62
X U L O S A
Psixologik konseptsiyani tahlil qilish sharofati bilan biz yana bir bor amin
bo’ldikka, biz o’rganayotgan reallik-shaxsning og’ishgan xulqi naqadar murakkab va
ko’p obrazlidir. Og’ishgan xulq ruhiy muammolarning oqibati bo’lishi mumkin,
shuningdek, u ichki shaxsiy nizolar va noteng psixologik himoyalar bilan bog’liq
bo’lishi, oilaviy disfunksiyaning natijasi bo’lishi mumkin va nihoyat, istalmagan
axloq shunchaki odat - bir necha bor takror-langan va tashqi yoki ichki foyda bilan
taqdirlangan harakatlardir. Bu nimadir bitta yoki birdan ko’p bo’lishi mumkin.
Ko’rib chiqilgan psixologik omillar va deviant axloq mexanizmlarini
aniqlashtirib, biz uning psixologik tarkibini tizimlashtirishga urinishimiz mumkin.
Og’ishgan xulq quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-ruhiy muammolar - hayot mazmunining yo’qligi yoki uni yo’qotish,
shakllanmagan ma’naviy qadriyatlar, reduksiyalangan oliy tuyg’ular (vijdon,
mas’uliyat, to’g’riso’zlik), ichki bo’shliq, o’z-o’zini ro’yobga chiqarishni blokirovka
qilish;
-kadriyatli-motivasion tizimdagi deformasiya-deviant qadriyatlar, oppozitsion
ko’rsatmalar, odamlarga dushmanlik munosabati, vaziyatli-egotsentrik oriyentasiya,
ehtiyojlar frustatsiyasi, ichki nizolar;
-hissiy muammolar-xavotir, ruhiy azoblanish holati, salbiy kechin-malar (xafalik,
nafrat, ayb), hissiyotlarni tushunish va ifodalash qiyin-chiligi;
-o’z-o’zini boshqarish muammolari - maqsad qo’yish va ularni bajarishga
erishish qobiliyatining buzilishi; noteng o’z-o’zini baholash; yoki etarli bo’lmagan
o’z-o’zini nazorat qilish past refleksiya, stressni egallashning nokonstruktiv
strategiyalari, psixologik himoyaning kam mahsuldor mexanizmlari, past
moslashmagan imkoniyatlar, shaxs ijobiy resurslarining tankisligi;
-kognitiv xatolik - disfunksional xayollar, tafakkur stereotiplari, cheklangan
bilimlar, miflar, bid’atlar, noteng ko’rsatmalar;
63
-salbiy hayotiy tajriba - salbiy odatlar; hayotning deviant obrazi; zo’ravonlik
tajribasi (jabrlanuvchi sifatida bo’lganiday tajovuzkor rolida ham); jarohatli hayotiy
vaziyatlar, individual chidamlilik bo’sag’asini ko’taruvchi: stress, frustatsiya, krizis,
nizo.
Og’ishgan xulq holatida, qoidadagiday, sanab o’tilgan bir necha psixologik
muammolarning o’rni bor. Bir masala oxirigacha aniq bo’lmay qolmoqda - shaxsning
ko’rib chiqilgan xususiyatlari qachon va nima uchun axloqiy buzilishni chaqiruvchi
yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan bo’sag’a"dan oshadi? Haqqoniylik uchun ta’kidlash
kerakki, u yoki bu darajadagi psixologik kiiinchiliklar har bir odamga xos (masalan,
o’ziga ishonmaslik). Biroq muayyan sabablar kuchida (masalan, shaxsiy ramzlar
tizimi)bir holda shaxsiy muammolar odamni ijobiy faollikka rag’batlantiradi
(ijodkorlik, odamlarga xizmat kilish, yutuqlar), boshqa holda og’ishgan xulqni
keltirib chiqaradi.
Umuman olganda, yig’ilgan klinik va eksperimental ma’lumotlar deviant
harakatlar va qandaydir aniq omillar, mexanizmlar orasidagi chiziqli bog’liqlik
mavjud emasligini taxmin qilishga imkon beradi. Shaxsning ogishgan xulqya ijtimoiy
axloqning o’zaro bogliq omshlari - shart va psixologik sabablari determinasiyalangan
tizshshning murakkab shaklini o’zida aks ettiradi.
Muhtoj axloqning ajratilgan omillarini tahlil kilish uchun ishchi sxemasi
ko’rinishida taqdim etish mumkin. Ushbu sxema bir vaqtning o’zida shaxs
muammoli axloqining ham sababi, ham stabilizatori bo’lib chiqishi mumkin bo’lgan
birmuncha zaif tomonlarini o’z vaqtida anglash imkonini beradi.