Adilova S. Multimedia va ulami ta'lim jarayonida qo‘llash // Pedagogik
ta'lim-T.: TDPU, 2001. № 2. -B. 20-21.
353
Shuning uchun, MTMlarda yangi materialni o‘rganishda be-
vosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu
holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‘ynaydi.
3. Bilvosita dialog - virtual axborot muhitida kompyuter bilan
dialog asosida multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi.
Bunda material bolalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, o‘tilgan
material mustaqil takrorlanadi, mashqlar mustaqil bajariladi,
multimediali kompyuter o‘yinlari mustaqil amalga oshiriladi
va bola mashqlami, komyuter qo‘ygan vazifalami, o‘yinlami
takror-takror bajarib, qo‘yilgan mashg‘ulot maqsadiga erisha
oladi. Bu holda multimedia texnologiyasidan foydalanganda
kompyuter ta’lim manbai rolini o‘ynaydi. Maktabga tayyor
lov guruhlarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiya
sidan foydalanishning asosiy va yetakchi shakli mashg‘ulotdir.
Mashg‘ulotlar «Bolajon» dasturi asosida, belgilangan rejalar
asosida olib boriladi. Yangi mashg‘ulotlami o‘rgatishga qa-
ratilgan, tekshiruychi - sinovchi, majmuaviy «sayohab yoki
«ekskursiya» va «kompyuterli o‘yin» shakllariga bo‘linadi.
Mashg‘ulotning o‘yin shakli.
Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro ‘parasi ga j oylashtiradi.
Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallami monitor ekraniga
chiqaradi. Bolalaming diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi.
Tarbiyachi va bolalar o‘rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi. Bolalar
tarbiyachi (pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi. 0 ‘iganilgan
material mustahkamlanadi. Bolalaming mashg‘ulot davomida olgan bi-
limi baholanadi. 0 ‘rganilgan material bo‘yicha uyga topshiriq beriladi.
Mashg‘ulot mazmuni. Multimedia texnologiyasidan foydalanib
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kompyuter texnologiyasiga asos-
lanadi. Shuning uchun, multimedia texnologiyasiga asoslangan
mashg‘ulotlami kompyuter mashg‘uloti, deb ham atash mumkin.
Kompyuterli mashg'ulotlaming aksariyati birlashgan mashg‘ulotlar
shaklida o‘tkaziladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchi-
laming kompyuter oldida 15 daqiqadan ortiq o‘tirishi mumkin emas-
ligi e’tiborga olinishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, «Maktabgacha
354
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan Davlat talablari»da ham
bolaning kompyuterda shug‘ullanishi 15-20 daqiqa etib belgilangan.
15 daqiqaga rejalashtirilgan material o‘tib bo‘lingach, 15-20 daqiqali
oraliq bosqichi o‘tkaziladi.
Ushbu oraliq bosqichida tarbiyalanuvchilaming toliqishini hisob
ga olib, kompyutersiz amalga oshiriladigan mashg‘ulot o‘tkaziladi.
Kompyutersiz o‘tkaziladigan ushbu oraliq mashg‘ulotlarda, mav-
zuga tegishli og‘zaki savol-javoblar, topishmoqlar, turli mazmunda-
gi o‘yinlar, amaliy tadbirlar (masalan, qaychi bilan harflar qirqish,
qog‘ozda yozishga o‘rgatish) o‘tkaziladi. Shuningdek, she’r, ashula
aytiladi va jismoniy mashqlar bajariladi. Jumladan, ko‘z toliqishi
ni bartaraf etuvchi ko‘z gimnastikasi - bir necha daqiqa davomida
ko‘zni ochib yumish, xonaning burchaklariga navbatma-navbat na-
zar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan so‘ng yana 15 daqiqali asosiy
mashg‘ulot davom ettiriladi.
Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni
maktabga tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlari (6-7), ulaming
fikrlash darajalari va boshqa xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo
etadi. Bevosita dialog metodidan foydalanilgan holda kompyuter di
daktik vositalar manbai rolini o‘ynaydi.
Virtual axborot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog meto-
dining algortmi:
1. Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga - topshiriq, savol, mashq-
ni bajarish yoki o‘yinni bajarishni buyuradi.
2. Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.
3. Kompyuter topshiriq bajarilishining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini
bildiradi.
4. Noto‘g‘ri bo‘lsa, takroriy bajartiradi.
5. Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.
Kompyuterda ishlovchi bola mashqlami va kompyuter qo‘ygan
vazifalami, o‘yinlami takror-takror bajarib, maqsadiga erisha oladi,
chunki kompyuter - «bag‘ri keng» va «toqatli, sabrlidir». Bola xato
qilgan taqdirda ham xatoni o‘zi tuzatgunga qadar hech kim unga tan-
beh bermaydi. Ammo bolalar kompyuterda mustaqil ishlagan hol-
larda ham ulaming harakatlari doimo tarbiyachi nazoratida bo‘ladi.
355
Bevosita dialog asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotda 15 daqiqa uzluk-
siz monitor ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqroq «si-
chqoncha» va klaviatura kabellarining uzunligi masofasida joylash-
gan holda bolalaming 95 foizi 15-20 daqiqadan so‘ng toliqishlari
yo‘qolganini bildirdilar. Multimediali kompyuter texnologiyasining
ta’lim-tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyi-
dagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak:
1) agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga
bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm
bo‘lib qoladi.
2) agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish
davomida uni tahlil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa,
ta ’lim jarayonini aks ettirib, multimedia texnologiyasiga
aylanaii.
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo‘lsa,
*mashg‘ulot fo n ta l ravishda, bitta bo‘Isa, undan navbatma-nav-
bat foydalani gan holda o‘tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan
(birinchi tarbi/alanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga
to‘g ‘ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so‘raladi. Agar MTM-
larda.proyekt >r va ekran (yoki elektron doska) bo‘lsa, tarbiyachi
mashg‘ulotni «kompyuter-elektron doska» usulidan foydalanib
olib boradi.
15-20 daq;qali ikkinchi bosqichdan so‘ng, uchinchi bosqichda
birinchi bosqichda kompyuterdan foydalanib, o‘rganilgan material-
lar savol-javob asosida mustahkamlanadi va tarbiyalanuvchilaming
bilimlari baholanadi. Mashg‘ulot oxirida uyga vazifa beriladi. Tar
biyalanuvchilarga uyga beriladigan topshiriqlar kundalik turmushda
uchraydigan masalalardan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Mashg‘ulotning texnologik xaritasi. Maktabga tayyorlov guruhla-
rida mashg‘ulotlar garchi dars shaklida o‘tkazilmasa-da, tarbiyachi u
yoki bu mavzu materiali bo‘yicha o‘ziga mashg‘ulotning texnologik
xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg‘ulot mavzusi, maqsadi
va vazifalari, mashg‘ulot mazmuni, mashg‘ulotni amalga oshirish
texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks
etishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |