Babayeva d. R


  Bolalar nutqini о ‘stirish va savodga tayyorgarlik



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

3.  Bolalar nutqini о ‘stirish va savodga tayyorgarlik.

Tayanch  tushunchalar: 

Ekspressiv  muloqotchanlik,  Impressiv 

muloqotchanlik,  Ijodiy-rivojlantiruvchi muhit,  mini muhit,  tayyor­

garlik davri,  savodga о ‘rgatish.

1. Bolalarda о‘qish, yozish va mavzuga qiziqish uyg‘ otish.

Mustaqil  0 ‘zbekistorming  kelajagi  ko‘p jihatdan  barkamol,  intel- 

lektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog‘liq. 

Shu bois Vatani, xalqini sevadigan, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, mus­

taqil  fikrlaydigan  ijodkor  shaxsni  yetishtirish  davlatning  ta’lim  so- 

hasidagi  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biridir.  Shuning  bilan 

birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini 

ta’minlash mazkur yo  nalishning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, 

bu haqda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni 

va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim tizimini tubdan isloh 

qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga mo- 

lik muhim vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim, 

umuman  olganda,  uzliksiz  ta’limning birinchi  bosqichi  hisoblanib,  u 

maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lgan sog‘lom va to‘laqonli shaxs si- 

fatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

Bolani  maktabda muvaffaqiyatli  ta’lim  olishga tayyorlash uchun 

unga  ona  tilining  barcha  boyliklarini  egallab  olish  uchun  tegishli 

shart-sharoitlami  yaratish  zarur.  Bola  nutqining  rivoji  ko‘p  jihat­

dan  uning  ruhiyatiga,  sog‘lom,  tetik  o‘sishiga.  Axloqiy  sifatlariga 

o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, 

qo‘llanmalaming  monandligiga  bog‘liqdir.  Bu masalalar maktabga­

cha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon ga- 

pira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur.

298



Bolalaming aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ulaming nutqi­

ni o‘stirish zarur:  Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z 

nutqida  erkin  ifodalashga  muvofiq  bo‘lishi  kerak.  Tushunchalar 

tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab 

berishga o‘rganadi.

Og‘zaki nutqni o‘stirish bo'yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, 

asosan,  bolalaming  og‘zaki  nutqini  o‘stirishga,  nutqni  grammatik 

tomondan to‘g‘ri  shakllantirishga,  nutqning morfologik va  sintaksis 

tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar 

tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bo- 

lalami  gapirganda  sonni  otga,  sifatni  otga,  sifatni  fe’lga  to‘g‘ri  ish- 

latish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlc-rni to‘g‘ri talaf­

fuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor berila- 

di.  Og‘zaki  nutqini  o‘stirishda  mustaqil  hikoya  qilishga  o‘rgatish 

katta o‘rin egallaydi:  bolalalami  o‘z  hayotlarida ucbragan voqealar, 

suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoya­

lar tuzishga o‘rgatiladi. Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari maz- 

munan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik t jmondan to‘g‘ri 

tuzilgan bo‘lishi kerak. 

<

Savodga  tayyorlash  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  mashg‘ulotlarda 

savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi.

Tayyorgarlik davri.

Asosiy davr (Savodga tayyorlash).

Savodga  o‘rgatishning  tayyorgarlik  davri  vazifalari  sentabr, 

oktabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib bo­

riladi:


1.  Tovushlami  to‘g‘ri  talaffuz  etish  va  so‘zning  tovush  tarkibi 

haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish.

2.  Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish.

3.  Jarangli  va jarangsiz  tovushlami  ajratishga  o‘rgatish  asosida 

fonematik idrokni va tasawumi rivojlantirish.

4.  Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

a) gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlami bo‘g‘inlarga bo‘lish;

b) ma’lum tovushlaming  o‘mini  aniqlash  (so‘zning  boshida,  o‘r- 

tasida va oxirida);

299



d) so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;

e) tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;

f) tovushlami eshitishda farqlashga o‘rgatish.

Tayyorlov  guruhida  nutq,  o‘qish  va  savodga  tayyorlash 

yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limi 2-bosqichi - asosiy davrida 

(oktabr-may) quyidagi ishlar olib boriladi:

1.  Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish.

2.  Kesma  harflar  yordamida  tovush-harf  tahlil  va  sintezi 

bo‘yicha mashqlami bajarishga o‘rgatib borish;

3.  Bo‘g‘in o‘qish;

4.  Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlami tuzish va ulami 

bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.

Tayyorlov guruhlarida yil davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar 

bolalar yoshiga mos bo‘lishi va ketma-ketlikda olib borilishi kerak.

Mashg‘ulotlar  ishlanmasida  mavzuning  maqsad-vazifalari,  kuti- 

layotgan natijalar, kerakli jihozlar,  mashg‘ulotning borishi to‘liq yo- 

riti'adi.  Mashg‘ulot mavzulari  bolalar uchun tushunarli,  amaliy ish­

lar  va  turli  interfaol  o‘yinlar  bolalar yoshiga  mos,  qiziqarli  va  turli 

bo‘lishi lozim.  Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini 

tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar 

(yig‘ish,  terish),  amaliy  ishlami  bajarib,  alifbeni  bilib,  bo‘g‘inlami 

o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi.




Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish