8- mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi reja



Download 399,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana31.12.2021
Hajmi399,63 Kb.
#225283
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu. Maruza matni



 



8- MAVZU. DAVLAT BUDJETI, SOLIQLAR VA DAVLAT QARZI 



 

Reja: 

8.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari. 

8.2.  Davlat budjeti xarajatlari. 

8.3. Soliqlarning turlari va funksiyalari. 

8.4. Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra  tarkibi. Soliq yuki. 

8.5. 

O‘zbekiston  Respublikasida  soliq  islohotlarining  o‘ziga  xos 

xususiyatlari.  

 

8.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari. 

Davlat o‗z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda  moliyaviy manba sifatida davlat 

budjetiga tayanadi. 

Davlat  byudeti  mamlakat  moliya  tizimining    markaziy  unsuri  bo‗lib 

makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda muhim rol o‗ynaydi. 

Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo‗lib, bu qismlarni 

sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. 

Davlat  budjeti  daromadlari  soliq  va  soliq  bo‗lmagan  tushumlar  hisobiga 

shakllansada,  makroiqtisodiy  tahlilda  u  soliqlar  hisobigagina  shakllanadi  deb 

qaraladi. 

Davlat  budjeti  xarajatlari  tarkibida  iqtisodiyotga  xarajatlar,  markazlashgang 

investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va 

sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud.          

Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to‗lovlari) ko‗paytirish 

yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga 

solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, 

YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga 

oshirish,  davlat    budjetining  daromadlar  va  xarajatlar  qismidagi  mutanosiblikni 

ta‘minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko‗rsatish, baholar 

ustidan nazorat o‗rnatish, eksport va import qilinadigan  tovarlarga kvotalar o‗rnatish 

va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-

tadbirlar majmuasidan iborat.  

Davlat tomonidan  ko‗rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va 

subsidiya shakllarida  olib boriladi. 

Subsidiyalar  –  bu,  pul  yoki  natura  ko‗rinishidagi  yordam  turi  bo‗lib,  budjet  va 

budjetdan tashqari fondlardan  ko‗rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‗lishi 

mumkin.  Bevosita  subsidiyalarga  kapital  qo‗yilmalar,  ilmiy  tadqiqotlar,  kadrlarni 

qayta  tayyorlashga  ajratilgan  mablag‗lar  kirsa,  bilvosita  subsidiyalarga  soliq 

imtiyozlari,  imtiyozli  shartlarda  kreditlar  berish,  pasaytirilgan  bojxona  bojlari  va 

boshqalar kiradi. 

Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‗rinishida himoya qiladi. 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‗p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi 

davlat  budjetiga  har  oyda  olgan  daromadlariga  qarab  daromad  solig‗i  to‗laydi,  

korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to‗laydilar. Shu kabi juda ko‗p 

mavjud  soliq  turlaridan  oqilona  va  ilmiy  asosda  foydalanish  orqali  davlat  soliq 



 

siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini  va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan 



butun  makroiqtisodiy  vaziyatga  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Soliqlarni  o‗zgartirish  orqali 

investitsiyalar va jamg‗armalar rag‗batlantiriladi. 

Davlat  budjeti  mablag‗lari  hukumatning  daromadlarni  va  resurslarni  qayta 

taqsimlash funnksiyasin bajarishi uchun imkoniyat yaratadi. 

 


Download 399,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish