Babayeva d. R


  Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

3. 

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa 

o‘rgatish. 

Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish  maktabgacha ta’lim 

muassasasining  asosiy  vazifasi  hisoblanadi,  maktabgacha  yoshning 

nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo‘lgan og‘zaki nutqning asosiy 

shakllarini  egallashi,  ya’ni  ravon nutqning  ikki  shakli -  dialogik va 

monologik nutqni egallab olishi shart.

Maktabgacha  ta’lim  muassasasining  vazifasi  bolalarda  ravon 

so‘zlashuv  nutqni  (dialogik  nutq)  va  monologik  nutqni  rivojlanti-



112


rishdan iborat.  So‘zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko‘p qirrali. 

Maktabgacha bosqichdagi  kichik yoshli  bolalarda ularga  qaratilgan 

nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob be­

rish va o‘zi ham savollar berishi,  suhbat mavzusi bo‘yicha izchil ja­

vob berish qobiliyati shakllanadi.

Nutqning ushbu ikki turlari o‘rtasidagi farq matn ichidagi gapning 

mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sa- 

bab-oqibatli  aloqada  bo‘ladigan  (bir-biriga  nisbatan)  borliq  faktlari 

haqida xabar qiladi.

Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo‘lishi mumkin: faktlar haqi- 

qatan ham bir vaqtdalik yoki  ketma-ketlik munosabatlarida bo‘lishi 

mumkin.


Bir vaqtning  o‘zida mavjud bo‘ladigan  faktlar haqidagi  xabarlar 

tavsif deb  ataladi.  Faktlar  ketma-ket  keladigan  xabar  bayon  qilish 

deyiladi.  Sabab-oqibatli  munosabatlarda  bo‘lgan  faktlar  haqidagi 

xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi.

Ilk yoshda  bola  ravon nutqni  eshitadi.  Dastlab  bu  unga nisbatan 

aytilgan luqmalar, so‘ngra esa ertaklar, hikoyalar, kattalaming mono­

logik nutqlari bo'ladi.

Ravon  nutqdan  til  elementlari  -   tovushlar,  morfemalar,  so‘zlar, 

gaplami ajratib  olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining 

o‘mini eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashq­

lar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantirish jarayonini tashkil etadi.

Ma’lumki,  ravon  nutqda  bolalaming  boshqalar  bilan  voqea- 

hodisalar  ta’siri  natijasida  o‘zaro  munosabati,  aloqasi  ifodalanadi. 

Bu  ifoda bir  yoki  bir necha jumlalarda  o‘z  aksini  topishi  mumkin. 

Ravon nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosa­

bati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi 

bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda ancha-muncha tajriba,  mala- 

ka va ko‘nikmalar  mavjud bo‘lganligini  hisobga  olib,  ularda  ravon 

nutqni shakllantirishda, awalo, ertaklar matnini tinglashda nimalarga 

e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur.  Bular, awalo, 

ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlami  shakllantirishdan boshlana- 

di.  Unda  «Maktabgacha ta’lim muassasalari  uchun dastur»da bo­

lalami buyuk siymolar, sarkardalar, ulug‘ mutafakkirlar haqida bilim

113



berish  nazarda  tutilgan.  Ana  shulaming  barchasi  bolalarning  milliy 

qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va ken­

gaytirish asosida ravon nutqni rivojlantirishga yordam beradi.


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish