lug‘at ishi, lug'at zaxirasi, nutq madani-
yati, umumlashtirish, assotsiativ metod, sh e’va leksikasi, lug"atni
egallash, antonimiya, sinonimiya, tashbeh (epitet)lar.
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib bo-
rish
vazifasi. Lug‘at ishining bosh vazifasi - lug‘at zaxirasini boyi
tish, kengaytirish va faollashtirishdan iboratdir.
Bolalar lug‘atini boyitish asosini bolaning til ongiga mavzuga
oid so‘zlar, sinonimik qatorlar, antonimik juftliklar, ko‘p ma’noli
so‘zlami kiritish tashkil qiladi.
Bolalar bilan sinonimlar ustida ishlash (mazmuniga ko‘ra bir-biri-
ga yaqin so‘zlami tanlash) mavzuga oid so‘zlar guruhlarini (harakat
fe’llari: yurmoq, qadam tashlamoq, sudralmoq va h.k. yoki nutqni
belgilovchi fe’llar: aytdi, so‘radi, javob berdi, qichqirdi va boshq.)
o‘zlashtirishga oid ishlar bilan uyg‘unlashib ketishi lozim.
Antonimlar ustidagi ishlar (qarama-qarshi ma’noga ega bo‘lgan
80
‘zlar) bolalar bilan so‘z birikmalari va gaplar tuzishda amalga
oshirilishi kerak. Pedagog bolalarga maqollarda, matallarda antonim-
lami topishni o‘rgatishi zarur. Ko‘p ma’noli so‘zlarda antonimlami
topish bolalarning so‘z haqidagi tasawurlarini kengaytiradi, uning
mazmunini aniqlashtirishga yordam beradi. Qarama-qarshi ma’noga
ega bo‘lgan so‘zlardan iborat so‘z birikmalarini tanlar ekan, bolalar
so‘zlaming ko‘p ma’noliligini yanada chuqurroq tushunadilar (eski
ko‘ylak - yirtilgan, eski do‘st - uzoq do‘st).
So‘zlarning ko‘p ma’noliligini maktabgacha yoshdagi bo
lalarga ularga yaxshi tanish bo‘lgan aniq predmet ahamiyatiga
ega bo‘lgan (ruchka, igna, yashin, gavdaning orqa tomoni, oyoq)
145
so‘zlarda ko‘rsatish darkor. Ko‘p ma’noli so‘zlar ustidagi ishlar
quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilishi mumkin: so‘zni ay
tish, unga belgilar va harakatlar tanlash - so‘z birikmasini, so‘ngra
gaplarni tuzish va oxir-oqibatda ko‘p ma’noli so‘zlardan ravon
matnda foydalanish.
Lug‘at ishi jarayonida (va boshqa nutqiy vazifalami hal etish ja
rayonida) pedagog bolalarda nutqning aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik,
ifodalilik kabi sifatlari amalga oshishiga erishishi zarur. Bolalarda
fikr bildirish uchun so‘zlovchining niyatini aniq aks ettiruvchi leksik
vositalami tanlab olish qobiliyatini shakllantirishga alohida e’tibor
qaratish lozim.
Bolalar bilan lug‘at ishlarini tashkil qilar ekan, pedagog quyidagi-
lami hisobga olishi lozim:
- leksikani tashkil etishning mavzuga asoslangan tamoyili;
- semantik jihati (bolani so‘z mazmuni bilan tanishtirish);
- so'zlami birlashtiri’shning assotsiativ metodi.
Leksika ishlarining barcha turlarini boshqa nutqiy vazifalar bilan
o‘zaro bog‘liqlikda so‘zU o‘yinlar, mashqlar, ijodiy vazifalar shaklida
о ‘ tkazish tavsiya etiladi.
Leksik mazmundagi o'yinlar va mashqlar - nutqning mazmun
jihatini rivojlantirishnmg zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli
predmetlar va obyektlami taqqoslash, turli umumiy xususiyatlar va
funksiyalami ajratish muhim ahamiyatga ega. Bunda real obyekt-
lar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebel va h.k.) ham, xayoliy
vaziyatlar (quvnoq va g‘amgin tulkichaning harakatlari, erta va
kech kuz ob-havosi va h.k.) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoya
qilishdan oldingi lug‘at mashqlari bolalaming ravon nutqlarining
aniq va obrazli so‘zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam
beradi.
Lug‘at ishlarini o ‘tkazishda tarbiyachi bolaning umumiy nutq
madaniyatiga ta’sir qiladi, unga umumiy ravishda qabul qilin-
gan adabiy so‘zlar va ifodalami ma’lum qiladi, ulami to‘g‘ri
tovush va grammatik shaklda ifoda qiladi, bunda u bolalarda
uchraydigan sheva leksikasini bartaraf qiladi (ta’qiqlaydi), ulami
adabiy m e’yorlar bilan almashtiradi. “Lug‘atni egallash» atama-
146
si - bu nafaqat so‘zni o‘zlashtirish, uni tushunish, balki uni al-
batta qo‘llash, nutqiy faoliyatda foydalanish demakdir. Insonning
yuqori nutq madaniyati, lug‘atining boyligi haqida u «eshitilgan»,
insonning jonli nutqini bezab turgan taqdirdagina so‘z yuritish
mumkin. Lug‘at ishidagi asosiy jihat - bu faqat bolalarga yangi
So‘zni tanishtirish emas, balki ularni faol nutqqa kiritishir. Bolalar
bog‘chasidagi lug‘at ishi - bu bolalarning faol lug‘atini notanish
yoki ular uchun qiyin bo‘lgan so‘zlar bilan reja asosida boyitib
borishdan iboratdir.
2.
Lug‘atni boyitish va faoUashtirish. Lug‘atni rivojlantirishda
Uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o‘ringa chiqadi. Bu an-
tonimiya
Do'stlaringiz bilan baham: |