9.Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi. Qiymat shaklining evolyutsiyasi. Qiymatning oddiy va tasodifiy
shakli. Qiymatning to’liq yoki kengaytirilgan shakli, umumiy shakli.
Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum
shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.
Fanning predmeti, pulning paydo bo’lish sabablari, pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati
va uning namoyon bo’lish shakllari, funktsiyalari, Qiymat shakllarining evolyutsiyasi. Qiymatning shakllari,
boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o’ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning
turlarini chuqurroq o’rgatadi. Shuningdek, pul to’g’risidagi nazariyalar, uning shakllari,uning yuzaga kelish
shart-sharoitlari, nazariyalarni yaratgan olimlarni fikr va g’oyalari, kamchiliklari haqida o’rganadi.
Pul aylanmasi va uning tarkibi, naqd va naqdsiz pullar, ularni aylanish tamoyillari, shakllari haqida
gap boradi. Shuning bilan birga, pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi, pul muomalasi qonunlari, pul
agregatlari, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash uslublari,pul muomalasi qonunlarining
buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritilgan.
Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari, O’zbekiston Respublikasi pul tizimining
rivojlanish bosqichlarini o’rganadi. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi, ularni amalga oshirish
shart-sharoitlari, pul islohotlarini amalga oshirish usullari keng yoritilgan.
Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida pul yuzaga
chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga chiqishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir
ko’rsatgan:
1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga chiqishi.
2. Natural xo’jalikdan asta —sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni ayirboshlashga o’ta
boshlashi;
3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol —mulk jihatidan mustaqil mulkdorlarning
shakllanib borishi;
4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga rioya etila borishligi.
Insoniyat rivojlanishining ilk davrlarida insonlar jamoa bo’lib yashaganlar va ular o’zlarining
natural xo’jaligini yuritganlar. Natural xo’jalik sharoitida pul bo’lmagan, chunki unga xech qanday
talab va ehtiyoj bo’lmagan.Natural xo’jalikda mahsulot ishlab chiqarilgan, tovar emas. Chunki
ushbu xo’jalikda mahsulotlar o’z ehtiyojlarini qondirishga sarflangan. Faqatgina ehtiyojdan ortib
qolgan mahsulot tasodifiy tarzda boshqa natural xo’jalikdagi ortiqcha mahsulotga ayirboshlangan
holos.
Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda endi
mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo’ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar
o’rtasida o’zlaridagi yetishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o’zlarining ehtiyojini qondirish
maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’z ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash
maqsadida yetishtirgan mahsuloti tovarga aylandi.
Ishlab chiqarishning kengayib borishi, tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida bozor
pul rolini uynovchi metallarga quyidagi talablarni qo’yadi:
-
metalning tabiatda kamyobligi
-
metallning bir tarkibliligi;
-
kerakli mikdorda olishning qiyinligi;
-
qiymatni yuqotmasdan, yoki juda kam mikdorda yo’qotish asosida bo’linishi
(maydalanishi);
-
ixchamligi va yengilligi;
-
uzoq muddat davomida zanglamasdan saqlanishi.
Biz yuqorida ta’kidlab o’tgan talablarga aynan kumush hamda undan ko’p mikdorda oltin to’la
javob bergan. Ushbu talablarga javob bergan kumush ham uni ko’pmiqdorda hamda kam
harajat bilan qazib olinishi va qayta ishlanishi sababli u oltinga bas kelaolmagan.
Shunday qilib pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo bo’yicha umumiy ekvivalent rolini
o’ynovchi pul sifatida oltin tan olingan va bozorda u yakka xukmronga aylangan. Shu
asosda butun dunyo bo’yicha xalkaro hisob – kitoblarda yagona to’lov vositasi bo’lib oltin
hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |