Babayeva d. R


 Жинкин Н.И. Механизмы речи. -  М. АПН,  1958. -  С. 38



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

17 Жинкин Н.И. Механизмы речи. -  М. АПН,  1958. -  С. 38.

73


Go‘daklik yoshida bolaning ayniqsa kattalar bilan muloqoti jadal 

rivojlanadi,  dastlabki  mehr  qo‘yish  shakllanadi,  ijtimoiy  kutish- 

lar  vujudga  keladi  (bola  kattalardan  muayyan  hayotiy  vaziyatlarga 

mos  keluvchi  harakatlami  kutadi),  bola  bilan  kattalar  o‘rtasidagi 

sherikchilikning ilk ko‘rinishlari  shakllana boshlaydi.  Bola o‘zining 

qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning harakatlarini 

boshqarishni o‘rganadi.  Bu hoi unda nutqning hali mavjud emasligi- 

dan qat’i nazar, ro‘y beradi.  Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabat- 

lari va imo-ishoralargina mavjud.

Dastlabki  so‘zlar  emotsional  ifodaliligi,  vaziyatga  mosligi  va 

kommunikativ  yo‘naltirilganligi  bilan  ajralib  turadi.  Bunday  nutq 

avtonom  yoki  vaziyatga  oid  nutq  deb  ataladi,  u  faqat  bola  atrofi- 

dagi  muhit bilan yaxshi  tanish bo‘lgan yaqinlarigagina tushunarli- 

dir.  So‘zni dastlabki tushunish muayyan vaziyatni qabul qilish bilan 

uyg‘unlashgandir.  Ilk  so‘zlar  muayyan  narsalarga  taalluqli  bo‘lib, 

umumlashtiruvchi  xususiyatga  ega  emas  (soat  deganda  faqat  de- 

vorda  osilib  turadigan  soatlar  tushuniladi).  So‘z  bola  xulqining 

umumiy  ko‘rinishidan joy  oladi  va u  imo-ishora,  qo‘l  harakatlari, 

qarash-nigohlar,  ifodali  vositalar  bilan  birgalikda  bir  so‘zli  fikmi 

bildirishga olib keladi («Хауг», «Ber».; «Ol»).

Ilk  so‘zlaming  paydo  bo‘lishi  bolani  rivojlantirishning  ijtimoiy 

vaziyati  o‘zgarganidan dalolat beradi.'Endi bolaning  o‘zi  o‘z  istak- 

xohishlarini ma’lum qilishi mumkin, kattalar esa og‘zaki ko‘rsatmalar 

yordamida uning xulq-atvorini yo‘naltirish imkoniga ega bo‘Iadilar.

Bolaning bu yoshda o‘zini-o‘zi anglab yetishini imga nisbatan kat- 

talaming munosabati in’ikosi deyish mumkin. 0 ‘ziga nisbatan ijobiy 

munosabat -  shaxsning normal rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. 

0 ‘ziga nisbatan salbiy munosabat esa -  bolaning ilk yoshda kattalar 

bilan emotsional-ijobiy muloqoti kam bo‘lganligi natijasidir.

Bola  bilan  muloqot  u  bilan  hamkorlik  asosiga  qurilishi  lozim. 

Doimo  kattalarning  biron narsani  majburlashlari bolada  faol  tadqiq 

etish  va  bilishga  intilishni  emas,  balki  sustlik,  faqat  atrof-muhitga 

moslashish istagini shakllantiradi.

3. 


Ilk  bolalikdagi  nutq  rivojlanishining  ikki  davri.  Ilk  yosh 

(1-3  yosh). Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda bola rivojla-



74


nishiga oid ijtimoiy vaziyat sezilarli darajada o‘zgaradi. 0 ‘z yaqinlari 

bo‘lmish kattalar bilan birgalikda bolaning muloqot doirasiga birin- 

chi navbatda kichkintoyning diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlikka bo‘lgan 

ehtiyojini  qondirishi  lozim  bo‘lgan  boshqa  kattalar  (maktabgacha 

ta’lim muassasalari xodimlari, tarbiyachi yordamchisi) ham kirib kela 

boshlaydilar.  Bunday sharoitda ilk yoshdagi bolalarda kattalar bilan 

narsalar, o'yinchoqlar va ular bilan bajarilishi lozim bo‘lgan harakat­

lar xususida muloqot qilishga ehtiyoj oshadi.

Bu yoshdagi  bolada kattalar bilan emotsional  va amaliy  aloqalar 

o‘matish  qobiliyati  rivojlanadi,  bu  unga  yangi  hayotiy  shart-sha- 

roitlarga  moslashishga:  so‘zlar,  iltimoslarni  baholovchi  fikrlami  v a . 

boshqa kishilaming emotsional munosabatlarini to‘g‘ri qabul qilishga 

yordam beradi.

Bolaning  maktabgacha  ta’lim  muassasasiga  kelishi  bilan  uning 

«bola -  katta yoshli odam» munosabatlar tizimidagi emotsional alo- 

qdariga «bola - tengdoshlar» munosabati ham qo‘shiladi.

Bola  hayotining  uchinchi  yilida  kichkintoylar  bir-birlariga  faol  ■

 

ta |lid  qila  boshlaydilar,  o‘zlarini  ko‘rsatishga  intiladilar  va  shu  bi­



lan birga o‘ziga nisbatan munosabatni his qila boshlaydilar, dastlabki. 

nutqiy dialoglar paydo bo‘ladi. 

;

Ilk yoshdagi  bolalarda bolalar jamiyati  endigina  shakllana bosh- 



laydi. Ular bo‘sh vaqtlarining ko‘p qismini bir-birlariga yaqin turgani 

holda  asosan yolg‘iz  o‘yinlarda  o‘tkazadilar.  Bolalar tashabbusi  bi­

lan vujudga keladigan o‘yin jamiyatlari -  diadalar (ikkitadan bo‘lib> 

o‘ynash) barqaror emas.

Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi emotsional jihatdan yorqin bo‘yoq- 

larga bo‘yalgan bo‘lib, u yaxshi bola bo‘lish, kattalaming talablariga ja­

vob berish, ularning ma’qullashlariga erishishga intihsh bilan bog‘liqdir.

Bola  hayotining  o‘zga  yili  nihoyasida  bolalar  o‘zlariga  nisbatan 

umumiy baholami beradi: «yaxshi», «katta» va boshq.

Uch yoshga  kelib  «men»  tizimi  vujudga  keladi.  U  bolaning  o‘z 

ismi orqali («men Yulduzxonman», «men Kamronbekman») o‘zining 

qaysi jinsga mansubligi haqidagi tasavvurlarini (o‘g‘il bola, qiz bola), 

ma’qullash, tan olishlariga («men yaxshiman») va mustaqillikka ehti­

yojini («men o‘zim») o‘z ichiga oladi.



75


Maktabgacha  ta’lim  muassasasida  moslashish  davrining  yaxshi 

o‘tishi  uchun  tarbiyachi  guruhda  bolalar  uchun  emotsional  jihat­

dan  qulay  muhitni  ta’minlashi  zarur.  Katta  yoshli  odam  o‘z  hissi- 

yotlarini  ochiq va  ishonib  ifoda qilar ekan,  u bu bilan bolani yax­

shi  ko‘rishini  va  uning  uchun  qayg‘urishini,  uning  tashvishlariga 

sherik  bo‘lishga  tayyor  ekanligini  tushunishga  undaydi.  Bolaning 

ham ijobiy (quvonch, zavq-shavq va boshq.),  ham salbiy (qo‘rquv, 

tashvish,  arazlash  va  boshq.)  his-tuyg‘ularini  erkin ifoda  qilishiga 

ko‘maklashadi.

Ijtimoiy xulq-atvor va muloqotning axloqiy negizi bolaning emot­

sional sohasi orqali shakllanadi.

Tabiiy ravishda vujudga  keladigan va  ataylab yaratiladigan,  kat­

ta yoshli  odam bolaning yordami,  g‘amxo‘rligi  va diqqat-e’tiboriga 

muhtoj  bo‘ladigan  turli  vaziyatlardan  foydalanish  zarur.  Bunday 

vaziyatlarda katta yoshli odam o‘z his-tuyg‘ularini samimiy ravishda 

namoyon qiladi, bolaga ham ijobiy, ham salbiy emotsiyalami  ifoda- 

lash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.

Uyushtirilgan birgalikdagi harakatlarda pedagog har bir bolaga 

erishilgan  muvaffaqiyatlardan  xursand  bo‘lish,  zavqlanish  imko­

nini  beradi,  bolaning  har  bir  mustaqil  sa’y-harakatlarini  qoilab- 

quvvatlaydi  va  rag‘batlantiradi,  bola  qiynalib  qolsa  unga  sez- 

dirmasdan yordam beradi, ayni paytda unga salbiy baho berishdan 

o‘zini tiyadi.

Salbiy  baholar bolaning  boshqa bolalar bilan o'zaro  munosabat- 

lariga  ta’sir  qiladi  va  bu  hoi  guruhda  emotsional jihatdan  noqulay 

muhitni yuzaga keltirishi mumkin.

Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning har qanday yax­

shi harakatlariga ijobiy baho berib borishi darkor.

Katta  yoshli  odam  bolada  o‘ziga  nisbatan  qiziqish,  birgalikdagi 

faoliyatda, o‘yinlarda ishtirok etish istagini hosil qilishi zarur. Ushbu 

maqsadda u sevimli ertaklar, badiiy adabiyotlar,  she’rlardan olingan 

holatlami o‘yin vaziyatlariga qo‘shadi.

Bolalar bilan  bunday  mazmunli  muloqotda  ular  bilan  tarbiyachi 

o‘rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar shakllana boshlaydi va 

bolalarda unga taqlid qilish istagi vujudga keladi.

76



Uch  yoshga  kelib  bola  ijtimoiy  rivojlanishning  quyidagi 

ko'rsatkichlariga ega bo‘ladi:

-   vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni 


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish