Sadriddin: Biz besh qavatli turar joy binosini qurib bitirdik.
To‘qqiz qavatlik qurmadik, sababi liftlar tez-tez ishlamay qolib, bu-
valarimiz, buvilarimiz yuqoriga chiqishga qiynaladilar. Uyimizning
kirish joylarini, mehmonxona va yotoqxonalarini, bolalar xonasini
ham keng-keng qilib qurdik. Hovlisida bolalar maydonchasi bor. Gul-
zorlarga joy ajratdik. To‘yxonamiz ham bor. Keyin har bir xonadon
uchun mevali bog‘chaga ham joy ajratdik. Yozda, issiqda daraxtlar
soyasida hordiq chiqariladi. Bog‘cha va do‘konni uyimizga yaqin
joyga qurdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |