Juft korrelyatsiya
Ikki hodisa yoki omil va natijaviy belgilar orasidagi bog’lanish juft
korrelyatsiya deb ataladi. Tahliliy jihatdan u turli, masalan, to`g’ri chiziqli,
parabola, giperbola va boshqa shaklli regressiya tenglamalari orqali tasvirlanadi.
umumiyroq tartib-qoidalarga asoslanish mumkin. Masalan, agarda omil va
natijaviy belgilar birday, qariyb arifmetik progressiya bo`yicha ortsa, bu hol ular
orasida to`g’ri chiziqli bog’lanish mavjudligi haqida shohidlik qiladi. Agarda
ularning nisbiy o`sish sur`atlari deyarlik birday bo`lsa, bu holda egri chiziqli
bog’lanish mavjud. Agarda natijaviy belgi arifmetik progressiyaga monand
ortgan holda omil belgi geometrik progressiyaga monand ortgan holda omil
belgi bir muncha tezroq ko`paysa, ular orasidagi bog’lanish parabola yoki
darajali funktsiya orqali ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |