Adabiyotlar:
1.Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
3. Asqarov A. Eng qadimgi shahar. T.., 2000.
4. Asqarov A.A., Shirinov T.Sh. Rannyaya gorodskaya kultura epoxi bronzы
Sredney Azii. Samarqand. 1993.
5. Asqarov A.A., Shaydullaev Sh.B. Baqtriyaning bronza va ilk temir davri
madaniyatlari xronologiyasi // O‘zbekiston tarixi moddiy madaniyat va yozma
manbalarda. – Tashkent: Fan, 2005.
6. Asqarov A. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. –Toshkent.“O’ZBEKISTON”.
2015. 670 b.
7.Sagdullaev A.S. Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda. O‘quv qo‘llanma.
T.: O‘qituvchi, 1996.
8.Sagdullaev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., 2004.
9.Sagdullaev A. va boshq, O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti.
Toshkent. Akademiya, 2000.
10.Eshov.B. Sivilizatsiya tizimida ilk shaharlar. – Toshkent: Zar qalam, 2004; 126
b.
11. Eshov B.J. O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. Toshkent. 2008.
12. Eshov B.J. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. - T.: Yangi asr
avlodi, 2012.-B.556.
Buxoro viloyati -(1938 yil 15 aprelda tashkil etilgan) maydoni 40,3 ming
kvadrat kilometrni tashkil etadi, axolisi 1507,6 ming kishi. Buxoro viloyati
tarkibida 11 ta qishloq tumani (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku,
Romiton, Shofirkon, Qoravulbozor, Qorako'l, G'ijduvon), 11 ta shaxar (Buxoro,
Kogon, G'ijduvon, G'alaosiyo, Vobkent, Olot, Gazli, Romiton, Shofirkon,
Qorako'l, Qorovulbozor) va 3 ta shaxarcha bor. Viloyatning markazi Buxoro
shaxridir.
Buxoro viloyatidagi shahar. Zarafshon daryosi quyi oqimida. Toshkentdan
616 km. Mayd. 0,02 ming km
2
. B. 2 ta shahar tumani (Fayzulla Xo‘jaev va
To‘qimachilik)ga bo‘lingan. Aholisi 264 ming kishi ' (2001).
Buxoro Sharqning mashhur qadimgi shaharlaridan biri. Arxeologik
ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoroga mil. av. I-ming yillik o‘rtalarida asos solingan.
Uning nomi ilk o‘rta asr Xitoy manbalarida turlicha (An, Ansi, Ango, Buxo, Buku,
Buxe, Buxaer, Buxuaer, Buxala, Buxu-ala, Fuxo, Puxuala va b.) atalgan. Bu
atamalardan avvalgi uchtasi Buxoroning xitoycha nomlari bo‘lib, qolgani «Buxo-
ro» so‘zining xitoy tilidagi talafuzi. O‘rta asr arab manbalarida esa Buxoro
Numijkat, Navmichkat, Bumichkat (Yangi qo‘rg‘on), Al-Madina as-sufriyya (Mis
shahar), Madinat at-tujjor (Savdogarlar shahri), Foxira (Faxrli shahar) kabi nomlar
bilan tilga olingan. Buxoro atamasi sanskritcha «vixora» so‘zining turk-mo‘g‘ulcha
shakli — «buxor» («ibodatxona») dan kelib chiqqan deb taxmin qilingan. Keyingi
tadqiqotlarda bu atama sug‘diycha «bug‘» yoki «bag‘» («tangri») hamda «oro»
(«ja-mol») so‘zlaridan iborat bo‘lib, «tangri jamoli» degan ma’noni anglatadi,
degan fikr ilgari surilmoqda. Darhaqiqat, Zarafshon daryosining quyi oqimida
joylashgan Buxoro va uning atrofidagi erlar qadimda nihoyatda xushmanzara —
hayvonot va o‘simlik dunyosi betakror, ko‘l va oqar suvlarga boy bo‘lib, tarixchi
Narshaxiynang «Buxoro tarixi» asaridagi ma’lumotlar buni tasdiqlaydi.
XX asrning 70-yillaridan boshlab, ayniqsa so‘nggi yillarda Buxoroning
yoshini aniqlash va yubileyini o‘tkazish maqsadida qator tadqiqotlar olib borildi.
Bu tadqiqotlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Zarafshonning qo‘yi
oqimlarida shaharsozlikning paydo bo‘lishi qabilalarning butun voha bo‘ylab
yoyilishi bilan bog‘liq edi. Hozirgi Buxoro viloyati hududlariga mil. avv. IV-III
ming yilliklardayoq anchagina yuqori tosh madaniyatiga ega bo‘lgan neolit davri
ovchilar va baliqchilar qabilalari yoyilgan edilar.
Buxoro shahri va Buxoro vohasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar
natijalarini tahlil qilish-qadimgi So‘g‘diyona eneolit va bronza davridan boshlab
bobo dehqonlar makoni bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ular, avvalambor Zarafshonning
yuqori oqimidagi Sarazm madaniyati bilan, qo‘yi Zarafshondan topilgan
Zamonbobo madaniyatlaridir. Bu madaniyat sohiblari Buxoro vohasida ilk
shaharsozlik madaniyatining shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi hamda ilk
temir davriga kelib mana shu qadimiy madaniyatlar asosida Buxoro vohasida
o‘zida shaharsozlik belgilarini mujassamlashtirgan manzilgohlar paydo bo‘ldi va
rivojlandi. Xususan, vohada topib o‘rganilgan ko‘pgina manzilgohlar mustahkam
devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ularda ixtisoslashgan uy hunarmandchiligi va o‘troq
dehqonchilik xo‘jaligi mavjud edi. Mil. avv. V-IV asrlarga kelib esa hozirgi
Buxoro atroflari va o‘rnida shaharsozlik madaniyati rivojlanganligi izlarini
kuzatish mumkin.
Buxoro vohasidagi Xo‘ja Bo‘ston, Konimex, Qumrabod, Arabon, Chordara,
Quzmontepa kabi o‘nlab ko‘hna shahar va qishloqlar ahamoniylar davriga oiddir.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ular yirik etnomadaniy viloyatning uncha
katta bo‘lmagan tumanlari bo‘lib, bu hududlarda mil. avv. VI-IV asrlarda umumiy
ko‘rinishi bir xil bo‘lgan dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Topilgan
topilmalarning nihoyatda o‘xshashligi shundan dalolat beradi.
Keyingi yillarda Buxoro shahri va uning atroflarida ko‘pgina arxeologik
tadqiqotlar olib borildi. Bu tadqiqotlar natijalariga qaraganda, mil. avv. I ming
yillikning o‘rtalarida Zarafshonning yirik bir irmog‘i Buxoro shahari hududidan
oqib o‘tib, uning o‘ng va chap qirg‘og‘ida shaharga asos solinadi. Yana shu narsa
ham aniqlandiki, bu davrda ark hududi paxsa devor bilan o‘rab olinadi. Buxoro
atroflaridan esa bu davrga oid qal’alar va qo‘rg‘onlar ham ochilganki, ular atrof
qishloqlarni tashkil etgan. Tadqiqotlar tahlilidan shunday xulosa chiqarish
mumkinki, Buxoro vohadagi urbanistik jarayonlarning markazi bo‘libgina
qolmasdan, geografik nuqtai nazardan ham vohaning markazida joylashib, viloyat
markazi vazifasini bajargan.
2006 yilning aprel oyida tadqiqotchi B Eshov Nurota tabiiy-me’moriy
muzeyi majmuasini takomillishtirish, shahar va uning atrofida joylashgan tarixiy-
arxeologik yodgorlikliklarda tekshiruv ishlari olib borish, shaharlarning yoshiga
aniqliklar kiritish maqsadida Nurota shahri va tumanida bo‘ldi. Avvalo, ta’kidlash
lozimki Ahamoniylar davridayoq ma’lum bo‘lgan er osti suvlarini yuzaga
chiqarish –koriz usulidan Nurota atroflari aholisi ham foydalangan. Nurota tumani
hududida hozirgi kunda ham sug‘orish ishlarida bu usuldan foydalaniladi.
Tadqiqotchi B Eshov tomonidan Nurota qal’asining tuzilishi, mudofaa
devorlari va ulardagi minoralar (burjlar) qisman tadqiq etildi. Qal’a devorining
ichki yo‘laklariga eltuvchi kirish yo‘llari (mahalliy aholi ularni g‘orlar deb
tasavvur qiladi) saqlanib qolgan. Qal’a devori paxsa asosida xom g‘ishtdan qad
ko‘targan hamda vaqti-vaqti bilan ta’mirlanib turilgan. Xom g‘ishtlarning
o‘lchamlari So‘g‘diyonadagi mil.avv. VI-IV asrlarga oid Uzunqir, Erqo‘rg‘on,
Afrosiyob yodgorliklaridagi g‘ishtlarga ancha yaqin ekanligi aniqlandi.
Shuningdek topilma sopol parchalari mil.avv.V-IV asrlar buyumlariga o‘xshab
ketadi. Nurota shubhasiz, mil.avv.VI-IV asrlarda shakllana boshlagan qadimgi
shaharlardan biridir. Ammo, bu fikrimizni to‘la ilmiy asoslash uchun tadqiqotlar
hozircha etarli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |