Neft bitumlari - tashqi ko‘rinishi moysimon, rangsiz holatdan to‘q qora
ranggacha bo‘lgan neft mahsuloti ishlatiladi. Ma’lumki, neft kimyoviy jihatdan
murakkab birikma bo‘lib, har xil tuzilishli, organiq kislorodlar, azot va oltingugurt
birikmalari hamda uglevodorodlardan tashkil topgan.
Shlakoportlandsement - klinkerni domna yoki elektrotermofosforli shlak va
ikki suvli gips bilan birgalikda tuyib olinadigan gidravlik bog‘lovchi moddadir.
Shlakoportlandsementga shlak massa bo‘yicha 21% dan kam va 60% dan ortiq
bo‘lmagan miqdorda qo‘shiladi. 300 markali shlakoportlandsementga shlak massa
bo‘yicha 60% dan ortiq, ammo 80% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |