi zamon fe`llari nutq paytini o`zida bajarilayotgan yoki
bajarilmayotgan ish-harakatni bildiradi va ikki turga ajratiladi;
1) hozirgi zamon davom fe`llari –yap ,-moqda, -yotir qo`shimchalari va
tuslanish yordamida hosil qilinadi; kelyapti, bormoqda. Bu zamon turi yot, tur,
yur, o`tir ko`makchi fe`llari yordamida ham yasaladi; yozib yotibdi, yozib
turibdi, o`qib yuribdi, gaplashib o`tiribdi.
2) hozirgi kelasi zamon fe`llari –a yoki –y qo`shimchalari va tuslanish
yordamida hosil qilinadi; boraman, kelasan, o`qiyman .
3) Kelasi zamon fe`llari nutq paytidan keyin bajariladigan yoki
bajarilmaydigan ish-harakatni bildiradi va ikki turga ajratiladi;
1) kelasi zamon maqsad fe`llari –moqchi qo`shimchasi va tuslanish
yordamida yasaladi; bormoqchiman, kelmoqchisan.
2) kelasi zamon gumon fe`llari –(a)r qo`shimchasi va tuslanish
yordamida yasaladi; borarman, kelarsan, o`qirman.
So`z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so`zlarning
leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko`ra turli guruhlarga
ajratilishi, yani so`z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.
So`zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga;
1) leksik ma`nosi ( nimani ifodalashi, ya`ni shaxs, narsa, harakat yoki holat,
belgi kabilarning umumlashtirilgan ma`nolari);
12
2) morfologik ( so`zlarning turli shakllari tizimi);
3) sintantik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi)
belgilariga asoslaniladi. Demak, so`z turkumlari ustida ishlash o`quvchilarning
muayyan guruhdagi so`zlarni umumlashtirilgan ma`nolarini kishilarni aloqa
vositasi sifatidagi ro`lini tushunib olishlariga qaratilishi zarur.
Boshlang`ich
sinf o`quvchilari so`z turkumlari bilan umumiy
tanishtirilgandan so`ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o`rganiladi. Bu so`z
turkumlarini o`rganishning boshlang`ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay
sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy
tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari ot,
sifat, son, fe`lning quyidagi hususiyatlarini bilib oladilar.
1) so`z nimani bildirishi;
2) qanday so`roqlarga javob bo`lishi;
3) o`zgarish-o`zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi;
4) gapda, asosan, qanday bo`lak vazifasida kelishi.
O`quvchilar mana shu o`rgangan belgilari asosida so`z turkumlarini
taqqoslaydilar. Ular nimani o`rganganlariga qarab, har bir so`z turkumining
grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va chuqurlasha boradi.
Dasturga ko`ra, boshlaang`ich sinfda so`zlar dastlab javob bo`ladigan
morfologik so`roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda ,,So`z turkumi’ ’ tushunchasi
shakllantiriladi. O`quvchilar har bir so`z turkumiga xos ayrim belgilar bilan
tanishtiriladi. 4-sinfda so`z turkumlarining morfologik-sintaktik hususiyatlari
haqidagi bilim chuqurlashtiriladi; o`quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan
o`zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshlari va ularning
kelishiklar bilan turlanishini, fe`llarda shaxs son va zamonni o`rganadilar.
O`quvchilarda so`z turkumlarini bilish ko`nikmasi ularni belgilari
yig`indisini egallshlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi
so`zlarining qaysi so`z turkumiga kirishini bilish uchun 2-sinf o`quvchisi
quyidagicha fikr yuritadi; nima-gul, bu so`z narsani bildiryapti, ko`plikda
qo`llanadi-gullar, bu- ot; guldor so`zi qanday so`rog`iga javob bo`lyapti, narsaning
13
belgisini bildiryapti, bu-sifat; gulladi so`zi nima qildi, so`rog`iga javob bo`lyapti,
narsaning harakatini bildiryapti bo`lishsiz shaklda qo`llanadi – gullamadi, bu-fe`l.
Boshlang`ich sinflar dasturi o`quvchilarini so`z turkumlari mustaqil va
yordamchi so`z turkumlariga bo`linishi bilan maxsus tanishtirishni ko`zda
tutmaydi, ammo o`qituvchi bolalarni so`z turkumlarining belgilari bilan amaliy
tanishtiradi.
So`z turkumlarining o`rganishdagi asosiy vazifa o`quvchilarning og`zaki va
yozma nutqini o`stirish lug`atini yangi ot, sifat, son, fe`llar bilan boyitish,
o`quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so`zlarning ma`nosini aniq
tushunishiga erishish, bog`lanishli nutqda u yoki bu so`zdan o`rinli foydalanish
malakasini o`stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaqiyatli hal qilish uchun so`z
turkumlarini o`rganish jaroyonida sinonim antonimlar ustida muntazam ish olib
boriladi. O`quvchilar ko`p ma`noli so`zlar, ularning o`z va ko`chma ma`noda
ishlatilishi bilan tanishtiriladi.
Bunda ta`limni o`quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko`rganlari
radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog`lash muhim ahamiyatga
ega.
O`quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko`nikmalarini
shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularni
nutqini o`stirish vazifasini ham amalgam oshiriladi.
Fe`l ustida ishlashda izchillik, bo`limlar orasidagi bog`lanish, dastur
materialining hajmi, uni har bir sinfda o`rganish usullari va vositalari shu so`z
turkumini o`rganish vazifasi uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi
o`quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
,,Fe`l’ ’ mavzusini o`rganishda asosiy vazifalar; so`z turkumi sifatida fe`l
haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o`quvchilar nutqini fe`llar bilan
boyitish hamda og`zaki va yozma nutqda fe`ldan to`g`ri foydalanish ko`nikmasini
o`stirish, o`quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, Grammatik mavzu bilan
bog`liq holda ayrim imloviy qoidalarni o`zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-
biri bilan bog`liq holda hal etiladi.
14
Fe`lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun
boshlang`ich sinf o`quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi.
Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda
qanchalik zarurligi hisobga olinadi.
Fe`lni o`rganishda izchillik birinchi sinfda fe`l ustida ishlash. Fe`l ustida
ishlashga tayyorgarlik savodga o`rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda
o`quvchilarning diqqati fe`lning leksik ma`nosiga qaratiladi; fe`l uchun tipik
hisoblangan leksik ma`nosiga qaratiladi; fe`l uchun tipik hisoblangan leksik –
grammatik ma`noni, ya`ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish
imkonini beradigan aniq material yig`iladi. Fe`l ustida ishlash mashqlarini
,,Alifbe’ ’ dagi so`z va mashqlarni o`qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog`lab
o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe`lni
topishga, so`z nimani bildirishini va qanday so`roqqa javob bo`lishini aniqlashga
yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni,
daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko`rib, gapni mazmunga mos so`zlar bilan
to`ldiradilar; Kuzda mevalar nima qiladi,…(pishadi), sabzavotlar nima qiladi,…
(yetiladi), daraxt barglari nima qiladi,…(sarg`ayadi).
Bolalar nima qilyaptilar,…(dam olyaptilar),… (o`ynayaptilar) ,…
(ishlayaptilar).
Fe`lni o`rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so`zlar
mavzusini o`rganishdan boshlanadi.
Fe`l leksik ma`nosi bilan grammatik ma`nosi mos keladigan (nima qilyapti)
yugurayapti , arralayapti, sakrayapti, (nima qildi) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima
qiladi) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan o`quvchilar
o`zlari bajargan harakatlarni aytishni so`rab, ular bergan javobini so`roqlari bilan
doskaga yozib, suxbat o`tkazish bilan tushuntiriladi. O`quvchilarni so`roq berish
bilan holat bildiradigan uxlayapti, o`ynayapti, faxrlanadi kabi fe`llarni ham
tanlashga o`rgatib boorish muxim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o`quvchilarda
predmet harakatini keng ma`noda tushunish ko`nikmasining shakllana borishiga
yordam beradi.
15
Dastur o`quvchilarda so`zlarga so`roq berib, ularni bir-biridan farqlash
ko`nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o`qituvchi fe`lning har hil
shakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar o`tkazadi. Nima, so`rog`iga javob
bo`lgan so`z bilan nima qildi, nima qilyapti, nima qiladi, so`rog`iga javob bo`lgan
so`zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe`lni
ajratishga o`rgatadi. Ularning nutqda bir-biriga ta`sir etishini aniqlashga imkon
beradi.
Fe`lga so`roq berishga o`rgatish yuzaki bo`lmasligi, o`quvchilar harakat bir
kishi tomonidan bajarilsa nima qildi, nima qilyapti, nima qilmoqchi, so`roqlarini,
ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa nima qiladilar, nima qilyaptilar, nima
qilmoqchilar, so`roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday so`roqlarga javob
berishga o`rgatish o`z navbatida, fe`l zamonlarini o`rganishga tayyorlash
demakdir.
Birinchi sinfda morfologik so`roq so`z nimani bildirishini aniqlash
maqsadida beriladi. O`quvchilarni so`zga so`roq berishga, o`qituvchi bergan
so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarni tanlashga, so`zni so`roqqa mos ravishda
o`zgartirishga o`rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |