payvandlash usullari ustida olib borilgan izlanishlar natijasida ayni payvandlash
usuli yaratildi. Bu usuldan qalinligi 2–100 mm gacha bo‘lgan po‘latlar, Си, А1, Ti
va ularning qotishmalarini payvandlashda keng qo‘llaniladi. Quyidagi 6.1-rasmda
6.1-rasm. Flyus qatlami ostida metallarni avtomatik payvandlash avtomatining
1 – elektrod; 2 – uzatish mexanizmi; 3 – bunker; 4 – flyus; 5 – shlak; 6 – erimagan
uzatadi. Payvandlashda kallak bilan yoy va bunker (3) hali payvandlanmagan
tomon avtomatik suriladida, undan flyus to‘kiladi. Flyus qatlami ostida yoy
barqaror oldirib yonib, chok bostirila boradi. Bunda flyus metall vannani havodan
muhofaza qilish bilan chok sifatini yaxshilashga ko‘maklashadi. 6.2-rasmda
metallarni flyus qatlami ostida metall elektrod sim bilan elektr yoy yordamida
uchma-uch qilib avtomatik payvandlashni bo‘ylama qirqimi keltirilgan. Sxemadan
ko‘rinadiki, elektryoy elektrod sim (1) bilan payvandlanuvchi metall (7) orasida
yonib, u ajratayotgan issiqlikda payvandlash joyi vaflyusning bir qismi eriydi.
Yoyning yonish joyida eriganflyus bilan metall orasida ularni bug‘lari va gazlari
bilan to‘lgan zona hosil bo‘ladi. Yoy esa vertikal holatdan payvandlash
yo‘nalishiga teskari tomonga biroz og‘ib, suyuq metallni og‘gan tomonga siqa
borib vanna hosil bo‘ladi.
6.2-rasm. Metallarni flyus qatlami ostida elektrod sim bilan yoy yordamida uchma-
uch qilib avtomatik payvandlashni bo‘ylama qirqim sxemasi:
1 – elektrod sim; 2 – flyus; 3 – suyuq shlak; 4 – payvand chok;
5 – metall vanna; 6 – elektr yoy; 7 – payvandlanuvchi metall.
Ajralayotgan suyuq shlak metalldan yengilligi sababli uning sirtiga
ko‘tariladi. Shlakning issiqlikni yomon o‘tkazishi tufayli vanna sekin sovish
natijasida vanna o‘zida erigan gazlardan va nometall qo‘shimchalardan deyarli
tozalanadi. Payvandlashda chok sirtidagi erimagan flyus pnevmatik qurilma
yordamida bunkerga surila boradi. Payvandlanadigan metall xiliga, qalinligiga
ko‘ra flyus (masalan, OSS-45 yoki AN-348), olinib, tegishli elektrod sim markasi
va payvandlash rejimi belgilanadi. Chok bostirib bo‘lingach uning sirtidagi shlak
qatlami ajratiladi. Bu usul metallarni dastaki payvandlashga qaraganda 5–10 marta
unumlidir.
6.3-rasmda shlangli yarim avtomatik payvandlash avtomatining sxemasi
keltirilgan. Bu avtomatda metallarni payvandlashda avvalo elektrod sim uchini
payvandlash joyiga keltirilib kontaktlangach, flyusli varonka tag to‘sig‘i ochilib bu
joyga flyus to‘kiladi.
So‘ngra ishga tushirish tugmachasi bosilib yoy oldiriladida, elektrod sim bilan
chok qo‘ldabostirila boshlanadi. Bunda kassetaga o‘ralgan elektrod sim sarflangan
sari uni uzatish mexanizmi shlang orqali avtomatik ravishda uzatib turadi. Amalda
metall buyumlarni yarim avtomatik payvandlashda qo‘llaniladigan shlangli
avtomatlarning PSh-5, PSh-54 va boshqa markalari bor. Bu usulda metall
buyumlarni payvandlashda qo‘llaniladigan tegishli simlarning diametri 0,8-2 mm
bo‘lib, payvandlash toki 100-500 A oralig‘ida bo‘ladi. Bu usuli payvandlash
avtomatlardan foydalanish mumkin bo‘lmaydigan joylarda (kalta, egri chiziqli va
bostirilishi qiyin joylarda) foydalaniladi.
6.3-rasm. Shlangli yarim avtomatik payvandlash avtomatining
sxemasi:
1 – elektrod simli kasseta; 2 – uzatish mexanizmi; 3 – shlang; 4 – flyus varonka; 5
– boshqarish pult shkafi; 6 – tok manbai; 7 – dasta.
Do'stlaringiz bilan baham: