Idrok etish malakasi — boshqa subyektning xususiyatlarini: uning
muloqoti va muloqotga hozirligini aniqlash uchun zarur bo'lgan kasbiy
pedagogik malaka.
Izohlash, tushuntirish — tushuncha, so'zning qisqacha ma'nosini ifodalash:
og'zaki izoh, yoritilishi lozim bo'lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash,
tahlil qilish.
Insert metodi — o'quvchi-talabalarni o'qiyotgan kitoblari, maqola va turli
axborotlarni tushunib yetishlari uchun o'qish jara-yonida materialning (darslik,
o'quv qo'llanma, ilmiy maqola, jad-val, sxema kabilar ) har bir satr boshi (yoki
qismi)ning mazmunini baholash orqali, chiqargan xulosasiga muvofiq ravishda
varaqning chetki tomoniga (hoshiyasiga) qalam bilan belgi qo'yib borish orqali
o'z munosabatini bildirishga o'rgatuvchi metod.
Do'stlaringiz bilan baham: |