Babayeva d. R


Tayanch  tushunchalar:  ta ’limiy  o'yinlar,  ко‘rgazmali  material



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

Tayanch  tushunchalar:  ta ’limiy  o'yinlar,  ко‘rgazmali  material, 

didaktik  o'yinlar,  qoidali-harakatli  o'yinlar,  stol-bosma  o'yinlar. 

Og'zaki so ‘zli о ‘yinlari,  o‘yin tempi va ritmi, sensor madaniyati.

1. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  ta’limiy  o‘yinlar  va 

ularning  ahamiyati.  Ta’limiy  o‘yinlar  ta’limiy  o‘yin  sifatida  bo­

lalaming yosh xususiyatlariga mos keladigan о‘yinlar sirasiga kiradi. 

Didaktik o‘yinlaming muhim belgisi undagi qoidalaming mavjudligi- 

dir. o‘yinda o‘yin maqsadi, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida 

uzviy  aloqa  mavjud.  0 ‘yin  maqsadi  o‘yin  harakatlarining  tabiatini 

belgilaydi. 0 ‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etish- 

ga va o‘yindagi harakatlami amalga oshirishga yordam beradi.

Ta’limiy o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib 

boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jara- 

yoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi.

0 ‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.

Ta’limiy o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. 

Bolaning kun tartibida ta’limiy o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. 

Bunday o'yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda gu­

ruh yoki yakka-yakka  o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta 

aniqlanadi. Ta’limiy o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:

1. Navbatma-navbat ta’sir etish.

2. So‘ralganda javob berish.

3. 0 ‘rtoqlari fikrini eshita olish.

209



4. 0 ‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.

5. 0 ‘yin qoidasini bajarish.

6. 0 ‘z xatosini tan olish.

Ta’limiy  o‘yinlarda  bolalarning  yosh,  individual  xususiyatlarini 

hisobga olish lozim. 0 ‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, 

juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp 

esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. 

Kattalar  tomonidan  o‘yin  ishtirokchilarini  to‘g‘ri  baholash  muhim 

ahamiyatga ega.

Ta’limiy  o‘yinlaming  quyidagi  turlari  mavjud:  a)  buyum  va 

o‘yinchoqlar  bilan  o‘ynaladigan;  b)  stol-bosma;  d)  og‘zaki  so‘z 

o‘yinlari.

Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar  bolaning  ilk 

yoshidan  boshlab, .to  maktab  yoshiga  yetgunga  qadar  o'ynaladigan 

o‘yin turi hisoblanadi.  Bunda bolalarning tasawurlari,  diqqatlari  o‘yin 

asosini  tashkil  etadi.  Ularda  tevarak-atrofdagi  narsa  va  buyumlar, 

ulaming sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil 

bo‘ladi. 0 ‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq с ‘zining 

tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi,  narsaning asosiy belgisini  ajrata bi- 

lish imkonini berishi lozim. В unday o‘yinlar bolalarning narselarning 

shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.

Stol-bosma o‘yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasawur- 

larini  aniqlash,  bir  tizimga  solish,  tafakkurini  (tahlil  qilish,  sintez, 

umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin usulidir. 

Bu o‘yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kiradi.


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish