3-BILET
1. “Ilm va uning xosiyatlari” matnini oʻqing va o„z munosabatingizni bildiring.
Ilm va uning xosiyatlari
Olim kishilar har yerda aziz va hurmatdadirlar. Shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida
bo„lish kerak.
Ilmsiz inson - mevasiz daraxt. Demak, hamisha ilmlilar safida bo„lishga intilmoq lozim.
Ilm martabasi martabalarning eng zo„ridir. Shu sababli yoshlikdan ilm olish payida bo„lish
zarur. Ilm - saodatga yo„llovchi mash‟al. Shu tufayli uning insonlar hayotidagi o„rni nihoyatda
katta. Beshikdan to qabrgacha ilm izlamoq darkor.
2. Qanday ish qogʻozlarini bilasiz? Sababsiz oʻqishga kelmasa qanday rasmiy
xat yoziladi.
Ariza, Tushuntirish xati. Sababsiz o'qishga kelmasa Tushuntirish xati yoziladi.
3. Bilim haqida maqollar ayting.
Ilm - aql bulog‘i, Aql - yashash chirog‘i.
Bilimsiz bir yashar, bilimli ming yashar.