Masala yechish metodi — berilgan raqamlar, dalillar, hujjatlar asosida hisob-
kitob qilish orqali noma'lum natijani topish, uni tahlil qilish va xulosa chiqarishni
o'rgatadigan metod.
Masofadan (distansion) o'qitish — talabani mustaqil bilim olishga asoslangan
ta'lim jarayonini yangicha tashkil etish bo'lib, ko'pincha yoki doimo o'qituvchidan
vaqt va masofa jixatidan ajralgan holda, o'quv materialini xatlar, topshiriqlar yoki
audiovizual vositalar orqali mustaqil o'rganishdir. Mafkura - g'oya va qarashlar
tizimi.
Ma'ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) - o'qish) — o'quv materiali, biror
masala, mavzu kabilarning izchil, ma'lum bir tizimga solingan bayoni.
Mashq — o'zining bilimlarini chuqurlashtirish hamda tegishli malaka va
ko'nikmalar hosil qilish maqsadida harakatlarni og'zaki va yozma ravishda takror
amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |