1. Qaysi qatorda ajratilgan payt holi berilgan?



Download 223,08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi223,08 Kb.
#222964
Bog'liq
17-test gapning ajratilgan bo`laklaridan



1. Qaysi qatorda ajratilgan payt holi berilgan?                                      

A) Bu xabar ko’plarni, shu jumladan, Mahkamni ham juda quvontirdi   

B) Dadam shu atrofdan – qishloqning chiqaverishidan – do’kon 

qidirdi.   

C) Bugundan, ya’ni 6-maydan 13-maygacha, biz final 

musobaqalariga tayyorlanamiz.   

D) Ovqatdan keyin ayvonda, xontaxta atrofida o’tirib choy ichdik. 

 

2. Qaysi qatorda ajratilgan bo’lak juft so’z bilan ifodalangan?   



A)Qo’zivoy hammani har yoqqa surib, uch-to’rt qadam orqaga, 

Sherzod cho’nqayib o’tirgan doska tomonga tisarildi.                     

B)Ochil akaning daftari ancha nariga – o’tlar ustiga otilib ketgan, 

varaqlari ochilib, xira oydinda oqarib ko’rinardi.                       

C)Ovqatdan keyin ayvonda, xontaxta atrofida o’tirib choy ichdik.  

D)Biz – er-xotin yog’ zavodida ishlaymiz. 

 

3.Qaysi qatorda ajratilgan vositasiz to’ldiruvchi shaxs nomi bilan 



ifodalangan?   A)Bektemirga, sobiq choponga, komandirning fikri 

g’oyat yoqdi.  B)Nasihatimni, otangning so’zini, esingda tut.  

C)Xatni uning o’ziga, Muqaddasga, bering.   D)Bu xabar ko’plarni, 

shu jumladan, Mahkamni ham juda quvontirdi 

 

4. Qaysi qatordagi gap tarkibidagi ajratilgan bo’lak moslashuvli 



birikma shaklida? A)Bektemirga, sobiq choponga, komandirning fikri 

g’oyat yoqdi.  B)Nasihatimni, otangning so’zini, esingda tut.  

C)Xatni uning o’ziga, Muqaddasga, bering.   D)Bu xabar ko’plarni, 

shu jumladan, Mahkamni ham juda quvontirdi 

 

5.Qaysi qatordagi gap tarkibida, ajratilgan bo’lak bilan ajratilgan 



bo’lak izohlayotgan bo’lak orasida kirish so’z qo’llangan?                          

A)Bu xabar ko’plarni, shu jumladan, Mahkamni ham juda quvontirdi    

B) Dadam shu atrofdan – qishloqning chiqaverishidan – do’kon 

qidirdi.  C) Bugundan, ya’ni 6-maydan 13-maygacha, biz final 




musobaqalariga tayyorlanamiz.                                                    D) 

Ovqatdan keyin ayvonda, xontaxta atrofida o’tirib choy ichdik. 

 

6. Bir vaqtlar siz ham, Temir Akbarovich, xato qilishdan qo’rqmaslik 



kerak, deb dadil gapirar edingiz. Ushbu gapda qaysi bo’lak 

ajratilgan?  A)to’ldiruvchi   B)ega   C)aniqlovchi   D)hol 

 

7.Qaysi qatorda ajratilgan bo’lak bir bo’lak holida qo’llangan? A)Bu 



xabar ko’plarni, shu jumladan, Mahkamni ham juda quvontirdi  

B)Dadam shu atrofdan – qishloqning chiqaverishidan – do’kon 

qidirdi.  C)Bugundan, ya’ni 6-maydan 13-maygacha, biz final 

musobaqalariga tayyorlanamiz.  D)Ovqatdan keyin ayvonda, 

xontaxta atrofida o’tirib choy ichdik. 

 

8.Qaysi qatorda ajratilgan vositali to’ldiruvchi ko’makchi bilan 



ifodalangan? A)Bektemirga, sobiq choponga, komandirning fikri 

g’oyat yoqdi. B)Xatni uning o’ziga, Muqaddasga, bering. C)Unsin 

uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam.  D)Bu xabar 

ko’plarni, shu jumladan, Mahkamni ham juda quvontirdi 

 

9.Qaysi qatorda ajratilgan bo’lakli gap berilgan?  A)Yurtimizning 



farovonligi, tinchligi va iqboli bizga bog’liq.  B)Ustozingdan yoki 

do’stingdan ko’rmagan yaxshilikni kitobdan ko’rishing mumkin. 

C)Bu iltimosingni tog’amga, Muxtor akamga ayta olmayman.  

D)Kulgi tanni ham, qalbni ham davolaydi. 

 

10. Qaysi qatorda ajratilgan bo’lak berilmagan? A)Tok ostida 



o’tirgan ikki do’st – Davron bilan Sergey issiqqa dosh berib qizg’in 

suhbatlashmoqda…B)Sen, tug’ishgan ukam, oxiri meni yiqitib, 

yuzimga oyoq qo’yding-a!   C)Ana, u kichkina, qora munchoqday 

ko’zlarini ochdi.  D)Hayitjon G’ulomjonning mardligiga, chidam, 

qanoat va sadoqatiga, azamatligiga qoyil qoldi. 

 



11.Onasi ham bolasining, baxti qora jigargo’shasining, ko’zlarida shu 

zor-u mushtoqlik olovini ko’rdi. Ushbu gapda qaysi bo’lak 

ajratilgan?  A)to’ldiruvchi   B)sifatlovchi aniqlovchi   C)qaratqich 

aniqlovchi   D)hol 

 

12.Biz ota-o’g’il uydan chiqib bobomning hovlisiga bordik. Ushbu 



gapdagi tinish belgilarini tiklab qaysi bo’lak ajratilganligini aniqlang?  

A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   C)hol   D)ega 

 

13.Cho’pon otadan bir chaqirimcha pastlikda Bo’zsuvning naq 



bo’yida uch-to’rt tup jiyda o’sgan bir xilvat joy bor. Ushbu gapdagi 

tinish belgilarini tiklab qaysi bo’lak ajratilganligini aniqlang?  

A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   C)hol   D)ega 

 

14…Bu kampir Toshkentda ishlaydigan o’g’linikida bir oy turib



yana qishloqqa boshqa bolalari, nevaralari huzuriga ketayotgan ekan. 

Ushbu gapdagi tinish belgilarini tiklab qaysi bo’lak ajratilganligini 

aniqlang?  A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   C)hol   D)ega 

 

15.Axir uning Vohidning ham o’ziga yarasha obro’si, yigitlik g’ururi, 



izzat-nafsi bor-ku! Ushbu gapdagi tinish belgilarini tiklab qaysi 

bo’lak ajratilganligini aniqlang?                                 A)to’ldiruvchi   

B)aniqlovchi   C)hol   D)ega 

 

16.Mana hozir ham Akromning yolg’iz unga Sayyoraga tanish 



bo’lagan bo’lakcha bir samimiyat to’la xatini o’qirkan,…tomog’iga 

bir nima kelib tiqildi. Ushbu gapdagi tinish belgilarini tiklab qaysi 

bo’lak ajratilganligini aniqlang?  A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   

C)hol   D)ega 

 

17.Seryoja oddiy navqiron mard yigit o’rtoqlari uchun jonini fido 



qildi. Ushbu gapdagi tinish belgilarini tiklab qaysi bo’lak 

ajratilganligini aniqlang?  A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   C)hol   

D)ega 



 

18.Otam Rustam Jo’rayev maktabda biologiyadan dars beradi. Ushbu 

gapdagi tinish belgilarini tiklab qaysi bo’lak ajratilganligini aniqlang?  

A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   C)hol   D)ega 

 

19.Endi ular faqat birgina sayilni dushman ustidan g’alaba qilingan 



kun tantanasini umid qiladilar. Ushbu gapdagi tinish belgilarini tiklab 

qaysi bo’lak ajratilganligini aniqlang?  A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   

C)hol   D)ega 

 

20.Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning ayol 



va erkaklarning qorasi ko’rindi. Ushbu gapdagi tinish belgilarini 

tiklab qaysi bo’lak ajratilganligini aniqlang?  A)to’ldiruvchi   

B)aniqlovchi   C)hol   D)ega 

 

21.Ulardan biri ko’zoynakli keksa hammadan keyin qolib uzoq 



suhbatlashdi. Ushbu gapdagi tinish belgilarini tiklab qaysi bo’lak 

ajratilganligini aniqlang?                                                          

A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   C)hol   D)ega 

 

22.O’zim injenerman O’zbekistonning Sizning yurtingizning ta’rifini 



eshitganman. Ushbu gapdagi tinish belgilarini tiklab qaysi bo’lak 

ajratilganligini aniqlang?  A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   C)hol   

D)ega 

 

23.Ajratilgan bo’laklar yozuvda qanday tinish belgilari bilan 



ajratiladi?  A)vergul, nuqtali vergul, tire  B)tire, nuqta, ikki nuqta   

C)qavs, tire, vergul    D)qavs, tire, ikki nuqta 

 

24.Ajratilgan bo’lakli gaplarda ajratilgan izohlovchilar ko’pincha 



qaysi bo’lakka taalluqli bo’ladi?  A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   

C)hol   D)ega 

 



25.Ajratilgan bo’lak vazifasida ko’pincha qaysi hol kela oladi?  

A)o’rin va sabab holi   B)sabab va maqsad holi  C)o’rin va payt holi  

D)daraja miqdor va vaziyat holi 

 

26.Shu ish bahona bo’lib, uning shaharga markazga kelishining 



sababiga hech kim ishinmadi. Ushbu gapdagi tinish belgilarini tiklab 

qaysi bo’lak ajratilganligini aniqlang?                                      

A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   C)hol   D)ega 

 

27.Bu ishning Said Qodirov qo’liga tushib qolganidan ajablandi 



hamda unga, tergovchiga qaradi. Ushbu gapdagi tinish belgilarini 

tiklab qaysi bo’lak ajratilganligini aniqlang?                            

A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   C)hol   D)ega 

 

28.Manzura dasturxon yozib mezbonni ukasini yana o’n daqiqa kutdi. 



Ushbu gapdagi tinish belgilarini tiklab qaysi bo’lak ajratilganligini 

aniqlang?  A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   C)hol   D)ega 

  

29.Qo’ziboy hammani har yoqqa surib, uch-to’rt qadam orqaga 



Sherzod cho’nqayib o’tirgan doska tomonga tisarildi. Ushbu gapdagi 

tinish belgilarini tiklab qaysi bo’lak ajratilganligini aniqlang?  

A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   C)hol   D)ega 

 

30.Uning Xolbek degan tengdoshi o’ng ko’zi bilan qulog’ining 



orasida danakday qora xoli bor bola bir kun Avazning butun 

oshiqlarini qoqlab yutib oldi. Ushbu gapdagi tinish belgilarini tiklab 

qaysi bo’lak ajratilganligini aniqlang?  A)to’ldiruvchi   B)aniqlovchi   

C)hol   D)ega 



 

 



 

Download 223,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish