Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Bog‘lovchi moddalarning sinflanishi, ularni ishlab chiqarish uchun xom-



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/164
Sana31.12.2021
Hajmi4,47 Mb.
#225763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
Bog'liq
boglovchi-moddalar

1.2 Bog‘lovchi moddalarning sinflanishi, ularni ishlab chiqarish uchun xom-
ashyo, qo‘shimchalar 
Anorganiq  yoki  mineral  bog‘lovchi  moddalar  kukunsimon  bo‘lib,  mayda  va 
yirik  to‘ldirgichlar  bilan  birga  suvda  qorilganda  suyuq  yoki  plastik  qorishma  hosil 
qiladi va ast -sekin qotishi natijasida suny toshga aylanadi Anorganiq bog‘lovchilarni 
ishlatilishiga va xossalariga ko‘ra quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin: 
1) Havoda qotadigan bog‘lovchi materiallar: ohak, gips va kaustik magnezit; 


11 
 
2)  Gidravlik bog‘lovchilar. Bunday materiallar faqat havoda emas, balki suvda 
va  namlikda  ham  qotishxususiyatiga  ega.  Masalan,  portlandsement,  shlakli 
portlandsement, kengayuvchi sementlar va boshqalar;  
3) Kislotalarga  chidamli  bog‘lovchilar.  Bunday  bog‘lovchilarninig  qotish 
protsessidan  keyingi  mustaxkamligining  ortishi  kislotalar  tasirida    ham  davom 
etaveradi.  Bunga  kislotaga  chidamli  eruvchan  suyuq  shisha  asosida 
olinadigansementlar va qorishmalar misol bo‘la oladi.     
Qurilishlarda  buyum  xossalarini  o‘zgartish  va  bog‘lovchi  materallarni  tejash 
maqsadida quyidagi maxsus qo‘shilmalar xam ishlatiladi:  
1) Bog‘lovchi  materiallarni  chuchuk  hamda  sulfat  tuzlariga  to‘yingan  tuzlar 
tasirida chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladigan gidravlik yoki aktiv mineral 
qo‘shilmalr -trepal,opoka, diatomit, trasslar,pemza, vulqon kuli va tufi, aktiv kremniy 
yaiqindilari, pishirilgan gil, gliej, kuygan jinslar va shlaklar; 
2) Bog‘lovchi  materiallarni  tejash  uchun  to‘ldirgichlar  sifatida  mayda  qilib 
qo‘yilgan qum, shlak va boshqalar; 
3)  Sementlarning  tiklashuvini  tezlatuvchi  va  susaytiruvchi  materiallar: 
tezlatuvchilar-kalsiy  xlorid  (SaSl
2
),  natriy  xlorid  (NaCl),  xlorid  kislota,  eruvchan 
shisha  (Na
2
SiF), soda;  susaytiruvchilar  – gips, sulfat kislota,  sulfit  oksidli  temir  va 
boshqalar; 
4) Sementning  qotishini  tezlatuvchi  va  mustaxkamligini  oshiruvchi 
qo‘shilmalar – xlorli kalsiy va xlorid kislota; 
5) Beton  va  qotishmaning  sovuqqa  chidamliligi,  plastikligini  oshirish  usun 
ishlatiladigan  organiq va anorganiq qo‘shilmalar,  sulfit spirt bardasi (SSB), etmak 
(ko‘pirtiradigan daraxt ildizi), sovun chiqindisi, gil, bentonit,trepel va boshqalar. 
Bog‘lovchi  moddalar  sanoatida  malum  turdagi  xom  ashyo  materiallargina 
ishlatiladi. Lekin ana shu materiallardan har xil miqdorlarda foydalanish va muayyan 
ishlash  texnologik  usullarini  qo‘llanish  yo‘li  bilan  xossalari  har  xil  bog‘lovchilar 
tayyorlanadi.  Tog‘  jinslari  va  sanoat  chiqindilaridan  iborat  ikkilamchi  xom  ashyo 
hisoblanadi.  


12 
 
Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilganidek,    tog‘  jinslaridan  asosan  quyidagilari 
ishlatiladi. Gips tog‘ jinslar; ikki molekula suvli gips gips tosh yoki  asosan  suvsiz 
kalsiy sulfatidan iborat angidrit; 
Karbonatli  tog‘  jinslari;  ohaktosh  yoki  asosan  kalsiy    karbonatdan    iborat 
boshqa  tog‘  jinslari,  masalan,  bo‘r;  asosan  magniy  karbonatdan  tashkil  topgan 
magnezit va kompleks tuz – dolomit; 
Gil  –  tuproqli  tog‘  jinslari;  oz  miqdorda  gil  va  mergeli,  sergil  tuproqli  tog‘ 
jinslari  –  tarkibida  70%  va  undan  ortiq  alyuminiy  oksidi  bo‘lgan  oksitlar  ham  gil 
tuproqli  jinslarga  kiritilio‘i  mumkin;  Ikkilamchi  xom  ashyo  sifatida  domna  va 
yoqilg‘i shlaklaridan foydalaniladi. Sanoat chiqindilaridan foydalanish katta iqtisodiy 
ahamiyatga ega. 
Sementlarni muayyan xossali qilish yoki bog‘lovchilar tannarxini kamaytirish 
maqsadida  yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  materiallardan  tashqari  bog‘lovchilarga 
qo‘shiladigan qo‘shilmalar ham ishlatiladi. Bu qo‘shilmalar asosan nima maqsadlarda 
ishlatilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:  
Aktiv  (gidravlik)  minerallar;  ular  tarkibida  ko‘p  miqdorda  aktiv    formadagi 
qumtuproq  bo‘ladi.Bo‘larga  trass,  pemza,  vulkan  tuflari,  kul,  diatomit,  trepel, 
glinit,semyankalarning ham kiritsa bo‘ladi; 
Inerto‘ldirgichlar-  kvars  qum  va  boshqalar,  qum-  tosh,  ohaktosh,  dolomit, 
talomit, tabiiy dolomit kukuni,taiiy teproqsimon  kvars, lyoss,yoqilg‘i   kuli,domna 
kukuni; 
Kislotaga bardoshli to‘ldirgichlar – mayda tuyilgan andezit, beshtaunit, granit, 
eritilgan diabaz va bazalt, chinni, tabiiy tuproqsimon qum,kvars qumlar;  
O‘tga bardoshli to‘ldirgichlar- mayda to‘yilgan shamot, kvars qum, TES kuli, 
donador shlak, xromit,magnezit,pemza; 
Qotishini  tezlashtiradigan  moddalar.   Bunday  moddalar  tez  qotuvchan beton 
va  eton  bop  qorishmalarni  ishlashda,  yani  datlabki  qotish  muddatlarida  beton  yoki 
betonbop  qorishma  mustaxkamligini  oshirish  uchun  yoki  qishgi  sharoitlarda 


13 
 
ishlatilayotganda  qo‘llaniladi.  Kalsiy  xloridi  va  xlorid  kislota  ana  shunday 
qo‘shilmalardan hisoblanadi.  
Tiklashishini sekinlashtirvuch imoddalar; bunday moddalar betonbop qorishma 
yoki  qorishmabop  aralashmani  quyuqlashish  tezligi  qorishma  yoki  aralashmaning 
qurilish ishlari talab qilgan darajada oson joylanuvchan bo‘lishini taminlay olmagan 
hollarda  ishlatiladi,  portland  sement  uchun  ana  shunday  qo‘shilma  sifatida  gips 
qo‘llaniladi; teimr oksidining sulfat tuzi va sulfat kislotasining kuchsiz eritmasi ham 
ana shunday tasir qiladi; gipsli bog‘lovchi moddalar uchun esa keratin sekinlatgich, 
mol elimi, mikroko‘pik xosil qilgach BS ishlatiladi;  
Sirtqi-aktiv  moddalar  quyidagi  turlarga  bo‘linadi:  betonbop  qorishma  yoki 
qorishmabop  aralashmalarni  yanada  yaxshiroq  joylashuvchan  qilish  maqsadida 
ishlatiladigan plastifiklashtiradigan moddalr (sulfat-spirt bardasi va uning hosilalari);    

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish