Babayeva d. R


Bolalarni  to‘g‘ri  talaffuzga  o‘rgatishning  asosiy  vazifalari



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

Bolalarni  to‘g‘ri  talaffuzga  o‘rgatishning  asosiy  vazifalari. 

Tilni  amalda o‘zlathtirish ona tilining barcha tovush birliklarini  (to­

vush -  bo‘g‘in -  ibora  -  matn)  tinglab  ajratib olish va ulami  to‘g‘ri 

talaffuz  qilishni  nazarda  tutadi,  shuning  uchun  maktabgacha  yosh- 

dagi bolada tovush li talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar 

muntazam ravishda olib borilishi lozim.

Ohang, tembr, pauza, urg‘ulashning turli xillari tovush ifodaliligi- 

ning muhim vositalari hisoblanadi.

Bolaga  intonats»yadan  to‘g‘ri  foydalanishni,  bildirilayotgan  fikr- 

ning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini 

ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o‘rgatish juda 

muhim.  Shu bilan parallel ravishda,  vaziyatdan kelib chiqqan holda, 

talaffuz  tempi,  past-balandligini  to‘g ‘ri  qo‘llash,  tovushlar,  so‘zlar, 

iboralar, gaplami aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllanti­

rish ishlari ham olib borilishi lozim.

Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni 

tarbiyalar ekan, katta yoshli  odam  (pedagog) uning nutqni tinglash 

qobiliyatini,  tembr  (har  bir  tovushning  o‘ziga  xos  bo‘lgan  sifati) 

va  vaznni  his  qilish,  tovush kuchini  sezishni  rivojlantiradi,  bu  esa 

kelgusida  musiqa  tinglash  qobiliyatini  rivojlantirishga  ham  ta’sir 

ko‘rsatadi.

Nutq  intonatsiyasi,  tovushning  ifodaliligi  ustidagi  ishlar bolalar- 

ning  bildirilayotgan  fikrga  nisbatan,  matndan  kelib  chiqqan  holda,

201



ovozini  balandlatib  yoki  pasaytirib,  talaffuz  qilinayotgan  matn- 

ga  mantiqiy  va  emotsional  urg‘u  berish  orqali  o‘z  munosabatini 

bildirishni o ‘rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli 

topshiriqlardan  ko‘proq  foydalanishi  lozim.  Aynan ushbu  qobiliyat- 

lar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi 

ravon  fikrlami  tuzish  -  hikoya  qilish,  tasvirlash,  mulohaza yuritish 

uchun zarur bo‘ladi.

Tarbiyachi  nutqning  tovush  jihatini  rivojlantirar  ekan,  bolaga 

fikrlaming predmet,  fikr bildirish  mavzusi  va tinglovchilardan  kelib 

chiqqan  holda  kommunikatsiya  maqsadlari  va  shartlariga  mos  ke- 

lishini hisobga olishni o‘rgatishi lozim.

Nutqning  past-balandligi  o‘rinli  bo‘lishi,  tezligi  esa  atrofdagi 

muhitga  va  fikming  maqsadiga  mos  kelishi  lozim.  Yaxshi,  to‘g‘ri 

nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib uning ravonligi hisoblanadi.

Artikulatsion  va  intonatsion  qobiliyatlaming  uzviy  bog'liqligi 

keng  ma’nodagi  tinglash  va  artikulatsion-talaffuz  ko‘nikmalarini 

shakllantirishni nazarda tutadi.

Ish jarayonida  tarbiyachi  bolalarga  so‘zning  tovush  tarkibini, 

so‘zdagi  urg‘u  o ‘rnini  tinglab,  aniqlay  olishga,  qofiya  va  vazn- 

ni  his  qilish  tuyg‘usini  rivojlantirishga,  aniq  talaffuzni,  so‘zlar, 

iboralar,  gaplarning turli  intonatsion  tavsiflarini bera olish  qobili­

yatini  shakllantirishga yordam beradigan  mashqlardan  foydalani­

shi zarur.

Bu  murakkab  nutqiy  ko‘nikmalarni  shakllantirish  fonetik 

mashqlarni  takrorlashni,  ularni  muntazam  ravishda  o‘tkazishni  ta­

lab qiladi.




Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish