Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


 Ish vaqti va undan foydalanish ko`rsatkichlari



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   208
Bog'liq
Statistika

 
13.3. Ish vaqti va undan foydalanish ko`rsatkichlari  
Ish  kuchi  soni  va  uning  tarkibi  bu  sohadagi  masalaning  miqdor  tomoni 
hisoblanadi,  ish  vaqti  va  undan  foydalanish  darajasi  esa  uning  sifat  tarafini 
belgilaydi.  Ish  vaqtidan  foydalanishni  tahlil  qilish  uchun  ish  vaqti  fondlarini 
tarkibini o`rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini, ishlagan ish vaqti xajmiga 
xar hil omillar ta’sirini o`rganishni taqozo  etadi.  Ish  vaqti  statistikasi –  mexnat 
statistikasining bir bo`limi hisoblanadi. 
Ish 
vaqtini 
yo`qotishni 
o`rganish 
mexnat 
muammolari 
bilan 
shug’ullanuvchi  davlat  organlari,  ijtimoiy  ta’minot  bo`limlari,  kasaba 
uyushmalari, korxona va tashkilotlarning rahbarining doimiy e’tiborida turadi. 
Ish  vaqti  sarflangan  mexnat  meyorini  ifodalaydi  va  u  amaliyotda  ikki 
ko`rsatkich  yordamida  o`lchanadi:  1)  ishlagan  kishi  – kuni xodimning korxona 
ro`yxatida  turgan  va  ishga  kelgan  kunlarini  bildirib,  unga  ish  vaqti  davomida 
xaqiqiy  ishlangan  va  ishlanmagan  soatlar  kiraveradi.  Ishlangan  kishi-kunlariga 
shu  korxonada  o`z  xodimlari  tomonidan  amalda  ishlangan  kishi  kunlari,  bu 
korxona  yo`llanmasi  bilan  boshqa  korxonada  ishlangan  kishi-kunlari, 
shuningdek xizmat safarida bo`lgan xodimlarning ishlagan kunlari kiritiladi. 
2)  Ishlangan  kishi-soati  ish  vaqtining  aniq  o`lchov  birligi  hisoblanadi, 
chunki  uning  tarkibiga  tanaffus  vaqtlari,  kechikib  kelish  va  vaqtli  ketib  qolish 
vaqtlari kiritilmaydi. 
Ish  vaqtidan  foydalanish  darajasini  bilish  uchun  statistika  quyidagi 
ko`rsatkichlar tizimidan foydalanadi: 
1)  Bir  ishchi  tomonidan  ishlangan  kunlardan,  ya’ni  ish  oyi  uzunligidan 
foydalanish koeffitsienti; 
2)  Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsienti; 
3)  Ish vaqtidan to`liq foydalanish koeffitsienti; 
Bir  ishchi  tomonidan  amalda  ishlangan  kunlar  sonini  aniqlash  uchun 
korxonada  ishlangan  barcha  kishi-kunlar  soni  o`rtacha  ro`yxatdagi  xodimlar 
soniga  bo`linadi.  Bu  ko`rsatkichning  amaldagisini  bazis  darajasi  bilan 
solishtirilib birinchi koeffitsient aniqlanadi. 
Ish  kunining  amaldagi  uzunligini  aniqlash  uchun  ishlangan  barcha  kishi-
soatlar soni, ishlangan kishi-kunlar soniga bo`linadi. Bunda ikki hil ko`rsatkich 
aniqlanadi:  a)  ish  kunining  to`liq  uzunligi  (bunda  odatdagi  va  odatdan  tashqari 
soatlar  e’tiborga  olinadi)  va  b)  ish  kunining  odatdagi  uzunligi  (bunda  faqat 
odatdagi  soatlar  e’tiborga  olinadi).  Bu  ko`rsatkichning  amaldagi  bazis 
davrdagisi  bilan  solishtirilib  ikkinchi  koeffitsient  aniqlanadi.  Birinchi 
koeffitsientni  ikkinchisiga  ko`paytirib  uchinchi  ya’ni  ish  vaqtidan  to`liq 
foydalanish koeffitsienti aniqlanadi. 
Masalan, korxonada bazis va joriy davrda quyidagi ma’lumotlar berilgan: 


 
132 
№ 
Ko`rsatkichlar 
Bazis davr 
Joriy davr 

O`rtacha ro`yxatdagi ishchilar soni 
900 
1000 

Amalda ishlangan barcha kishi-kunlar soni 
18000 
21000 

Amalda ishlangan barcha kishi-soatlar soni 
126000 
140000 

Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan 
kunlar soni (2:1) 
20 
21 

Ish kunining amaldagi uzunligi, soat (3:2) 
7,0 
6,7 
 
1) Ish oyi uzunligidan (kunlar) 
foydalanish K
t
 = 21/20 =1,050 yoki 105,0% 
2) Ish kuni uzunligidan (soat) 
foydalanish K
t
 = 6,7/7,0 = 0,959 yoki 95,9% 
3) Ish vaqtidan to`liq 
foydalanish K
t
 = 1,05 x 0,959 = 1,008 yoki 100,8% 
Demak korxonada ish oyi uzunligidan (kunlar) bo`yicha foydalanish joriy 
davrda  bazis  davrga  nisbatan  5,0%ga  ortgan,  ish  kuni  uzunligidan  (soat) 
foydalanish 4,1%ga kamaygan. Natijada ish vaqtidan to`liq foydalanish darajasi 
joriy davrda bazis davriga nisbatan 0,8% ortgan. 
Amaliyotda quyidagi ish vaqti fondlarini bir-biridan ajratish lozim: 
1.  Kalendar  ish  vaqti  fondi  –  korxona  barcha  xodimlariga  to`g’ri  kelgan 
kalendar kunlar sonini ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanishi mumkin: 
-  o`rtacha  ro`yhatdagi  xodimlar  sonini  shu  davrdagi  kalendar  kunlar 
soniga ko`paytiriladi; yoki 
- ishga kelgan va kelmagan kishi-kunlar soni qo`shiladi. 
2. Tabel vaqt fondi – ni aniqlash uchun kalendar vaqt fondidan bayram va 
dam olish kunlari ayriladi; 
3. eng ko`p imkoniyatli ish vaqt fondi – ni aniqlash uchun tabel ish vaqti 
fondidan navbatdagi mexnat tatili kunlari ayriladi. Bu fond «Mexnat xaqida»gi 
qonunga  asosan  foydalanish  mumkin  bo`lgan  eng  katta  ish  vaqti  salohiyatini 
bildiradi. 
Masalan,  korxona  bo`yicha  mart  oyida  quyidagi  ma’lumotlar  berilgan 
(kishi-kunlarida) xodimlar  tomonidan ishlangan  kishi-kunlar – 5868; kun  bo`yi 
to`xtab  turishlar  –  200;  ishlanmagan  kishi-kunlar  –  3032,  shu  jumladan, 
navbatdagi  tatillar  –  480;  dam  olish  kunlari  –  2400;  O`rtacha  ro`yhatdagi 
xodimlar soni – 300 kishi; ushbu ma’lumotlar asosida quyidagi ko`rsatkichlarni 
hisoblash mumkin: 
1) ishga kelgan kishi kunlar soni – ishlangan kishi – kunlar va kun bo`yi 
to`xtab turishlar soni yig’indisiga teng. 
5868+200 =6068 kishi/kuni 
2) kalendar ish vaqti fondi 
6068+3032 =9100 kishi/kuni 
3) tabel ish vaqti fondi 
9100-2400 =6700 kishi/kuni 
4) maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi 
6700-480 =6220 kishi/kuni 


 
133 
5)  may  oyidagi  kalendar  vaqt  fondi  (agar  o`rtacha  ro`yhatdagi  xodimlar 
soni o`zgarmay qolsa) 
300 x 31 =9300 kishi/kuni 
4.  Ishlangan  ish  vaqti  fondi.  Ishlangan  kishi/soatlar  soniga  xodimlarning 
ishlagan barcha soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, hamda odatdan 
tashqari  ishlangan  soatlar  ham  qo`shiladi).  Ammo  bunga  smenalar  ichidagi 
to`xtab  turishlar,  betobligi  sababli  ishga  kelmaslik,  mexnat  ta’tillari  va  shunga 
o`xshashlar qo`shilmaydi. 
Odatdan  tashqari  ishlangan  vaqtlar  –  qonunda  belgilangandan  tashqari 
vaqtlardagi  ish  soatlari  kiritiladi  (bayram  va  dam  olish  kunlari,  smenadan 
tashqari ishlangan vaqtlar va h.k.). 
5. To`langan kishi-soatlar soni – bu xodimlar tomonidan ishlangan kishi-
soatlar  va  ishlanmagan  bo`lsa  ham,  ammo  haqqi  to`langan  soatlardan  tashkil 
topadi.  Ko`rsatkichda  yillik  mexnat  tatili  vaqti,  qo`shimcha  va  o`quv  tatillari 
vaqti,  rahbariyat  qarori  bilan  berilgan  ta’tillar  vaqti,  malaka  oshirish  tizimida 
o`tkazilgan  vaqt,  qishloq  xo`jaligi  va  boshqa  ishlarga  jalb  qilingan  vaqt,  18 
yoshga  etmagan  o`smirlar  uchun  qisqartirilgan  ish  vaqti  kiritiladi,  ammo  betob 
bo`lgan  vaqt  uchun  to`lovlar  ijtimoiy  fondlardan  to`langan  uchun  to`langan 
soatlar kiritilmaydi. 
Ish vaqti fondlaridan (kalendar, tabel, maksimal imkoniyatli) foydalanish 
koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: 
 
Bu  koeffitsient  taaluqli  vaqt  fondining  qancha  qismi  amalda 
foydalanilganini ifodalaydi. 
Maksimal  imkoniyatli  vaqt  fondi  tarkibini  o`rganish  uchun  ushbu  vaqt 
fondi 100% deb olinadi va quyidagilar necha foizni tashkil etishi aniqlanadi: 
1)  ishlangan  vaqt;  2)  uzrli  sabablar  bilan  ish  vaqtini  yo`qotish  (shu 
jumladan, ayrim sabablar bo`yicha); 3) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo`qotish 
(shu jumladan, ayrim sabablar bo`yicha). 
Masalan, 
avvalgi 
misoldagi 
ma’lumotlar  asosida  quyidagilarni 
aniqlaymiz:  amalda  ishlangan  vaqt,  kalendar  vaqt  fondining  64%  ini  tashkil 
etgan (5668/9100 x 100 = 64%); tabel ish vaqti fondining 87,4% (5668/6700 x 
100  =  87,4%);  maksimal  imkoniyatli  ish  vaqti  fondining  94,2%  (5668/6220  x 
100  =  94,2%)  tashkil  etgan.  Binobarin,  bunda  ish  vaqtini  yo`qotish  3,5%ni, 
uzurli  sabablar  bilan  yo`qotish  esa  2,2%ni  (1336/6220  x  100  =  2,2%)  tashkil 
etgan. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish