Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


Tanlanma tekshirish umuman quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   208
Bog'liq
Statistika

Tanlanma tekshirish umuman quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi: 
1) vaqt  va  mablani  tejash.  Agar  tanlanma  kuzatishda  bosh  to`plamning, 
masalan, faqat 2 foiz birliklari qatnashsa, u holda kuzatish ishlarining hajmi 50 
marta  (100:2)  kamayadi,  sarflanadigan  vaqt  va  mabla  ham  deyarli  shuncha 
marta tejaladi; 
2) tekshirish  jarayonida  sifati  buziladigan  yoki  foydalanish  uchun 
butunlay  yaroqsiz  shaklga  keladigan  predmetlar  (to`plam  birliklari)  sonini 
qisqartirish; 
3) kuzatish  ob`ektini  kengroq  va  to`laroq  o`rganish,  bu  holda  bevosita 
tekshiriladigan 
to`plam 
hajmi 
qisqarishi  hisobiga 
kuzatish 
dasturini 
ob`ektlarning yangi muhim belgilari bilan boyitish va har bir birlik haqida to`la 
va batafsilroq ma`lumotlar to`plash imkoniyati tug’iladi; 
4) yoppasiga kuzatish natijalarini nazorat qilish. 
Tanlama tekshirish odatda sifatli axborotlar bilan ta`minlaydi. Chunki bu 
holda malakali mutaxassislarni jalb qilish, ularni kuzatish ijrochisi sifatida puxta 
tayyorlash  va  sinash  uchun  imkoniyat  oshadi.  Xo`sh,  tanlanma  kuzatish  oldida 
qanday vazifalar turadi

 
Asosiy vazifa shundan iboratki, kam kuch va mabla sarflab, bosh to`plam 
haqida  iloji  boricha  ko`p  va  sifatli  axborot  olishdir.  Bu,  o`z  navbatida, 
ma`lumotlar xarakteri va ularni olish usullariga bog’liq. 
Tanlanma  kuzatishda  bizni  ko`pincha  bitta  yoki  bir  nechta  to`plam 
belgilari qiziqtiradi. 
Bunday 
hollarda 
boshlang’ich 
to`plamni 
ta`riflovchi 
barqaror 
ko`rsatkichlarni  miqdoriy  baholash  bilan  chegaralanamiz.  Ko`pincha  tanlanma 
tekshirish mana shunday echimlarni olish bilan yakunlanadi. 
Shu  munosabat  bilan  tanlanma  tekshirish  nazariyasining  katta  bo`limi 
tanlanma  asosida  bosh  to`plamni  ta`riflovchi  barqaror  ko`rsatkichlarni 
baholashga  bag’ishlanadi.  Tanlanma  bo`yicha  bosh  to`plam  ko`rsatkichlarini 
baholash  usullari  ko`p,  ular  bir-biridan  yaxshi  jihatlarga  ega.  Bunday 
masalalarni tadqiq qilish bilan baholash nazariyasi shug’ullanadi. U baholashlar 


 
64 
oldiga qo`yiladigan talab va shartlarni belgilaydi, qanday sharoitlarda u yoki bu 
usulga ustuvorlik berish masalalarini echadi, baholash natijalarini qiyosiy tahlil 
qiladi.  Ta`kidlash  lozimki,  tanlama  asosida  olinadigan  bilimlar  va  axborotlar 
matematikadagi  kabi  qat`iy,  shak-shubhasiz  xarakterga  ega  emas,  balki  biroq 
gumonli  ishonchsizroqdir.  Demak,  tanlanma  tekshirish  ma`lumotlari  asosida 
boshlang’ich  to`plam  haqidagi  fikr  yuritish  qat`iy  aniqlikka  ega  emas,  balki 
ehtimollarga tayanadi. 
Tanlanma  tekshirish  nazariyasining  boshqa  vazifasi  bosh  to`plam 
ko`rsatkichlarini  baholash  natijalarini  ishonchlilik  darajasini  iloji  boricha 
ob`ektiv holda aniqlashdan iborat. 
Tanlanmalar  kichik  hajmda  bo`lganda,  ularni  tekshirish  natijalariga 
asoslanib  boshlang’ich  to`plamda  belgining  chin  qiymati  yotadigan  tor 
chegaralarni  aniqlash  juda  qiyin.  Bu  holda  tekshirish  vazifasi  boshlang’ich 
to`plamdagi  korrelyatsiya  me`yorini  belgilash  emas,  balki  me`yori  qanday 
bo`lishidan qat`iy nazar, to`plamda korrelyatsiya mavjudligi aniqmi, boshqacha 
aytganda,  tanlamada  kuzatilgan  korrelyatsiya  muhimmi  degan  masalani 
oydinlashtirishdan  iborat.  SHuning  uchun  kichik  tanlanmalarga  bag’ishlangan 
ko`pchilik  tekshirishlar  o`ziga  xos  xususiyatga  ega.  Ularda  statistik 
ko`rsatkichlarning  aniqliligini  baholash,  ularning  muhimligini  aniqlash  asosiy 
maqsad  deb  qaraladi.  Bunday  baholashlar  uchun  ishlab  chiqilgan  usullar  katta 
tanlamalarda ham qo`llanishi mumkin va haqiqatda qo`llanadi. 
 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish