Ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ular-
ning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni
belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moli-
yaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash jarayonining faol
ishtirokchisi.
Korreksiya (yunoncha «correctiio» - tuzatish) - pedagogik
uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bo
lalaming psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman
yoki to‘liq tuzatish.
Ko‘nikma - olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va
shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |