Babayeva d. R


  Dialogik nutqqa о ‘rgatish usullari haqida nimalami bilasiz?



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

5.  Dialogik nutqqa о ‘rgatish usullari haqida nimalami bilasiz?

131


15-§. Bolalarni monologik nutqqa o‘rgatish 

Reja:

1.  Monologik nutqini shakllantirishning nazari asoslari.

2. Monologik nutqini shakllantirish usullari.

Tayanch tushunchalar: 

zanjirli aloqa,  intonatsiya,  kontaminatsi- 

yalangan,  Monologik  nutq,  so'z  ijodkorligi,  nutqning  grammatik 

tizimi.

1. 

Monologik nutqni  shakllantirishning  nazariy  asoslari. 

Mo­


nologik nutq bir kishining boshqalarga  qaratilgan nutqi hisoblanadi 

va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab 

berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi.

Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda 

matn tuzilmasi  (boshi,  o‘rtasi,  oxiri)  haqidagi  eng oddiy bilimlami, 

gap  bilan  fikming  tarkibiy  qismlari  o‘rtasidagi  aloqalar  haqidagi 

tasavvumi  shakllantirishi  zarur.  Aynan  usfcbu  ko‘rsatkich  (gaplar 

o‘rtasidagi aloqa vositasi)  nutqiy fikming  raVonligini  shakllantirish­

ning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok, etadi.

Har  qanday  tugallangan  fikrda  iboralami  bog‘lashning  keng  tar- 

qalgan  variantlari  mavjud  bo‘ladi.  Gaplami  bog‘lashning  eng  keng 

tarqalgan usuli -  bu zanjirli  aloqadir.  Olmosh,  leksik takrorlash,  si- 

nonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari 

hisoblanadi.  Zanjirli  aloqa  nutqni  yanada  moslashuvchan  va  rang- 

barang  qiladi,  chunki  bola  bu  usulni  egallar  ekan,  bir  so‘zni  qayta 

takrorlashdan qochadi.

Pedagog bolalarga gaplami parallel ravishda bog‘lashni o‘rgatishi 

zarur,  bunda  gaplar  bir-biriga  ulanmaydi,  balki  taqqoslanadi  yoki 

hatto  qarama-qarshi  qo‘yiladi  (Kuchli  shamol  esardi.  Quyon  iniga 

yashirinib oldi).

Maktabgacha  katta  yoshdagi  bolalarga  ravon  matnlar  tuzishni 

o'rgatishda ularda mavzuni  va aytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib 

berish,  matnga  sarlavha qo‘yish qobiliyatini  rivojlantirishga alohida 

e ’tibor qaratish zarur.



132


Ravon fikmi tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning 

uchun ayrim gaplar intonatsiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini 

shakllantirish,  umuman,  matnning  tarkibiy birligi va mazmunan tu- 

gallanganligini qayd etishga yordam beradi.

Kattalar bilan bolalaming birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik 

nutqni  rivojlantirishning  asosiy  sharti  hisoblanadi.  Endigina  besh 

yoshga  to‘lgan bolalar  tanish  ertaklami  hikoya  qilib  berish,  voqea- 

lar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon 

qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltimvchi va aniqlashtimvchi  savol- 

lami  berish,  o‘yin  vaziyatlarini  yaratish  orqali  bola  tashabbusini 

qo‘ llab-quvvatlashi  darkor.  Pedagogning  sekingina  hikoya  maz­

munini, rejasini, voqealaming ehtimoliy rivojini,  so‘z  shaklini  aytib 

qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.

Axborotni  uzatish  yoki  uni  bayon  qilish  usullariga  ko‘ra  fikr 

bildirishning  quyidagi  turlarini  ajratish  mumkin:  Tasvirlash,  bayon 

qilish mulohaza,  ular maktabgacha yoshdagi bolalaming ravon fikr- 

larida kontaminatsiyalangan (aralash) ko‘rinishda uchrashi mumkin, 

ya’ni  ularda  tasvirlash  (mulohaza)  usullari  bayon qilishga  qo‘shilib 

ketadi (va aksincha).

Har  xil  turdagi  matalar  tuzishni  o‘qitishni  ishlaming  suhbat, 

o‘zining  va  begonalaming  matnini  tahlil  (baholash)  qilish,  reja  tu­

zish va u bo‘yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli 

xil mashqlardan foydalanish kabi  shakllarda amalga oshirish tavsiya 

etiladi.


So‘z predmetlar, jarayonlar,  xususiyatlami nomlash  uchun muhim 

til birligi hisoblanadi. So‘z ustida ishlash nutqni rivojlantirish borasida- 

gi ishlaming umumiy tizimida eng muhim ishlardan bin hisoblanadi.

Ona  tilining  lug‘at tarkibini  egallash  uning  grammatik tizimini 

o‘zlashtirish, ravon monologik nutqni rivojlantirish, nutqning tovush 

jihatini shakllantirishning zarur shartidir.

So‘zning  til  birligi  sifatidagi  ajralmas  xususiyati  uning  mazmu- 

nidir.  Insonda  so‘zlaming turli  ma’nolarini  tushunish  ko‘plab  yillar 

davomida rivojlanadi. Pedagog so‘zdan foydalanishda semantik aniq- 

likni  ta’minlash uchun bolani  aynan bir  so‘zning turlicha ma’nolari 

bilan  tanishtirishi  zarur.  Bolada  so‘zlar  va  so‘z  birikmalarini  matn

133



bilan, nutqiy vaziyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish ravon 

fikrlami hosil  qilish,  so‘zlardan erkin  foydalanish va ularni  mazmu- 

niga qarab bog‘lashda til vositalarini erkin tanlash qobiliyatini shakl- 

lantirishga yordam beradi.

Narsalarning so'zdagi ifodasi (nomi)ni bolalar ularni o‘rab turgan 

borliq bilan tanishish jarayonida o‘zlashtirib oladilar. Biroq, maktab­

gacha  yoshdagi  bolaning  lug‘ati  nafaqat  miqdor jihatdan  o‘sishga, 

balki  sifat jihatdan  takomillashuviga  (so‘zlar  ma’nosini  aniqlashti- 

rish,  sinonimlar,  antonimlar,  ko‘p ma’noli  so‘zlami qo‘llashdagi  se- 

mantik aniqlik, ko‘chma ma’nolami tushunish) muhtojdir.

Agarda muayyan so‘zni qo‘llashni o‘rgatish uning mazmuni bilan 

bog‘liq bo‘lib,  so‘z ustida jshlash jarayonida assotsiatsiya asosidagi 

bog‘liqliklar o‘matilsa, bolalar ushbu so‘zni tezroq o‘zlashtiradilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atini rivojlantirishda so‘zlami



mavzuga oid guruhlarga birlashtirish tamoyili muhim hisoblanadi. Til 

;  birliklari o‘zaro bog‘langan  va bir-biriga tobe bo‘ladi.  Mavzuga oid

 



qatorlami  tashkil  qiluvchi  so‘zlar  umumiyligi  negiz  atrofida jpyla- 

shadigan  semantik  maydon  hisoblanadi.  Chunonchi,  ko‘p  mt ’noli

so‘z  bo‘lmish 



igna

  archasimon  daraxt  bargi  ma’nosida  quy dagi 

semantik  maydonga  kiradi:  daraxt  -  daraxt  tanasi -  novdalar -  ya- 

shil -  momiq - o‘sadi - tushib ketadi. Aynan shu so‘z «tikuv ignasi» 

ma’nosida boshqa  semantik qatorga kiradi:  tikmoq -  tikib  qo‘ymoq

- mato ustidan ip bilan tikmoq -  ayollar ko‘ylagi - erkaklar ko‘ytagi -  

naqsh -  o‘tkir-o‘tmas va h.k.


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish