Bevosita kuzatish usuli. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki,
tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita
qatnashadi. U kuzatayotgan narsalarni birma-bir ko`rib, sanab, tortib va o`lchab,
olingan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi. Masalan, kuzatuvchi paxta
punktidagi paxtani maxsus asboblar bilan tekshirish natijasida uning 80 foizi
birinchi, 15 foizi ikkinchi, 5 foizi uchinchi nav ekanligini aniqlaydi. Bu erda
kuzatuvchi boshlang’ich ma`lumotlarni olishda bevosita kuzatish usulini
qo`llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |