31
Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi bo‘yicha), zichligi
2200...2400 kg/m
3
bo‘lgan jinsdir. Gips-tosh zapaslari SSSRda juda keng tarqalgan.
Hozirgi vaqtda Donbass, Ural, O‘rta Osiyo, O‘zbekistondagi Kogon gips koni va
Kavkazdagi yirik gips konlari bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda katta
ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
150...170
0
S temperaturada kuydirilgan gips-toshni mayda
qilib tuyib hosil
qilingan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi.
Ikki malekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatni 65
0
S da qizdirganda u o‘z
xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo‘qolib, degidratatsiyalana
boshlaydi. Bunda gips-tosh 1,5 molekula suvni yo‘qotib, yarim molekula suvli gipsga
sein aylanadi, bu quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi:
SaSO
4
2H
2
O = SaSO
4
5H
2
O + 1,5H
2
O.
Gips-tosh zichligi undagi aralashmalarga bog‘liq bo‘lib, 2200...2400kg/m
3
ni
tashkil qiladi. Gipsdan tayyorlangan shag‘alning hajmiy massasi 1300...1600kg/m
3
dan iborat bo‘lib, namligi keskin ravishda 3...5% va undan ko‘p chegarada o‘zgarib
turadi. Moss shkalasi bo‘yicha gipsning qattiqligi 2.
Gipsning suvda eruvchanligi (kalsiy sulfat hisobida) 18
0
S temperaturada -0,2;
40
0
S temperaturada - 0,21 va 100
0
S da 0,17%. SHuni aytish kerakki, temperaturaning
32
0
S dan 41
0
S gacha oralig‘ida gipsning eruvchanligi eng yuqori bo‘ladi. Turli
tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, gipsning suvda eruvchanligi tulicha. Gipsning
suvda eruvchanligi gipsni o‘ta tuyingan eritmalar hosil qilish qobiliyatiga
shuningdek, uning kristallarining katta-kichikligiga bog‘liq.
Yuqori mustahkam gips asosan α-SaSO
4
∙2N
2
O dan iborat. Uni, SaSO
4
∙2N
2
O ni
germetik asboblarda bug‘ bosimi ostida yoki bir hil tuzlarni suvli eritmasida termik
ishlovi berilib, so‘ng quritib kukun holatiga keltirib olinadi. Ishlab chiqarish shundan
iborat xom-ashyoga avval issiq ishlovi beriladi va bunda gips toshidan kristallangan
suv suyuq-tomchi holatda ajraladi va α- SaSO
4
∙0,5N
2
O ga o‘tadi. So‘ng olingan
mahsulot quritiladi va maydalanadi (tuyuladi).
Ma’lum bo‘lgan usullar quyidagilarga bo‘linadi:
32
1. avtoklav usuli: bunda gipstoshi germetik asboblarda atmosfera bosimidan
baland bosimda to‘yingan bug‘ muhitida suvsizlanadi.
2. atmosfera bosimida bir hil tuzlarni suvli eritmasida gipstosh qayta suvsizlanadi.
Avtoklav usuli o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: 1) suvsizlanishi avtoklavda
o‘tqaziladi, quritish – maxsus apparatda amalga oshiriladi. 2) suvsizlanish va quritish
birlashib bitta asbobda o‘tqaziladi.
Avtoklav ishlovini o‘tqazish – 10-12 soat davom etadi. Quritilgan modda sharli
tegirmonda maydalanadi. Bu usulni kamchiligi - issiqlik ishlovi uzoq davomiyligi va
yonilg‘i ko‘p sarflanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: