Mavzu:PHP va MySql da ma`lumotlar bazasini boshqarish
bilan ishlash.
PHP va MySQL bog’liqligi va mysql ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
PHP tili turli ma’lumotlar bazasi bilan bog’lana oladi, bu esa uning
yo’tuklaridan biri hisoblanadi. Bu bo’limda MySQL ma’lumotlar bazasi haqida
so’z boradi. Gap shundaki MySQL keng tarqalgan bepul ma’lumotlar bazasi
bo’lib, u PHP – senariylar yaratishda qo’llaniladi. MySQL dastur interfeysi SQL
tili buyruqlaridan foydalaniladi. Har bir ma’lumotlar bazasi o’zining dasturiga ega
bo’lgani kabi MySQL ham dastur interfeysiga ega. MySQL dasturi o’rnatilgandan
so’ng mysql.exe fayli yordamida konsol oynali dastur ishga tushadi. Bazadan
ma’lumotlarga murojat umumiy protsedurasini keltiraiz.
MBBT() ga bog’lanish
SQL() buyruqlari
MBBT() tizimidan chiqish
?>
MySQL - bu eng mashhur va juda ko‘p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini
boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan
ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta
tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi.
Hozirgi kunda juda ko‘p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT
saqlanadi.Ho‘sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab,
ma'lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya'ni fayl
ochilib kerakli ma'lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan.
Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya'ni faylni
ochish, o‘qish, yopish,.. ko‘p vaqtni olib qo‘ygan, u yerdan qidirish, xullas juda
ko‘p), ma'lumotlar bazasiga o‘tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt
foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan
kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o‘xshash juda
ko‘p ma'lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma'lumotlarni o‘zida
saqlaydi.MySQL - juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda
ishlash juda sodda va uni o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi.MySQL tizimi tcx
kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida
ishlatishga yaratilgan.
Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida
yoyildi.So‘rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion
ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan
tashkil topgandir.MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin,
ya'ni MYSQLni ko‘chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va
GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL
shartiga ko‘ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu
dasturingiz ham GPL(tekin) bo‘lishi kerak. Bu esa dasturchiga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik
litsenziyasini sotib olishingiz kerak.
Mysql [-h tugun] [-u foydalanuvchi_nomi] [ma’lumotlar_bazasi_nomi]
Kvadrat qavslar ularning qo’yilishi muhim emasligini bildiradi. Tugun – bu
MySQL ishlab turgan kompyuter nomi. Agar bu parametr ko’rsatilmagan bo’lsa, u
holda MySQL lokal kompyuterda ishlab turibdi deb hisoblanadi. Agar
foydalanuvchi nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda kompyuter yuklanganda
ro’yxatdan utgan foydalanuvchi ishlatayotganligi tushuniladi. Agar ma’lumotlar
bazasi nomi ko’rsatilmasa, MySQL mavjud bazasi ishlab turganligini bildiradi.
parametri faqatgina MySQL ishlash uchun parol suragan takdirdagina ko’rsatiladi.
Agar mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasiga bog’lanish uchun USE buyrug’idan
foydalaniladi. Masalan cars bazasiga bog’lanish uchun
USE cars;
buyrug’i ishlatiladi. Shundan so’ng ekranda baza tanlanganligi haqidagi
xabar chiqadi.
Database changed
Agar ro’yxatdan o’tish paytida baza MySQL serverida baza tanlanmagan bo’lsa va
USE buyrug’idan oldin boshqa buyruqlar ishlatilgan bo’lsa, u holda quyidagi
xatolik ekranda paydo bo’ladi.
ERROR 1046:p No Database Selected
Ma’lumotlar bazasini bilan ishlashdan oldin ma’lumotlar bazasini o’zini yaratish
va undan so’ng jadvallar yaratish mumkin. Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun
SQL buyrug’i CREATE DATBASE buyrug’idan foydalanish mumkin.
CREATE DATBASE cars;
MySQL bu surovni Qayta ishlagandan so’ng quyidagi xabarni chiqaradi.
Query Ok, 1 row affected (0.07 sec)
Jadval yaratish uchun SQL tilining CREATE TABLE buyrug’idan
foydalaniladi.Masalan quyidagicha
CREATE TABLE Equipment
(Equip_ID INT UNSIGNED NOT NULL AUTO INCREMENT PRIMARY
KEY,
Equip INT UNSIGNED);